{"id":24955,"date":"2022-04-19T13:59:14","date_gmt":"2022-04-19T10:59:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24955"},"modified":"2022-04-19T13:59:15","modified_gmt":"2022-04-19T10:59:15","slug":"doktorantura","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/doktorantura\/","title":{"rendered":"DOKTORANTURA"},"content":{"rendered":"\n<p>DOKTORANTURA \u2014 oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan Doktorlari) tayyorlash shakli. O&#8217;zbekistonda uzluksiz ta&#8217;lim tizimining tarkibiy qismi va oliy bosqichi. Doktorantura O&#8217;zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasi, vazirlik va idoralar tasarrufidagi ilmiy muassasalar, oliy o&#8217;quv yurtlari va tashkilotlarda ochiladi. Obro&#8217;li ilmiy maktablar, yetarli ilmiy salohiyat hamda zarur lab.tadqiqot bazalariga va ixtisoslashgan ilmiy kengashga ega ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o&#8217;quv yurtlari, ilmiy muassasa va tashkilotlar qoshida fan va texnikaning eng muhim mutaxassisliklari bo&#8217;yicha fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, respublika va uning mintaqalarida ilmiy-texnika taraqqiyoti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta&#8217;minlovchi davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi. Doktoranturaga, odatda, himoya qilingan nomzodlik dissertasiyaga mos mutaxassisligi bo&#8217;yicha Doktorlik dissertatsiyasiga kamida 50% hajmda asos bo&#8217;la oladigan, ilmiy natijalari bilan salmoqli yutuqlarga erishgan, o&#8217;zini qobiliyatli hamda istiqbolli ilmiy yoki ilmiy-pedagog xodim sifatida namoyon qilgan, fundamental tadqiqotlarni yuksak saviyada olib borish va xalq xo&#8217;jaligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy muhim ilmiy muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega bo&#8217;lgan 45 yoshdan oshmagan fan nomzodlari qabul qilinadi. Doktoranturada o&#8217;qish muddati tabaqalashtirilgan tarzda belgilanadi (1-3 yil) va u ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ish stajiga qo&#8217;shiladi. Idora ichida va idoralararo maqsadli Doktorantura ham mavjud. Maqsadli Doktoranturaga tuzilgan shartnoma asosida muassasa va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo&#8217;lgan shaxslar qabul qilinadi. Doktorantura asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini, ya&#8217;ni Doktorlik dissertatsiyasini ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarda himoya qilish bilan yakunlanadi. Dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganlarga O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi qarori bilan tegishli fan sohasi bo&#8217;yicha &#8220;fan Doktori&#8221; ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Botir Mirzahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOKTORANTURA \u2014 oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan Doktorlari) tayyorlash shakli. O&#8217;zbekistonda uzluksiz ta&#8217;lim tizimining tarkibiy qismi va oliy bosqichi. Doktorantura O&#8217;zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasi, vazirlik va idoralar tasarrufidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/doktorantura\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24955","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24955","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24955"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24955\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24961,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24955\/revisions\/24961"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24955"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24955"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24955"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}