{"id":25491,"date":"2022-04-20T19:08:47","date_gmt":"2022-04-20T16:08:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25491"},"modified":"2022-04-20T19:08:49","modified_gmt":"2022-04-20T16:08:49","slug":"defektoskopiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/defektoskopiya\/","title":{"rendered":"DEFEKTOSKOPIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DEFEKTOSKOPIYA (lotincha defectus -nuqson va Yunoncha skopeo \u2014 qarash) \u2014 material va mahsulotlarning nuqsonlari bor-yo&#8217;qligini aniqlash uchun bajariladigan tekshirish usullari va vositalari majmui. Defektoskopiyaning mavjud usullari asosida materiallarga turli xil nurlar, to&#8217;lqin va tebranishlar maydoni va boshqalar ta&#8217;sir etib, ularning fizik xossalarini tekshirish yotadi. Oddiy ko&#8217;z yoki optik asbob (masalan, lupa) bilan tekshirish Defektoskopiyaning eng oddiy usuli hisoblanadi. Nuqsonlarni aniqlash uchun fan va texnikaning boshqa sohalarida ham ishlatiladigan xilma-xil moslama va apparatlar (oddiy o&#8217;lchash asbobidan tortib rentgen qurilmalari va boshqa murakkab apparatlargacha) qo&#8217;llaniladi. Defektoskopiya yordamida mahsulotning ishga yaroqli yoki yaroqsizligi korxonalardayoq tez aniqlanadi. Defektoskopiyada mahsulotning sifatiga puturetmaydi. Defektoskopiyaning xillari: kapillyar, magnit, termoelektr, radio, infraqizil, elektrostatik Defektoskopiya, ultratovush, rentgen nuri, gamma-nur bilan o&#8217;tkaziladigan Defektoskopiya va boshqalar. Kapillyar Defektoskopiya nuqsoni bor uchastkaning nuqsoni yo&#8217;q uchastkaga nisbatan yorug&#8217;lik va rang kontrastini sun&#8217;iy ravishda oshirishga asoslangan. Magnit Defektoskopiya ferromagnit materiallardan tayyorlangan buyumlardagi nuqsonlar orqali o&#8217;tadigan magnit maydonning o&#8217;zgarishini tekshirishga asoslangan. Bunda buyumning nuqsonli qismiga magnit kukuni (5-10 mkm li zarra) sepilib, buyum magnitlanganda kukunlar nuqson bor joyga o&#8217;tiradi. Ultratovush Defektoskopiya ultratovush chastota diapazonining elastik tebranishlaridan foydalanishga asoslangan. Akssado usuli, soya, rezonans, akustik va boshqa usullari bor. Akssado usuli eng keng tarqalgan usul bo&#8217;lib, bunda buyumga ultratovush tebranishlarining qisqa impulslari beriladi; nuqsondan qaytgan akssadolarning intensivligi va vaqti qayd qilinadi. Termoelektrik Defektoskopiya turli jinslardan yasalgan ikki materialning tegishgan joyini qizdirganda berk zanjirda hosil bo&#8217;luvchi e. yu. k.ning o&#8217;zgarishiga asoslangan. Bu usulda material markasi aniqlanadi. Radio Defektoskopiya santimetr va millimeter dia-pazonlardagi radioto&#8217;lqinlarning materiallarga singuvchanlik xossalariga asoslangan. Bu usul bilan po&#8217;lat listlar, chiviqlardagi nuqsonlar, ularning diametri va qalinligi aniqlanadi. Infraqizil Defektoskopiya ko&#8217;rinadigan yorug&#8217;lik uchun noshaffof bo&#8217;lgan qo&#8217;shilmalarni sezish uchun infraqizil nurlardan foydalanishga asoslangan. Bu usul bilan ish jarayonida qiziydigan buyumlar tekshiriladi. Ultrabinafsha Defektoskopiya usulidan ham foydalanish mumkin. Elektrostatik Defektoskopiya buyumga joylashtiriladigan elektrostatik maydondan foydalanishga asoslangan. Elektr o&#8217;tkazmaydigan materiallar (chinni, shisha, plastmassa) dan, shuningdek, shunday materiallar qoplangan materiallardan yasalgan buyumlardagi yuzaki darzlar aniqlanadi. Bunda buyum sirtiga yupqa bo&#8217;r qatlami sepiladi va uning zarralari musbat zaryad oladi. Bo&#8217;r zarralari elektrostatik maydonining bir jinslimasligi natijasida darz qirralarida to&#8217;planadi. Rentgen Defektoskopiya rentgen nurlarining materiallarda turlicha yutilishiga asoslangan. Uning fotografik, vizual, kserografik, ion usullari bor. Gamma Defektoskopiya rentgen Defektoskopiyadagi fizikaviy asosga ega bo&#8217;lib, bunda turli metallar (kobalt, iridiy va boshqalar) ning radioaktiv izotoplari chiqaradigan gamma-nurlarning nurlanishidan foydalaniladi. Defektoskopiyaning ko&#8217;plab ishlatiladigan sohalari: 1) mahsulot materialining mikrostrukturasi yoki kimyoviy tarkibidagi nuqsonlarni tekshirish (yoki strukturoskopiya); 2) ko&#8217;rinmaydigan darzlarni, quyma ichidagi g&#8217;ovaklarni, payvand choklar ichidagi nuqsonlar (bo&#8217;shliq, keraksiz jinslar va hokazolar) ni aniqlash; 3) bevosita o&#8217;lchab bo&#8217;lmaydigan yoki o&#8217;lchash qiyin bo&#8217;lgan o&#8217;lchamlarning berilgan geometrik o&#8217;lchamlardan farqini aniqlash; mahsulotning himoya qoplamlari (lok, sir, har xil metall qoplamalar) qalinligini nazorat qilish, ishlov berilgan yuza tozaligini tekshirish va boshqalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEFEKTOSKOPIYA (lotincha defectus -nuqson va Yunoncha skopeo \u2014 qarash) \u2014 material va mahsulotlarning nuqsonlari bor-yo&#8217;qligini aniqlash uchun bajariladigan tekshirish usullari va vositalari majmui. Defektoskopiyaning mavjud usullari asosida materiallarga turli xil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/defektoskopiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25491","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25491","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25491"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25491\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25499,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25491\/revisions\/25499"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25491"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25491"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25491"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}