{"id":24868,"date":"2022-04-19T09:54:13","date_gmt":"2022-04-19T06:54:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24868"},"modified":"2022-04-19T09:54:15","modified_gmt":"2022-04-19T06:54:15","slug":"dominika-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dominika-3\/","title":{"rendered":"DOMINIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>DOMINIKA (Dominica), Dominika Hamdo&#8217;stligi (The Common-wealfh of Dominica) \u2014 Dominika o.dagi davlat. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 tumanga bo&#8217;linadi. Maydoni 749,8 kilometr kvadrat. Aholisi 74,2 ming kishi (1999). Poytaxti \u2014 Rozo shahri. Davlat tuzumi. Dominika Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlikka kirgan respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1978 yil 30 noyabrda qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1998 yildan V. Shou). U Majlis palatasi (bir palatali parlament) tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan prezident lavozimiga faqat bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis palatasi, ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident Majlis palatasi a&#8217;zolari orasidan tayinlaydi. Tabiati. Yer yuzasi tog&#8217;lik, eng baland joyi 1447 metr (Dyabloten vulkani). Iqlimi tropik va nam, ammo shimoli- sharqdan esuvchi passat shamoli tufayli issiq unchalik sezilmaydi. O&#8217;rtacha oylik temperatura 25-27\u00b0. Yillik yog&#8217;in miqdori 1500-2500 millimetr, iyuldan sentabrgacha ba&#8217;zan dovullar bo&#8217;lib turadi. Tog&#8217;lardan yamyashil o&#8217;rmonlar oralab ko&#8217;pgina mayda soy va daryolar oqib tushadi, go&#8217;zal sharsharalar ko&#8217;p, ularning eng chiroylisi Rozo shahridan 8 kilometr naridagi Trafalgar sharsharasidir. Mamlakat ko&#8217;katlar, ayniqsa butazorlar, bambuk va turli palmalarga boy. Issiq buloqlar, MornTruapiton milliy bog\u2019i bor. Aholisi, asosan afrikalik dominikaliklar. Ingliz va frantsuzlar ham yashaydi. Rasmiy tili \u2014 ingliz tili, mahalliy kreol tili keng yoyilgan. Dindorlar orasida katoliklar ko&#8217;pchilikni tashkil etadi. Tarixi. Dominikani 1493 yilda X. Kolumb kashf etgan. Uzoq vaqt frantsuzlar bilan inglizlar o&#8217;rtasida talash bo&#8217;lib keldi. Parij shartnomasiga binoan 1763 yildan uzil-kesil Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1958\u2014 62-yillarda VestIndiya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1967 yil 1 martdan &#8220;Buyuk Britaniya bilan uyushgan davlat&#8221; maqomini oldi. 1978 yil iyulda Londonda bo&#8217;lib o&#8217;tgan konferentsiyada Dominika Konstitutsiyasi ishlab chiqildi va unga mustaqillik berish haqida qaror qabul etildi. O&#8217;sha yil 3 noyabrda Dominika mustaqilligi e&#8217;lon qilindi. Dominika\u2014 1978 yildan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 3 noyabr\u2014 Mustaqillik kuni (1978). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Dominika leyboristlar partiyasi, 1985 yilda tuzilgan; Dominika mehnatkashlari Birlashgan partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; Dominika Ozodlik partiyasi, 70-yillarning boshlarida tuzilgan; Dominika taraqqiyparvar partiyasi, 1990 yilda asos solingan. Fuqaro xizmati Ittifoqi kasaba uyushma birlashmasi, 1940 yilda tuzilgan; Dominika ishchilari Birlashgan Ittifoqi, 1960 yilda asos solingan; Dominika kasaba uyushmasi, 1945 yilda tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. Iqtisodiyotining asosini qishloq xo\u2019jalik tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo\u2019jalikning ulushi 25%, sanoatning ulushi 7,9%. Yerning ko&#8217;p qismini, ayniqsa sohillarni bananzorlar, kokos palmalari, tsitrus mevalar, kakao, Mango, tamaki, tokzorlar egallaydi. Chorvachilik sust rivojlangan. Ishchi kuchining salkam 40% qishloq va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligida, baliqchilikda band. Dominika sanoati qishloq xo\u2019jalik xom ashyosini qayta ishlovchi mayda korxonalardan iborat. Turli meva sharbatlari va konservalari, kopra (kokos yong&#8217;og&#8217;ining mag&#8217;zi), sovun, efir moyi va sigara ishlab chiqariladi. Ozroq miqdorda to&#8217;qimachilik mahsulotlari, mahalliy yog&#8217;ochdan taxta va fanera ham tayyorlanadi. Jilvir tosh va ohak tosh qazib olinadi. Xorijiy sayyohlik yaxshi daromad kel-tiradi. Ishchi kuchining 20% shu tarmoqda band. Avtomobil yo&#8217;llari uzunligi \u2014 756 kilometr. Xalqaro aeroport va dengiz porti bor. Chetga banan, meva sharbatlari va konservalari, tsitrus mevalar, kopra, kakao va sovun chiqariladi. Chetdan oziq-ovqat, yoqilg&#8217;i, turli asbob-uskunalar, transport vositalari keltiriladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Karib Hamdo&#8217;stligidagi mamlakatlar. Pul birligi \u2014 Sharqiy Karib dollari. Madaniyati. Dominikada katta yoshdagi aholining savodxonlik darajasi \u2014 95%. Pedagogika instituti mavjud. Dominikada &#8220;Ofishl gazett&#8221; (&#8220;rasmiy gazeta&#8221;, hukumat haftanomasi), &#8220;Nyu kronikl&#8221; (&#8220;yangi xabarlar&#8221;, haftalik gazeta, 1909 yildan) gazetalari nashr etiladi. &#8220;Dominika brodkasting Korporeyshn&#8221; hukumat radioeshittirish Mahkamasi mavjud. Kabel teleko&#8217;rsatuvi ishlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOMINIKA (Dominica), Dominika Hamdo&#8217;stligi (The Common-wealfh of Dominica) \u2014 Dominika o.dagi davlat. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 tumanga bo&#8217;linadi. Maydoni 749,8 kilometr kvadrat. Aholisi 74,2 ming kishi (1999). Poytaxti \u2014 Rozo shahri. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dominika-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24868","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24868","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24868"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24868\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24874,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24868\/revisions\/24874"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24868"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24868"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24868"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}