{"id":24854,"date":"2022-04-19T09:30:00","date_gmt":"2022-04-19T06:30:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24854"},"modified":"2022-04-19T09:30:02","modified_gmt":"2022-04-19T06:30:02","slug":"doniyolbiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/doniyolbiy\/","title":{"rendered":"DONIYOLBIY"},"content":{"rendered":"\n<p>DONIYOLBIY (1785) -mang&#8217;itlarning nufuzli biyaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimning katta amakisi. 1758 yil 24 martda Muhammad Rahim vafotidan so&#8217;ng uning o&#8217;g&#8217;illari bo&#8217;lmagani uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi Fozilto&#8217;ra o&#8217;tkazilgan, Miyonkol hokimi bo&#8217;lgan Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan. Bundan norozi bo\u2019lgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, Burqut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon ko&#8217;tarib, 10 ming yigitni qurollantirib Buxoro tomon yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga ko&#8217;ra, Fozilto&#8217;rani taxtdan tushirib, o\u2019rniga ashtarxoniy shahzodalardan bulgan Abulg&#8217;ozi xonlik taxtiga o&#8217;tqazilgan (1758\u2014 85). Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o&#8217;z qo&#8217;lida saqlab qolgan. Doniyolbiy otaliq davrida ham o&#8217;zaro urushlar davom etib, Karmana, O&#8217;ratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh kutarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. 1781 yil Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimi tuzishni taklif etganida Doniyolbiy bu bitimni 92 o&#8217;zbek qabilasi boshliqlari roziligisiz imzolay olmasligini bildirgan. Bu holat Doniyolbiy davrida Buxoro amirligidagi siyosiy markazlashuv darajasi Muxammad Rahim davridan ancha past bo&#8217;lganidan darak beradi. Bu tabiiy suratda Buxoro shahri aholisining noroziligiga sabab bo&#8217;lgan. Bundan tashqari Doniyolbiy qo&#8217;shin ta&#8217;minoti uchun ko&#8217;plab qo&#8217;shimcha soliqlar joriy etib, bu bilan poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini o&#8217;ziga qarshi qaratib qo&#8217;ygandi. 1784 yil Buxoroda qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarilib, unda mingga yaqin kishi o&#8217;ldirilgan. Doniyolbiy hokimiyatni shaharliklar orasida obro&#8217;-e&#8217;tibori baland bo&#8217;lgan o&#8217;g&#8217;li Shohmurod (1785\u2014 1800) ga topshirishga majbur bo&#8217;lgan. Buxoro xonligini birlashtirish va markazlashtirish uchun kurashni Shohmurod davom ettirgan. Shohmurod Doniyolbiy joriy etgan soliqlarni bekor qilgan. Mang&#8217;itlardan bo&#8217;lgan buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning yozishicha: &#8221; Doniyolbiy saxiy va muruvvatli hokim sifatida mashhur bo&#8217;lgan, lekin davlat (moliya) ishlari bilan qiziqmagan. Biron ishni boshlashdan oldin ishning ko&#8217;zini biladigan kishilar bilan maslahatlashgan&#8221;. Doniyolbiy xonlik unvonini qabul qilmagan, otaliq unvoni bilan qanoatlangan. Doniyolbiy davrida me&#8217;moriy yodgorliklardan Xalifa Xudoydod majmuasi (masjid, madrasa, Sardoba va mozor, 1777) qurilishi boshlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DONIYOLBIY (1785) -mang&#8217;itlarning nufuzli biyaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimning katta amakisi. 1758 yil 24 martda Muhammad Rahim vafotidan so&#8217;ng uning o&#8217;g&#8217;illari bo&#8217;lmagani uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi Fozilto&#8217;ra &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/doniyolbiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24854","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24854","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24854"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24854\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24858,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24854\/revisions\/24858"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24854"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24854"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24854"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}