{"id":24814,"date":"2022-04-16T19:50:54","date_gmt":"2022-04-16T16:50:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24814"},"modified":"2022-04-16T19:50:57","modified_gmt":"2022-04-16T16:50:57","slug":"dor-us-siyodat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dor-us-siyodat\/","title":{"rendered":"DOR US-SIYODAT"},"content":{"rendered":"\n<p>DOR US-SIYODAT (&#8220;Sayyidlar uyi&#8221;) \u2014 Shaxrisabzdagi me&#8217;moriy yodgorlik (1379-80). Amir Temur qurdirgan. 19\u2014 20-asr boshlarida qisman ta&#8217;mirlangan. Farzandi Jahongir Mirzo maqbarasi (Hazrati Imom maqbarasi) va Amir Temurga mo&#8217;ljallangan yer osti go&#8217;rxonasi saqlanib qolgan. Dor ut tilovat bilan bir ansamblni tashkil qilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy &#8220;Zafarnoma&#8221;sida yozilishicha, Amir Temur Shahrisabzda maxsus bino qurdirgan, unda o&#8217;z o&#8217;g&#8217;li Amirzoda Jahongir va boshqa amaldorlar hamda buzrukvorlarning daxmalari qo&#8217;yilsin, deb farmon bergan. Dor Us-siyodat tarhi Yassaviy majmuasiga o&#8217;xshash, asosiy g&#8217;arbiy tarzi ravog&#8217;i 20 metr kenglikda bo&#8217;lib, kirish yo&#8217;li xudoyixona (yoki saroyga), undan qoq o&#8217;rtadagi Amir Temurga mo&#8217;ljallangan yer osti sag&#8217;anasi joylashgan binoga olib boradi. Xonaning muyulishidagi uzun yo&#8217;lakdan yon xonalarga o&#8217;tiladi. Bu xonalar oshxona, masjid, kutubxona, mehmonlar turadigan xujralar bo&#8217;lgan deb taxmin qilinadi. Jaqongir maqbarasi Hazrati Imom maqbarasi nomi bilan mashhur. Islom dunyosida yirik olim hisoblangan Eron (Ray shahri)da vafot etgan kufalik Imom Muhammad ibn al-Hasan ibn Vohid Abu Abdulloh Shayboniy xoki Amir Temur tomonidan Shahrisabzga ko&#8217;chirilgan (1384) degan rivoyat bor (tarixiy manbalar buni tasdiqlamaydi). 1868-69 yillarda o&#8217;rnatilgan maqbara eshigida Hazrati Imom nomi o&#8217;yib yozilgan. Maqbara ichkarisi murabba tarhli, yuza ravoqlar ichi va gumbaz osti bag&#8217;allari muqarnas bilan to&#8217;ldirilgan. Tashqarisida 16 qirrali poygumbaz ustiga baland kuloqiy gumbaz o&#8217;rnatilgan. Bu me&#8217;moriy uslub Xorazm me&#8217;morligiga xos bo&#8217;lib, qurilishda xorazmlik ustalar qatnashganligi haqida &#8220;Zafarnoma&#8221;da yozilgan. Ichkarida bag&#8217;allar ostiga zangori bo&#8217;yoq bilan &#8220;dono kishi buyuk maqsadlar bilan harakat qiladi, tentak odam yuksak maqsadni tutib turadi&#8221; degan ma&#8217;nodagi o&#8217;gitlar yozilgan. Tarzlari sirkor g&#8217;ishtchalar bilan qoplangan. Janubiy-g&#8217;arbiy burchagidagi minora saqlangan. 19-asr o&#8217;rtalarida maqbara yoniga sinchkor katta ayvon, hujralar va gumbazli xonaqoh jome masjidi barpo etilgan. Masjid qurilishi vaqtida Amir Temurning yer osti go&#8217;rxonasining qubbasi ochilgan. 1995-96 yillarda arxeologik qazishmalar natijasida majmuaning tarhi aniqlandi, poydevorlari mustahkamlandi, atrofi obodonlashtirildi. Umumiy ta&#8217;mirlash tadbirlari Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko&#8217;rish va nishonlash davrida amalga oshirildi. Umumiy o&#8217;lchamlari: Dor Us-siyodat \u2014 70&#215;50 metr, Jahongir maqbarasi \u2014 25&#215;15 metr, Amir Temur go&#8217;rxonasi 5&#215;5 metr, masjidi 35&#215;20 metr. Ll.Mankovskaya L. Yu ., Qashqadaryo vohasining arxitektura yodgorliklari, T., 1979.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOR US-SIYODAT (&#8220;Sayyidlar uyi&#8221;) \u2014 Shaxrisabzdagi me&#8217;moriy yodgorlik (1379-80). Amir Temur qurdirgan. 19\u2014 20-asr boshlarida qisman ta&#8217;mirlangan. Farzandi Jahongir Mirzo maqbarasi (Hazrati Imom maqbarasi) va Amir Temurga mo&#8217;ljallangan yer osti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dor-us-siyodat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24814","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24814","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24814"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24814\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24815,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24814\/revisions\/24815"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24814"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24814"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24814"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}