{"id":25393,"date":"2022-04-20T14:56:36","date_gmt":"2022-04-20T11:56:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25393"},"modified":"2022-04-20T14:56:37","modified_gmt":"2022-04-20T11:56:37","slug":"denov-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/denov-tumani\/","title":{"rendered":"DENOV TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>DENOV TUMANI \u2013 Suurxondaryo viloyatidagn tuman. 1926 yil 2 sentabrda tashkil etilgan. Denov tumani viloyatning Sho&#8217;rchi, Sariosiyo, uzun, Oltinsoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,75 ming kilometr kvadrat. Aholisi 253,7 ming kishi (2000). Denov tumanida 1 shahar (Denov), 1 shaharcha (Do&#8217;stlik), 18 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Navro&#8217;z, Pistamozor, Sina, Tortuvli, Xayrobod, Xolchayon, Farg&#8217;ona, Yurchi, Yangibog&#8217;, Yangizamon, Yangiobod, Qiziljar, Hazorbog&#8217;) bor. Markazi \u2014 Denov shahri. Tabiati. Denov tumanining shimol, Janub va Markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotog&#8217;, g&#8217;arbda Boysuntog&#8217; tizmalari bilan o&#8217;ralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 2,9\u00b0, iyulniki 28,4\u00b0. Tekisliklarda yiliga 130 millimetrdan 360 millimetrgacha, tog&#8217;oldi va tog&#8217;larda 445 millimetrdan 625 millimetrgacha yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Denov tumanidan Surxondaryo, To&#8217;polondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbog&#8217;, Oy-Barak kanallari, Dayto&#8217;lak, Denov ariqlari oqib o&#8217;tadi. Yer osti suvlariga boy bo&#8217;lganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda bo&#8217;z tuproq, Daryo sohillarida o&#8217;tloqi botqoq, tog&#8217;oldi va tog&#8217;larda och qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlar tarqalgan. Tog&#8217;larda boshoqli o&#8217;simliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar o&#8217;sadi. Bobotog&#8217;da pistazorlar bor. Jayran, tog&#8217;echkisi, qobon, silovsin, bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, jayra, qushlardan qirg&#8217;ovul, kaklik, to&#8217;rg&#8217;ay uchraydi. Daryolarda so&#8217;zanbaliq, oq Amur, zog&#8217;ora baliq (sazan) ko&#8217;p. Aholining aksari qismi (89,5%) o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga o&#8217;rtacha 337 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Xo&#8217;jaligi. Tuman sanoat korxonalari asosan qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yog&#8217; ekstraktsiya, aroq-vino va pivo, konserva, sut, ta&#8217;mirlash-mexanika, gisht zavodlari, qurilish, neft mahsuloti korxonalari, paxta chuvish, kandolatchilik fabrikalari, jami 38 sanoat korxonasi mavjud. Tadbirkorlarga qarashli 200 ga yaqin kichik korxona faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bog&#8217;dorchilik, tokchilik, limon yetishtirish va boshqalar. Tog&#8217; etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan bug\u2019doy va arpa) bilan shug\u2019ullaniladi. 12,7 ming gektar yerga paxta, 10,1 ming gektar yerga g&#8217;alla ekiladi. Sug&#8217;oriladigan yerlar 24,7 ming gektar. Yaylovlarda qoramol, qo&#8217;y (jumladan, Hisor qo&#8217;ylari) boqiladi. Tumanda 17 jamoa xo&#8217;jaligi mavjud. R. R. Shreder nomidagi bog&#8217;dorchilik, tokchilik va vinochilik korporasiyasining selektsiya stansiyasi joylashgan. Denov dendrariysi deb atalgan bu ilmiy laboratoriyada tabiatning 900 dan ziyod o&#8217;simligi, mevali o&#8217;simliklar (jumladan Yaponiyadan keltirilgan palma daraxti, magnoliya, xurmo, apelsin, yong&#8217;oq, boshoqli o&#8217;simliklar) yetishtiriladi. Tuman hududidan xalqaro temir yo\u2019l, Xo&#8217;jand\u2014 Dushanba, Termiz\u2014Dushanba avtomagistral yo&#8217;li o&#8217;tgan. 87 umumiy ta&#8217;lim maktabi, gimnaziya, 2 litsey, 3 o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurti, san&#8217;at, musiqa maktablari, 3 kasb-hunar maktabi, 58 ommaviy kutubxona (500 ming kitob), 46 klub, 2 madaniyat va istirohat bog&#8217;i, kasalxonalar, 13 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 6 qishloq&#8221;vrachlik punkti, 7 poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari, 4 dispanser bor. Bu muassasalarda 3800 dan ziyod tibbiyot xodimlari ishlaydi. 1932 yildan &#8220;Chag&#8217;oniyon&#8221; tuman gazeta nashr etiladi (adadi 9000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DENOV TUMANI \u2013 Suurxondaryo viloyatidagn tuman. 1926 yil 2 sentabrda tashkil etilgan. Denov tumani viloyatning Sho&#8217;rchi, Sariosiyo, uzun, Oltinsoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,75 ming kilometr kvadrat. Aholisi 253,7 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/denov-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25393","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25393","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25393"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25393\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25400,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25393\/revisions\/25400"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25393"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25393"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25393"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}