{"id":24883,"date":"2022-04-19T10:02:56","date_gmt":"2022-04-19T07:02:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24883"},"modified":"2022-04-19T10:02:58","modified_gmt":"2022-04-19T07:02:58","slug":"domna-ishlab-chiqarishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/domna-ishlab-chiqarishi\/","title":{"rendered":"DOMNA ISHLAB CHIQARISHI"},"content":{"rendered":"\n<p>DOMNA ISHLAB CHIQARISHI &#8211; metallurgiya korxonalarining domna tsexlarida (yoki alohida domnali zavodlarda) cho&#8217;yan ishlab chiqarish. Hora metallurgiya ishlab chiqarish tsiklining asosiy bo&#8217;g&#8217;ini. Domna ishlab chiqarish asosi \u2014 domna pechi. Domna pechi mahsulotlari asosan (82\u2014 84%) qayta ishlanuvchi cho&#8217;yanlardan iborat. Bunday cho&#8217;yanlar Bessemer, Tomas konvertorlarida va Marten penila qayta ishlanib, po&#8217;latga aylantiriladi. Quyma cho&#8217;yanlar domna cho&#8217;yanlarining taxminan 16% ini tashkil qiladi. Ularni qayta eritib, quymalar olinadi. Domna pechidan chiqadigan toshqol (shlak) va domna gazi ham sanoatda ishlatiladi. Toshqoldan tsement, beton, o&#8217;g&#8217;it va kurilish sanoatida ishlatiladigan quymalar olishda foydalaniladi. Domna ishlab chiqarishda xomashyo sifatida temir rudasi, yoqilg&#8217;i va flyuslar ishlatiladi. Ruda sifatida qizil, qo&#8217;ng&#8217;ir, magnit hamda shpat temir toshlari qo&#8217;llaniladi. Maxsus cho&#8217;yanlar olish uchun tabiiylegirlangan temir va marganes rudalaridan ham foydalaniladi. Eritishdan oldin rudalar boyitiladi (foydali minerallar zararli qo&#8217;shimchalardan tozalanadi). Yoqilg&#8217;i sifatida koks, flyus sifatida, asosan, ohaktosh, dolomit va Marten pechidan chikadigan toshqollar ishlatiladi. Domna pechi koloshnik orqali shixta (pechga tashlanadigan materiallar \u2014 koks, aglomerat va boshqalar) bilan to&#8217;ldiriladi. Shixta avval ruda maydonidagi uralarga yoki vagonlarda to&#8217;g&#8217;ri bunkerlar estakadasiga keltiriladi. Koks va aglomerat (yiriklashtirilgan ruda) tasmali transportyorlar yordamida koks batareyasi yoki aglomerat fabrikasidan ham keltirilishi mumkin. Shixta aravacha-bunkerlardan avval tarozi-vagonlarga, so&#8217;ngra skiplar (o&#8217;z-o&#8217;zidan bo&#8217;shaydigan aravachalar) ga solinadi. Ikki Skip chigir (lebyodka) yordamida ko&#8217;prikdan ko&#8217;tarilib, shixtani yuklash qurilmasiga to&#8217;kadi. Shixta taqsimlovchi moslamaga tushib, kichik konusni ochadi va tukuvchi moslamaga, so&#8217;ngra katta konusni ochib, pechning ichiga tushadi. Har bir shixta solinganidan so&#8217;ng taqsimlovchi moslama kichik konus bilan birga 60\u00b0 buriladi, natijada shixta tekis solinadi. Havo rekuperatorlaraa 800-1160\u00b0 gacha qizdirilib, maxsus nasoslar yordamida taqsimlash quvuri va furmalar orqali pechga yuboriladi. Rekuperatorlarning soni pechning katta-kichikligiga qarab to&#8217;rttagacha, furmalar esa 20 tagacha bo&#8217;ladi. Domna gazi quvurlar orqali gaz tozalash kurilmalariga kelib tozalanadi. Domnaga berilgan havo furma atrofida uglerod bilan birikib, karbonat angidrid (SO2) hosil qiladi. Domna gazlarining temperaturasi 1900\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi. SO2 yuqori tempraturada qisman uglerod (II)-oksid (so) ga aylanadi. Issiqlikning shixtaga sarflanishi va reaktsiya natijasida domna gazlarining temperaturasi pasayib, koloshnikda 200-360\u00b0 atrofida bo&#8217;ladi. 570\u00b0 dan past temperaturada temir oksidlaridan ajralgan kislorod so bilan birikib, SO2 ga aylanadi. Temperatura oshganda (750-900\u00b0) temir kisloroddan juda tez ajralib, sof temir (Fe) va so hosil bo&#8217;ladi. Bu reaktsiyalar ortiqcha uglerod ta&#8217;sirida o\u2019tgani uchun qaytarilgan temir uglerod bilan birikib, toza temirga qaraganda pastroq temperatuada suyuqlanadigan cho&#8217;yan hosil bo&#8217;ladi (toza temir 1539\u00b0 da suyuqlanadi). Cho&#8217;yan va shlak domna pechi gorniga yig&#8217;ilib, vaqt-vaqti bilan teshikdan chiqariladi. Shixta materiallari (ruda va koks) da boshqa aralashmalar ham bo&#8217;lgani uchun kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor va boshqalar chuyan tarkibiga o\u2019tadi. Ulardan ba&#8217;zilari (kremniy, marganes) foydali, ba&#8217;zilari (oltingugurt, fosfor) zararli hisoblanadi. Domna jarayoni o\u2019lchov asboblari yordamida kuzatib boriladi. Olinadigan chuyan turi va asboblarning kursatishiga qarab shixta tarkibi, havo temperaturasi va miqdori o&#8217;zgartirib turiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOMNA ISHLAB CHIQARISHI &#8211; metallurgiya korxonalarining domna tsexlarida (yoki alohida domnali zavodlarda) cho&#8217;yan ishlab chiqarish. Hora metallurgiya ishlab chiqarish tsiklining asosiy bo&#8217;g&#8217;ini. Domna ishlab chiqarish asosi \u2014 domna pechi. Domna &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/domna-ishlab-chiqarishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24883","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24883","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24883"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24883\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24889,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24883\/revisions\/24889"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24883"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24883"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24883"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}