{"id":25490,"date":"2022-04-20T19:07:59","date_gmt":"2022-04-20T16:07:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25490"},"modified":"2022-04-20T19:08:01","modified_gmt":"2022-04-20T16:08:01","slug":"defektologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/defektologiya\/","title":{"rendered":"DEFEKTOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DEFEKTOLOGIYA (lotincha defectus -nuqson va &#8230;logiya) \u2014 jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini o&#8217;rganish, ularga maxsus ta&#8217;lim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni yo&#8217;qota borish qonuniyatlarini o&#8217;rganuvchi fan. Ko&#8217;r va ko&#8217;zi ojiz, kar va qulog&#8217;i og&#8217;ir, aqli zaif, tayanch-harakat apparatida nuqsoni bor, nutq kamchiligiga ega bo&#8217;lgan bolalar Defektologiya fani ob&#8217;yektidir. Shunga ko&#8217;ra Defektologiya 4 alohida sohaga bo&#8217;linadi: surdopedagogika (kar va qulog&#8217;i og&#8217;ir bolalarni o&#8217;qitish, tarbiyalash usullarini o&#8217;rganadi), tiflopedagogika (ko&#8217;r va ko&#8217;zi ojiz bolalarni o&#8217;qitish va tarbiyalash masalalarini tadqiq etadi), oligofrenopedagogika (aqli zaif bolalarni o&#8217;qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini ishlab chiqadi), logopediya (nutq kamchiliklari bo&#8217;lgan bolalarni o&#8217;qitish hamda tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti bilan shug&#8217;ullanadi). Dastlab surdopedagogika va tiflopedagogika paydo bo&#8217;lgan (1770 yil karlar uchun Ispaniyada, 1784 yil ko&#8217;rlar uchun Parijda maxsus muassasa ochilgan). Keyinchalik logopediya va oligofrenopedagogikaga asos solingan. Nuqsonli va psixofizik kamchiligi bor bolalarning ruhiy qonuniyatlarini o&#8217;rganuvchi maxsus psixologiya, shuningdek, ta&#8217;lim-tarbiya berish, nuqsonlarni tuzatish, tiklash vositalarini ishlab chiquvchi surdotexnika va tiflotexnika ham Defektologiyaga kiradi. Defektologiya anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, nevrologiya, nevropatologiya, eshitish, ko&#8217;rish va nutq Patologiyasi, maktab gigienasi, umumiy va pedagogic psixologiya, pedagogika, tilshunoslik, bolalar psixologiyasi va boshqa fanlar bilan uzviy bog&#8217;langan. Defektologiyaning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni aniqlash, tashhis usullarini ishlab chiqish, ular uchun maxsus va mujassamlashtirilgan ta&#8217;lim-tarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yo&#8217;qotish vositalarini izlab topish, amalda qo&#8217;llash, ularni hayotga tayyorlash, ijtimoiy foydali insonlar qilib yetishtirishdan iborat. O&#8217;lkamizning buyuk alloma, shoir va mutafakkirlari, xususan Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Amir Temur va boshqalar Defektologiyani izchil va atroflicha muayyan yo&#8217;nalishda o&#8217;rganmagan bo&#8217;lsalar ham, o&#8217;z asarlarida defektologik holatlarning aks etishi, namoyon bo&#8217;lishi, rivojlanishi, o&#8217;zgarishlari to&#8217;g&#8217;risida qimmatli fikrlar bildirishgan. O&#8217;zbekistonda Defektologiyaning ilmiy-nazariy, metodik va amaliy tadqiqotlari bilan G. Sh. Aytmetova, E. D. Gordienko, L. R. Mo&#8217;minova, R. Shomaxmudova, G&#8217;. Shoumarov va boshqalar shug\u2019ullangan. Jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni jamiyatga foydali kishilar qilib tarbiyalash uchun O&#8217;zbekistonda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari, maxsus maktablar, maxsus internat maktablar mavjud. Toshkent pedagogika universitetinnng pedagogika va Defektologiya fakultetida maxsus maktab va muassasalar uchun defektolog kadrlar tayyorlanadi (1967 yildan). Lola Mo&#8217;minova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEFEKTOLOGIYA (lotincha defectus -nuqson va &#8230;logiya) \u2014 jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini o&#8217;rganish, ularga maxsus ta&#8217;lim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni yo&#8217;qota borish qonuniyatlarini o&#8217;rganuvchi fan. Ko&#8217;r va ko&#8217;zi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/defektologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25490","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25490","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25490"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25490\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25497,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25490\/revisions\/25497"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25490"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25490"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25490"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}