{"id":24916,"date":"2022-04-19T12:40:20","date_gmt":"2022-04-19T09:40:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24916"},"modified":"2022-04-19T12:40:21","modified_gmt":"2022-04-19T09:40:21","slug":"dome-daumier-onore-viktoren","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dome-daumier-onore-viktoren\/","title":{"rendered":"DOME (DAUMIER) ONORE VIKTOREN"},"content":{"rendered":"\n<p>DOME (DAUMIER) ONORE VIKTOREN (1808.26.2, Marsel &#8211; 1879.11.2, Vilmondua, Parij yaqinida) \u2014 frantsuz rangtasviri ustasi, grafik rassomi va haykaltaroshi; tanqidiy realizmning yirik vakili. 1814 yildan Parijda; 20-yillarda rasm, rangtasvirdan ta&#8217;lim olgan, litografiya san&#8217;ati asoslarini o&#8217;rgangan. 1830 yil inqilobidan keyin siyosiy karikaturalar, hajviy rasmlar yaratgan, ular alohida varaqlarda yoki bezakli nashrlarda bosilgan. Siyosiy arboblarning o&#8217;tkir syujetli byustlari (1830-36, 36 ta byust saqlangan) keyinchalik portret-sharjlar yaratish uchun asos bo&#8217;lgan (&#8220;Oltin kesimning mashxur kishilari&#8221;, 1832-33). Dome litografiya asarlarida (&#8220;qonun chiqaruvchilar uyasi&#8221;, &#8220;Biz hammamiz halol odamlarmiz, keling quchoqlashaylik&#8221;, &#8220;bunisini ozodlikka chiqarsa bo&#8217;ladi&#8221;, 1934; &#8220;Transnonen ko&#8217;chasi&#8221; va boshqa turkumlar) bag&#8217;ritosh, manman, ikkiyuzlamachi hukmdorlarni qattiq tanqid ostiga olgan. 1834 yildan keyin Dome asosan maishiy hajviy rasmlar ishlash bilan chegaralana boshlaydi (&#8220;Rober Maker&#8221;, 1836-38; &#8220;marhamatli burjua&#8221;, 1846-49 va boshqalar). Dome rangtasviri romantizm bilan bog&#8217;liq, obrazlarning o&#8217;tkir tavsifi, erkin va mohirona jamlangan lirik va jo&#8217;shqin harakatli rang tizimi, nursoya o&#8217;yinidagi keskinlik asarlariga alohida joziba baxsh etgan (&#8220;qo&#8217;zg&#8217;olon&#8221;, 1848; &#8220;Barrikadadagi oila&#8221; va boshqalar). Oddiy xalqning ichki qudrati va ma&#8217;naviy go&#8217;zalligini ifoda etgan &#8220;kir yuvuvchi&#8221; (1859), &#8220;uchinchi klass vagoni&#8221; (1862\u2014 63) va boshqalar, diniy mifologik mavzuda kompozitsiyalar, portretlar, don Kixotga bag&#8217;ishlangan qator asarlar yaratgan (&#8220;Don Kixot&#8221;, 1868 va boshqalar).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOME (DAUMIER) ONORE VIKTOREN (1808.26.2, Marsel &#8211; 1879.11.2, Vilmondua, Parij yaqinida) \u2014 frantsuz rangtasviri ustasi, grafik rassomi va haykaltaroshi; tanqidiy realizmning yirik vakili. 1814 yildan Parijda; 20-yillarda rasm, rangtasvirdan ta&#8217;lim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dome-daumier-onore-viktoren\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24916","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24916","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24916"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24916\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24922,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24916\/revisions\/24922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24916"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24916"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24916"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}