{"id":25089,"date":"2022-04-20T07:46:50","date_gmt":"2022-04-20T04:46:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25089"},"modified":"2022-04-20T07:46:51","modified_gmt":"2022-04-20T04:46:51","slug":"dogmatizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dogmatizm\/","title":{"rendered":"DOGMATIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>DOGMATIZM, aqidaparastlik \u2014 tanqidiy nuqtai nazardan tekshirmay, aniq sharoitni hisobga olmay ko&#8217;r-ko&#8217;rona fikr yuritish usuli. Falsafada Dogmatizm biror tezisni falsafiy tizimga asos qilib olib, uning haqiqatligini isbot qilish shart emas deb fikr yuritishda namoyon bo&#8217;ladi. Qadimgi davrda falsafada hamma narsani shubha ostiga oluvchi skeptiklarga qaramaqarshi o&#8217;laroq ijobiy fikr va ta&#8217;limotni ilgari suruvchilarni dogmatiklar deb atashgan. I. Kant tajriba va kuzatuv bilan hisoblashmay, inson aql-zakovati bunga haqlimi-yo&#8217;qmi deb o&#8217;ylamay metafizik fikrlovchilarni dogmatiklar deb hisoblagan. Dogmatizm diniy ta&#8217;limotda qatiy, hech bir e&#8217;tirozga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydigan aqidalarga rioya qilishda, fan sohasida esa, tayin tarixiy sharoitlarni hisobga olmay o&#8217;zgarmas qonun va qoidalarni tan olishda namoyon bo&#8217;ladi. Dogmatizmga asoslangan tafakkur usuli ilmiy bilishga zid, nazariya bilan amaliyotning bir-biridan ajralib qolishi natijasidir. Dogmatizm hukm surgan joyda turg&#8217;unlik, jaholat, karaxtlik, qotib qolish, mutaassiblik paydo bo&#8217;ladi. Yaqin o&#8217;tmishdagi sho&#8217;rolar tuzumi davrida fan, falsafa, iqtisodiyot, adabiyot va san&#8217;at sohalarida dogmatik fikrlash usuli hukmronlik qildi. Iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar va ular ishidagi buzilishlar ilmda sosializmning asosiy mohiyatini tashkil etuvchi tomonlar sifatida ko&#8217;rsatilar va mutlaqlashtirilar edi. Bu xulosalar esa ijtimoiy fanlarga bahslashib bo&#8217;lmaydigan dogma sifatida kiritilib, nazariy fikrlarning ijodiy taraqqiyotiga to&#8217;siq bo&#8217;lib qolgan edi. Shunday sharoitda kimki yangi ilmiy muammoni ko&#8217;tarib chiqsa, ijodiy fikr yuritishga urinsa, u sotsializm dushmani deb e&#8217;lon qilinar edi. Natijada ijtimoiy fan vakillari orasida sosialistik jamiyatni tanqidiy tahlil qilish mumkin emas, degan fikr keng yoyilgan edi. SSSR parchalangandan so&#8217;ng ilm-fan va boshqa nazariy hamda amaliy faoliyatda ijodiy fikr yuritish imkoniyati vujudga keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOGMATIZM, aqidaparastlik \u2014 tanqidiy nuqtai nazardan tekshirmay, aniq sharoitni hisobga olmay ko&#8217;r-ko&#8217;rona fikr yuritish usuli. Falsafada Dogmatizm biror tezisni falsafiy tizimga asos qilib olib, uning haqiqatligini isbot qilish shart emas &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dogmatizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25089","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25089","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25089"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25089\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25095,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25089\/revisions\/25095"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25089"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25089"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25089"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}