{"id":24932,"date":"2022-04-19T12:44:32","date_gmt":"2022-04-19T09:44:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24932"},"modified":"2022-04-19T12:44:32","modified_gmt":"2022-04-19T09:44:32","slug":"don-ekinlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/don-ekinlari\/","title":{"rendered":"DON EKINLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>DON EKINLARI, donli ekinlar \u2014 don uchun ekiladigan eng muhim qishloq xo\u2019jalik ekinlari guruhi; Don ekinlari doni insonning asosiy oziq-ovqat mahsuloti; sanoatning ko&#8217;pgina tarmoklari uchun xom ashyo, shuningdek, chorva mollari uchun yem. Donining tarkibi va mahsuloti iste&#8217;mol qilinishi jihatdan g&#8217;alladoshlarga mansub g&#8217;alla ekinlari (bug&#8217;doy, javdar, arpa, iyuli, suli, makkajo&#8217;xori, jo&#8217;xori va boshqalar), shu jumladan yormabop ekinlar (tariq, jo&#8217;xori va marjumak va boshqalar), dukkakdoshlarga mansub dukkakli don ekinlari (loviya, no&#8217;xat, soya, vika va boshqalar) bo&#8217;linadi. Don ekinlari ichida g&#8217;alla ekinlari yetakchi rol o&#8217;ynaydi. Botanik shakli xilma-xilligiga qaramay, ular ko\u2019pgina umumiy morfologik xususiyatlarga ega. Poyasi \u2014 havol poxolpoya (bug&#8217;doy, sholi, suli) yoki yumshoq to&#8217;qimalar bilan to&#8217;lgan (makkajo&#8217;xori, jo&#8217;xori). Bargi qin hamda tasmasimon shakldagi barg plastinkasidan iborat. Qinning barg plastinkasi bilan tutash joyida ingichka tilcha bo&#8217;lib, u poxolpoya bilan tutashgan bo&#8217;ladi. Tilchaning har ikkala tomonida quloqchalar joylashadi, ammo ayrim g&#8217;alla ekinlari (suli, sholi) da quloqchalar bo&#8217;lmaydi. To&#8217;pguli boshoq (bug&#8217;doy, javdar, arpa) yoki ro&#8217;vak (suli, tariq, sholi, jo&#8217;xori). G&#8217;alla ekinlari to&#8217;pguli bir qancha boshoqlardan tashkil topadi, ular boshoq do&#8217;ngchalarida yoki ro&#8217;vakning Markaziy va yon shoxchalarida joylashadi. Gullari ikki jinsli, makkajo&#8217;xorida ayrim jinsli. Mevasi doncha. G&#8217;alla ekinlari doni tarkibida uglevodlar (quruq moddaga nisbatan 60-80%), oqsil (quruq moddaga nisbatan 7-20%), fermentlar, vitaminlar V, RR va provitamin A ko\u2019p. Vegetatsiya davriga qarab Don ekinlari kuzgi hamda bahorgi (ertagi va kechki) ga bo&#8217;linadi. Don ekinlari dunyoning dehqonchilik qilinadigan jami mintaqalarida tarqalgan. Uning Janub va shimol tarqalish chegaralari dehqonchilik chegaralari bilan mos keladi. Bug&#8217;doy barcha qit&#8217;alarda ekiladi, sholi Osiyoda, makkajo&#8217;xori shimol Amerikada, javdar Yevropada, suli Shimoli Amerikada va Yevropada, tariq va sorgo Osiyo va Afrikada eng ko\u2019p maydonlarni egallaydi. Jahon bo&#8217;yicha Don ekinlarining jami maydoni 679983 ming gektar, yalpi hosil 2064178 ming tonna, hosildorlik 30,3 tsentner\/gektarni tashkil etadi. Jumladan, bug&#8217;doy 215272 ming gektar, yalpi xreil 583624 ming tonna, hosildorlik 27,1 tsentner\/ gektar, makkajo&#8217;xori 139214 ming gektar, yalpi hosil 600418 ming tonna, hosildorlik 43,13 tsentner\/gektar, arpa 56410 ming gektar, yalpi hosil 130064 ming tonna, hosildorlik 23,06 tsentner\/gektar, sholi 155128 ming gektar, yalpi hosil 596485 ming tonna, hosildorlik 38,4 tsentner\/gektar (1999). O&#8217;zbekistonning sug&#8217;oriladigan sharoitida 20-asrning 90-yillaridan boshlab Don ekinlaridan bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori, arpa, sholi g&#8217;o&#8217;za-g&#8217;alla-beda almashlab ekishda asosiy ekin sifatida ekiladi. Respublikada don ekinlari maydoni 1611,9 ming gektar, shu jumladan bug&#8217;doy 1354,8 ming gektar, sholi 129,8 ming gektar maydonga ekildi (2000). Yalpi hosil jami don ekinlari bo&#8217;yicha 3915,7 ming tonna, hosildorlik 26,9 tsentner\/gektar, shu jumladan bug&#8217;doy bo&#8217;yicha tegishlicha 3521,7 ming tonna, 27,5 tsentner\/gektar, sholi \u2014 154,8 ming tonna, 23,9 tsentner\/gektar, makkajo&#8217;xori (don uchun) \u2014 131,4 ming tonna, 31,6 tsentner\/gektar bo&#8217;ldi. Don ekinlari o&#8217;tmishdoshi g&#8217;o&#8217;za va unga yo&#8217;ldosh ekinlar hisoblanadi. Sug&#8217;orish sharoitida Don ekinlaridan yuqori hosil olishning asosiy shartlari: serhosil navlarni ekish, o&#8217;g&#8217;itni ilmiy asoslangan me&#8217;yorda solish, o&#8217;z vaqtida sug&#8217;orish, begona o&#8217;tlarni yo&#8217;qotish, o&#8217;simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, almashib ekish qoidalariga rioya qilish. O&#8217;zbekistonda Don ekinlarini yetishtirish bo&#8217;yicha asosiy ishlar (tuproqqa ishlov berish, ekish, hosilni yig&#8217;ib olish va boshqalar) to&#8217;la mexanizatsiyalashgan. Qo&#8217;ziboy Dushamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DON EKINLARI, donli ekinlar \u2014 don uchun ekiladigan eng muhim qishloq xo\u2019jalik ekinlari guruhi; Don ekinlari doni insonning asosiy oziq-ovqat mahsuloti; sanoatning ko&#8217;pgina tarmoklari uchun xom ashyo, shuningdek, chorva mollari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/don-ekinlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24932","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24932","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24932"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24932\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24938,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24932\/revisions\/24938"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24932"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24932"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24932"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}