{"id":24918,"date":"2022-04-19T12:40:52","date_gmt":"2022-04-19T09:40:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24918"},"modified":"2022-04-19T12:40:53","modified_gmt":"2022-04-19T09:40:53","slug":"don-doncha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/don-doncha\/","title":{"rendered":"DON, DONCHA"},"content":{"rendered":"\n<p>DON, DONCHA (caryopsis) \u2014 g&#8217;alla ekinlari mevasi yoki dukkakli don o&#8217;simliklar urug&#8217;i; dehqonchilikda yetishtiriladigan asosiy mahsulotlarning biri. Don odam iste&#8217;mol qiladigan oziq-ovqat, un, pivo, kraxmal-patoka, spirt, aralash yem tayyorlash uchun xom ashyo hamda qishloq xo\u2019jalik hayvonlari uchun to&#8217;yimli ozuqa. Donni qayta ishlab olingan mahsulotlar non, makaron, kandolatchilik korxonalarida ishlatiladi. Insoniyat oqsilning 50%, uglevodlarning 70%, yog&#8217;larning 15% ini Don mahsulotlaridan oladi. G&#8217;alla ekinlari doni bir urug&#8217;li quruq meva; bug&#8217;doy, javdar, makkajo&#8217;xori va arpa bilan sulining yalang&#8217;och donli shakllarida po&#8217;stsiz hamda suli, arpa, sholi, tariq va boshqalarda yupqa po&#8217;stli bo&#8217;ladi. Donning asosiy qismi endospermdan iborat. Don tegirmonda tortilganda endospermdan unning muhim qismi hosil bo&#8217;ladi. Endosperm hujayralarining ko&#8217;p qismi kraxmal va oqsil moddalar bilan to&#8217;lgan. Endospermning oxirgi qavati \u2014 aleyron qavat oqsil va yog&#8217;ga boy. Navli un tortishda bu qavat kepakka qo&#8217;shilib ketadi (odam organizmida yaxshi hazm bo&#8217;lmaydi). Donning ichki tuzilishi undagi kraxmal donachalarining joylashishi hamda xossalariga, oqsillarning xossalari va taqsimlanishiga qarab shaffof (shishasimon), yarim shaffof va unsimon bo&#8217;ladi. Donning uchki qismida murtak bo&#8217;lib, unda oqsil, yog&#8217;, qand, vitaminlar va fermentlar ko&#8217;p. Bug&#8217;doy doni vaznining 81-84,2% endosperm, 6,8\u2014 8,6% aleyron qavat, 1,4-3,2% murtak va 3,1\u20145,6% po&#8217;stdan iborat. Donning oziqovqatlik va yemlik qimmati undagi moddalar va ularning tarkibiga bog&#8217;liq. Dukkakli Don ekinlarining pishgan donida endosperm bo&#8217;lmaydi. Urug&#8217;pust (qobig&#8217;i) bilan qoplangan, uning ostida murtak joylashgan. Don tarkibidagi uglevodlarning asosiy qismi kraxmaldir. Klechatka bilan gemisellyuloza hujayra qobig&#8217;i tarkibiga kiradi. Qandlardan maltoza, glyukoza va fruktoza bor. Bug&#8217;doy donining oqsillari, asosan, gliadin va glyutelinlarga kiradi. Bug&#8217;doy oqsillari xamir qorishda suv bilan birikib kleykovina hosil qiladi, xamirning cho&#8217;ziluvchanligi, g&#8217;ovakligi va nonning xajmi kleykovinaning miqdori hamda sifatiga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Dukkakli don ekinlari donining oqsillari, asosan globulinlar va ozroq albuminlardan iborat. Ular g&#8217;alla ekinlari oqsillariga qaraganda to&#8217;yimliroqdir. Yog&#8217;lar asosan murtakda, yer yong&#8217;oq bilan soyada urug&#8217;pallalarda ko&#8217;p bo&#8217;ladi. Don kuli tarkibida fosfor, kaliy, magniy, kaltsiy, kremniy va boshqalar elementlar bor. Fermentlar (amilaza, maltoza, saxaroza, lipaza va boshqalar), asosan, murtakda to&#8217;plangan. Don tarkibida vitaminlardan tiamin (V,), riboflavin (V2), piridoksin (V6), nikotinamid (RR), askorbat kislota (S) va boshqalar bor. Donning sifati yangiligi, rangi, hidi, ta&#8217;mi, toza-iflosligiga, zararkunanda hamda kasalliklar bilan zararlanish darajasi va boshqalar ko&#8217;rsatkichlarga qarab baholanadi. Omborlarda saqlanadigan Don namligi 14-17%, iflosligi 1% dan ortiq bo&#8217;lishiga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi. Rixsivoy Jo&#8217;rayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DON, DONCHA (caryopsis) \u2014 g&#8217;alla ekinlari mevasi yoki dukkakli don o&#8217;simliklar urug&#8217;i; dehqonchilikda yetishtiriladigan asosiy mahsulotlarning biri. Don odam iste&#8217;mol qiladigan oziq-ovqat, un, pivo, kraxmal-patoka, spirt, aralash yem tayyorlash uchun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/don-doncha\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24918","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24918","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24918"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24918\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24924,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24918\/revisions\/24924"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24918"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24918"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24918"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}