{"id":25512,"date":"2022-04-20T19:49:02","date_gmt":"2022-04-20T16:49:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25512"},"modified":"2022-04-20T19:49:03","modified_gmt":"2022-04-20T16:49:03","slug":"dehqonobod-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dehqonobod-tumani\/","title":{"rendered":"DEHQONOBOD TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>DEHQONOBOD TUMANI &#8211; Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda G&#8217;uzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971 yil 31 avgustda qayta tuzildi). Dehqonobod tumani viloyatning Janubi-sharqida joylashgan. Shimoli-g&#8217;arbda G&#8217;uzor tumani, shimoli- Sharqda Qamashi tumani, Janubi-Sharqda Surxondaryo viloyati, g&#8217;arbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 4,0 ming kilometr kvadrat. Aholisi 100,3 ming kishi (2000). Dehqonobod tumanida 1 shaharcha (Dehqonobod), 14 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (besh-qo&#8217;ton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Bosh-Chorboq, Duob, Karashina, Obiravon, Oqirtma, Oqravot, Oqtosh, Oqqishloq, Kizilcha, Qirqquloch, Qo&#8217;rg&#8217;ontosh) bor. Markazi \u2014 Karashina qishlog&#8217;i. Tabiati. Relefi o&#8217;rtacha balandlikdagi tog&#8217;lar (Hisor tizmasining g&#8217;arbiy tarmoqlari \u2014 Bobosurxon, Qorasirt), past tog&#8217;lar (Oqtosh, Sayfi, kesik, Usmontov, Tepaqo&#8217;rg&#8217;on) va tog&#8217;oldi qiya tekisliklaridan iborat. Tumanda neft, gaz, osh tuzi (Boybichakon, Govxona), kaliy tuzi (Odamtosh, Tepaqo&#8217;ton) va qurilish materiallari (ohaktosh, shag&#8217;al, gips) mavjud. Iqlimi kontinental iqlim. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 0,6\u00b0, iyulniki 28,4\u00b0. Yiliga o&#8217;rtacha 277 millimetr yog&#8217;in tushadi. Tuman hududidan G&#8217;uzor daryosining irmoqlari: kata O&#8217;radaryo va kichik O&#8217;radaryo oqib o&#8217;tadi. Tumanning Janubiy-g&#8217;arbiy qismida yozda qurib qoladigan qizilcha va Gajaksoy kabi soylar bor. Pachkamar, Dehqonobod suv omborlari qurilgan. Dehqonobod tumanining tog&#8217;li qismida yupqa tog&#8217;-qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq, tog&#8217; oldi va tekislik qismida och bo&#8217;z tuproq (ba&#8217;zan sho&#8217;rxok va qumoq tuproqlar) uchraydi. Tuman hududida archa, zarang, uchqat o&#8217;sadi. Past tog&#8217; etaklarida pistazorlar bor. Shuvoq, sho&#8217;ra, yantoq, efemerlar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tuman tog&#8217;li qismida qoplon, ayiq, qobon, tog&#8217; echkisi, bo&#8217;ri, tulki, jayra, sug&#8217;ur va boshqalar uchraydi. Kemiruvchilardan kalamush, sichqon, qushlardan kaklik va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 24,4 kishi. Shaharliklar 7,4 ming kishi. Xo&#8217;jaligining asosini chorvachilik va dehqonchilik tashkil qiladi. Ekin maydoni 47,4 ming gektar, ko&#8217;p yillik daraxtzorlar 2,1 ming gektar, yaylovlar 237,4 ming gektar. Yaylovlarda Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari, hisori qo&#8217;ylar, Angor zotli echkilar, qoramol, yilqi boqiladi. Dehqonobod tosh kesish kareri, junni qayta ishlash zavodi, konserva tayyorlash tsexi mavjud. Tuman hududidan katta O&#8217;zbekiston trakti, G&#8217;uzor \u2014 Qumqo&#8217;rg&#8217;on temir yo\u2019l o&#8217;tgan. 2000\/01 o&#8217;quv yilida 88 umumiy ta&#8217;lim maktabi, kasb-hunar kolleji, internat litseyi faoliyat ko&#8217;rsatdi. Tumanda &#8220;Tog&#8217; go&#8217;zali&#8221; ashula va raqs ansambli, &#8220;Ko&#8217;ng&#8217;irot&#8221; folklor etnografik ansambli, 27 kutubxona, 11 qishloq klubi bor. Markaziy kasalxona, 6 qishloq uchastka shifoxonasi, 56 qishloq feldsher-akusherlik shoxobchasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 7 dorixona mavjud bo&#8217;lib, 650 ga yaqin oliy va o&#8217;rta ma&#8217;lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1972 yildan &#8220;Dehqonobod ovozi&#8221; tuman gazetasi chiqadi (adadi 2000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEHQONOBOD TUMANI &#8211; Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda G&#8217;uzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971 yil 31 avgustda qayta tuzildi). Dehqonobod tumani viloyatning Janubi-sharqida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dehqonobod-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25512","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25512","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25512"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25512\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25515,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25512\/revisions\/25515"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25512"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25512"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25512"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}