{"id":25432,"date":"2022-04-20T15:37:24","date_gmt":"2022-04-20T12:37:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25432"},"modified":"2022-04-20T15:37:25","modified_gmt":"2022-04-20T12:37:25","slug":"dermatitlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dermatitlar\/","title":{"rendered":"DERMATITLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>DERMATITLAR \u2014 terining yallig&#8217;lanishi. Tashqi muhit ta&#8217;sirotlari: terining ishqalanib shilinishi, ezilishi, kuyishi, sovuq urishi, unga nur (rentgen, radioaktiv va quyosh nurlari), turli dorilar (sulfanilamidlar, antibiotiklar) va kimyoviy moddalar ta&#8217;sir etishi, bit, burga, kandala, chivin, kana chaqishi, shuningdek, ba&#8217;zi o&#8217;tlar (masalan, qichitqi o&#8217;t) Dermatitlarga sabab bo&#8217;ladi. Shartsiz ta&#8217;sirotlar (masalan, qaynagan suv) tufayli ro&#8217;y bergan Dermatitlarda yallig&#8217;lanish ta&#8217;sirot tekkan joyning o&#8217;zida birdaniga vujudga keladi. Uning bu turi kontakt Dermatitlar deyiladi. U ham o&#8217;z navbatida oddiy yoki sun&#8217;iy xillarga ajratiladi. Shartli, qitiqlovchi omillar ta&#8217;sirida paydo bo&#8217;lgan Dermatitlar faqat shu omillarga nisbatan, sezuvchanligi yuqori bo&#8217;lgan organizmda kuzatiladi va u allergik Dermatitlar deb ataladi. Belgilari: teri qizarib, shishadi, qichishadi, achishadi va qiziydi. Yallig&#8217;langan joyda katta-kichik pufakchalar ko&#8217;zga tashlanadi, ular yorilib, ichidan suyuklik chiqadi. Yallig&#8217;lanish ko&#8217;pincha yuza bo&#8217;ladi. Dermatitlarni qo&#8217;zg&#8217;atadigan omil uzoq ta&#8217;sir etea, terining ostki qavatlari ham yallig&#8217;lanib, yara bo&#8217;lishi mumkin. Namlanib turgan joylar asta-sekin quriydi, qoraqo&#8217;tir bo&#8217;ladi yoki kulrang tangachalar bilan qoplanadi, ular ham tezda tushib, o&#8217;rnida dog&#8217; qoladi va keyinchalik yo&#8217;qolib ketadi. Terining sezuvchanligi hammada har xil; bir kishining terisiga hech qanday ta&#8217;sir etmagan omil (masalan, tuxum, baliq, qazi, qulupnay yeganda) ikkinchi kishida Dermatitlar paydo qilishi mumkin. Dermatitlarning oldini olish uchun uy-joy va korxonalarni ozoda saqlash, shaxsiy gigienaga rioya qilish, korjoma, rezina qo&#8217;lqop kiyish, yuzga oftobdan saqlaydigan surtma yoki krem surtish kerak. Davo asosan Dermatitlarning xiliga va belgilariga qarab tayinlanadi. Hayvonlarda oddiy so&#8217;galli, vezikulyoz yoki pufakchali va gangrenali Dermatitlar uchraydi. Ba&#8217;zi ozuqalar (tarkibida solonin ko&#8217;p bo&#8217;lgan kartoshka bardasi, chiqindilari va boshqalar) toshmaga, ekzantemaga sabab bo&#8217;ladi. Dorivor moddalarni teriga surtganda, ichirilganda ham Dermatitlar rivojlanishi mumkin. Ko&#8217;pgina Dermatitlar biologik preparatlar \u2014 tuberkulin, mallein, saramas, kuydirgi antigenlari, zamburug&#8217;lar (dermatomikozlar), ektoparazitozlar (qo&#8217;tir, mallofagoz, gematopinidoz va boshqalar), endoparazitozlar (gipodermatoz, demodenoz va boshqalar) ta&#8217;sirida paydo bo&#8217;ladi. Qon zardobi, qichitqi o&#8217;t (krapiva) allergik Dermatitlar keltirib chiqarishi mumkin. Hayvonlar jarohatlanganda kelib chiqadigan Dermatitlarda jun qatlami qisman yoki to&#8217;liq tushib ketadi, teri qizaradi, shishadi, katta-kichik pufakchalar hosil bo&#8217;ladi. Keyinchalik yorilib, suyuklik chiqadi. Yallig&#8217;lanish kuchliroq bo&#8217;lsa, terining ostki qavatlari ham kasallanib, yara bo&#8217;lishi mumkin. Yara yuzasi asta-sekin quriydi, qoraqo&#8217;tir bo&#8217;lib, keyinchalik yo&#8217;qoladi. So&#8217;galli Dermatitlar ko&#8217;pincha otlarda uchraydi. Shikastlangan joy qalinlashadi, o&#8217;simta hosil bo&#8217;ladi, yoriladi, qo&#8217;lansa hidli suyuqlik ajratadi. Vezikulyozd. ko&#8217;pincha qoramol va otlarda uchraydi. Qoramollarda Dermatitlar uzoq vaqt barda bilan boqish natijasida kelib chiqadi. Gangrenoz Dermatitlarda teri kizaradi, shishadi, junlari to&#8217;kiladi, qichima va pufakchalar paydo bo&#8217;ladi, ba&#8217;zan teri va teri osti to&#8217;qimalari yaralanadi. Davolash: o&#8217;tkir Dermatitlarda kasallik sabablarini aniqlab, qotiruvchi preparatlar qo&#8217;llaniladi. Primochka yoki brilliant yashili, malaxit yashili, metilen ko&#8217;ki, pioktaninning spirtdagi eritmasi surtiladi. Vishnevskiy mazi, sintomisin emulsiyasi va boshqalar bilan himoya bog&#8217;lami (povyazka) qo&#8217;yiladi. Ad: Arifov S, Eshboev E., Teri va tanosil kasalliklari, T., 1997. Saidqosim Arifov, Ahror Ro&#8217;zimurodov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DERMATITLAR \u2014 terining yallig&#8217;lanishi. Tashqi muhit ta&#8217;sirotlari: terining ishqalanib shilinishi, ezilishi, kuyishi, sovuq urishi, unga nur (rentgen, radioaktiv va quyosh nurlari), turli dorilar (sulfanilamidlar, antibiotiklar) va kimyoviy moddalar ta&#8217;sir etishi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dermatitlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25432","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25432","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25432"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25432\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25440,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25432\/revisions\/25440"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25432"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25432"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25432"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}