{"id":25414,"date":"2022-04-20T15:06:49","date_gmt":"2022-04-20T12:06:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25414"},"modified":"2022-04-20T15:06:50","modified_gmt":"2022-04-20T12:06:50","slug":"depressiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/depressiya\/","title":{"rendered":"DEPRESSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DEPRESSIYA (lotincha depressio \u2014 bosilish, susayish) (iqtisodiyotda) \u2014 iqtisodiy tanglik natijasida va undan keyin boshlanadigan turg&#8217;unlik davri. Bu davrda ishlab chiqarish o&#8217;smaydi, iqtisodiy jonlanish yuz bermaydi, isheizlar soni ko&#8217;payadi, narxlar bir me&#8217;yorga kelgan bo&#8217;lsa ham tovar va xizmatlarga talab past bo&#8217;ladi. Tovar zaxiralari ko&#8217;paymaydi, uning ma&#8217;lum qismi arzon bahoda sotiladi. Arzon sotilgan mahsulotlar o&#8217;rnini qoplash uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, ish haqini pasaytirishga, mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko&#8217;riladi. Tanglikdan keyingi Depressiya iqtisodiy tanglik yakuniy bosqichga o&#8217;tganligini va iqtisodiyotda jonlanishni, so&#8217;ngra yuksalishni kutish mumkinligidan darak beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>DEPRESSIYA (tibbiyotda) \u2014 o&#8217;ziga ishonmaslik ruhidagi g&#8217;amginlik, tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, tasavvurlarning bir &#8220;qolip&#8221;ga tushib qolishi, xohish-istakning kamayishi, harakatlarning chegaralanishi. Ko&#8217;pgina ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Surunkali o&#8217;ta toliqish, ruhiy ozor yetkazadigan sharoit (holdan toyish Depressiyasi), g&#8217;am-g&#8217;ussa (reaktiv Depressiya) Depressiyaga sabab bo&#8217;lishi mumkin. Depressiya alomatlari turlicha namoyon bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zi turlarida fikrlash, savollarga javob qaytarish, ba&#8217;zan hatto harakat qilish qiyinlashadi. Bemor g&#8217;amgin ko&#8217;rinadi, ayni vaqtda ishtahadan qolib, ozib ketadi, yurak urishi va qon bosimi o&#8217;zgaradi, boshi og&#8217;riydi, qabziyat bo&#8217;ladi, terisi qurishib qoladi yoki ter bosadi; ayollar hayz ko&#8217;rmaydi; uyqusi buziladi; ish qobiliyati pasayadi. Depressiyaning ba&#8217;zi turlarida bemor o&#8217;zini irodasizlikda ayblaydi, kasallikka, azob-uqubatlarga duchor bo&#8217;ldim deb o&#8217;ylaydi, oilasi uchun keraksiz kishi, gunohkor deb hisoblaydi va hokazolar. Depressiya holati moddalar almashinuvining buzilishi va endokrin kasalliklar bilan birga kechadi. Depressiya bo&#8217;lgan kishi o&#8217;zini o&#8217;zi o&#8217;ldirishga urinishi mumkin, shuning uchun bemorga ko&#8217;zquloq bo&#8217;lib turish kerak. Davo kasallik alomatlariga qarab buyuriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEPRESSIYA (lotincha depressio \u2014 bosilish, susayish) (iqtisodiyotda) \u2014 iqtisodiy tanglik natijasida va undan keyin boshlanadigan turg&#8217;unlik davri. Bu davrda ishlab chiqarish o&#8217;smaydi, iqtisodiy jonlanish yuz bermaydi, isheizlar soni ko&#8217;payadi, narxlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/depressiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25414","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25414","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25414"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25414\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25415,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25414\/revisions\/25415"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25414"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25414"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25414"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}