{"id":24893,"date":"2022-04-19T11:57:17","date_gmt":"2022-04-19T08:57:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24893"},"modified":"2022-04-19T11:57:17","modified_gmt":"2022-04-19T08:57:17","slug":"dengiz-yotqiziqlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dengiz-yotqiziqlari\/","title":{"rendered":"DENGIZ YOTQIZIQLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>DENGIZ YOTQIZIQLARI (dengiz cho&#8217;kindilari) \u2014 yerdagi hozirgi va qadimgi dengizlar tubida hosil bo&#8217;lgan cho&#8217;kindi va vulkanogen-cho&#8217;kindi yotqiziqlar. Dengiz yotqiziqlari termini fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida cho&#8217;kindi hosil bo&#8217;ladigan zonada tarkib topib tog&#8217; jinsiga aylanishga ulgurmagan mahsulotlar uchun qo&#8217;llanilgan. Dengiz yotqiziqlari kontinental yotqiziqlarga nisbatan ko&#8217;p va materik Yer po&#8217;stidagi cho&#8217;kindi qobiq umumiy hajmining 75% dan ko&#8217;prog&#8217;ini tashkil etadi. Dengiz yotqiziqlari arxey yoki undan ham avval (3,5\u20144 milliard yil muqaddam) dastlabki dengizlar hosil bo&#8217;lish davridan boshlab, yerning butun geologik rivojlanish tarixi davomida hosil bo&#8217;lib kelgan. Dengiz yotqiziqlari diagenez jarayonida cho&#8217;kindi tog&#8217; jinsiga aylangan. Dengiz yotqiziqlari ohaktosh, dolomit, mergel, kremniyli jinslar, gil va argillit, alevrolit, qumtosh, konglomerat va boshqalardan tashkil topgan. Ko&#8217;pchilik metamorfik tog&#8217; jinslari (gneys, slanes, marmar) dastlab Dengiz yotqiziqlari bo&#8217;lgan. Dengiz yotqiziqlarining asosiy turlariga terrigen, biogen, xemogen va vulkanogen jinslar mansub. Chuqurligi, qirg&#8217;oqdan uzoqligi, dengiz tubining relef shakli, oqimlar va b. omillarga bog&#8217;liq holda alohida dengiz havzalarida Dengiz yotqiziqlarining turli fasiyalari hosil bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zi bir autigen minerallar (glaukonit), yotqiziqlarning ichki va tashqi tuzilishi Dengiz yotqiziqlarining belgilari hisoblanadi. Chuqur dengiz soyliklarida to&#8217;plangan Dengiz yotqiziqlari asosan mayda donali (gil, alevritlar, ohaktoshli va kremniyli gillar) cho&#8217;kindilardan iborat. Yon bag&#8217;irliklarda suv osti ko&#8217;chki yotqiziqlari vujudga keladi. Dengiz yotqiziqlarining tarkibi, massasi va yer yuzasida tarqalishiga tektonik rejim va iqlim sharoiti katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Dengiz yotqiziqlari hosil bo&#8217;lish sharoiti geologik tarix davomida bir xil bo\u2019lmagan. Masalan, proterozoy va paleozoyda xemogen cho&#8217;kindilar mezozoy va Kaynozoydagiga qaraganda ko&#8217;p to&#8217;plangan. Tokembriy va erta paleozoyda esa dengiz dolomitlari ko&#8217;p hosil bulgan. Temirli kvarsitlar (jespelitlar) faqat proterozoyda ma&#8217;lum. 20-asrning 60-yillarida olimlar o\u2019rtasida Dengiz yotqiziqlarini ikkiga \u2014 okean yotqiziqlari va Dengiz yotqiziqlariga ajratish g&#8217;oyasi paydo bo&#8217;ldi. Bular bir-biridan chukindilarning hosil bulish tezligi va ularda terrigen materiallarning ishtirok etishi va etmasligiga hamda biogen jarayonlarning ko&#8217;pligi bilan farq qilina boshladi. Chuqur suvli Dengiz yotqiziqlarining okean o&#8217;rtasi tog&#8217;liklari Rift zonalarida eksgalyasion-cho&#8217;kindi, ko\u2019p metalli oksidli rudalanishlar, kontinentlardagi qazilma Dengiz yotqiziqlarida esa stratiform rudali (temir, marganes, uran, vanadiy va boshqalar), noruda (fosforitlar) va yonuvchi (yonuvchi slaneslar, neft va gaz) foydali qazilmalar topilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DENGIZ YOTQIZIQLARI (dengiz cho&#8217;kindilari) \u2014 yerdagi hozirgi va qadimgi dengizlar tubida hosil bo&#8217;lgan cho&#8217;kindi va vulkanogen-cho&#8217;kindi yotqiziqlar. Dengiz yotqiziqlari termini fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida cho&#8217;kindi hosil bo&#8217;ladigan zonada tarkib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dengiz-yotqiziqlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24893","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24893","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24893"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24893\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24899,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24893\/revisions\/24899"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24893"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24893"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24893"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}