{"id":25529,"date":"2022-04-21T07:19:35","date_gmt":"2022-04-21T04:19:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25529"},"modified":"2022-04-21T07:19:37","modified_gmt":"2022-04-21T04:19:37","slug":"dobrolyubov-nikolay-aleksandrovich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dobrolyubov-nikolay-aleksandrovich\/","title":{"rendered":"DOBROLYUBOV NIKOLAY ALEKSANDROVICH"},"content":{"rendered":"\n<p>DOBROLYUBOV NIKOLAY ALEKSANDROVICH [1836.24.1(5.2), Nijniy Novgorod &#8211; 1861.17(29).11, Sankt-Peterburg] &#8211; rus adabiyotshunosi, publitsist, Peterburgdagi Bosh pedagogika institutini tamomlagan (1857). 1856 yildan vaqtli matbuotda ilk maqolalari e&#8217;lon qilingan. 1857 yildan &#8220;Sovremennik&#8221; jurnalining rahbarlaridan biri, jurnalning &#8220;hushtak&#8221; (&#8220;svistok&#8221;) hajviy bo&#8217;limi muharriri (1859). Dobrolyubovning asosiy tadqiqotlari, taqrizlari, maqolalari &#8220;Sovremennik&#8221;da chop etilgan. 1860 yil may, 1861 yil iyul oyiga qadar chet ellar (Frantsiya, Italiya) da davolanadi. Dobrolyubov butun umrini inqilobiy yo&#8217;nalishdagi g&#8217;oyani targ&#8217;ib qilishga bag&#8217;ishladi. Asarlarida ham, ijtimoiy faoliyati davomida ham monarxiya tuzumini, krepostnoylik huquqini, aslzodalarga xos bo&#8217;lgan liberalizmni qoraladi va dehqonlar inqilobi g&#8217;oyasini ilgari surdi. U. N. Chernishevskiy bilan 19-asr o&#8217;rtalarida Rossiyadagi inqilobiy harakatning g&#8217;oyaviy rahnamosi bo&#8217;ldi. Dehqonlar sosializmi tarafdori sifatida kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy, sarmoyaga asoslangan tuzumni ayovsiz tanqid ostiga oldi. Dobrolyubov o&#8217;z maqolalarida jamiyat tarixi mehnatkashlar bilan sarmoyadorlar o&#8217;rtasidagi kurash tarixidan iborat, tarixiy taraqqiyotni xalq belgilaydi, shaxsning tarixdagi o&#8217;rnini ham inkor etib bo&#8217;lmaydi, deb hisoblaydi. Aslida, u falsafiy idrok etilgan borliq g&#8217;oyasini qo&#8217;llab-quvvatlaydi, idealizmni, dinni tanqid qiladi. Estetika asoslari to&#8217;g&#8217;risida asarlar yaratgan. Adabiyot va adabiyotshunoslik realistic tamoyillarga suyanishi lozimligini ta&#8217;kidlagan. &#8220;Jaholat saltanati&#8221;, &#8220;Oblomovchilik nima?&#8221;, &#8220;Qachon haqiqiy kun keladi?&#8221;, &#8220;Jaholat saltanati ichra nur&#8221; (1859-60) kabi tadqiqotlarida ruslarning hayotida va adabiyotida yangi shaxs \u2014 arbob, kurashchan qahramon paydo bo&#8217;lishi g&#8217;oyasini ilgari surgan. Hajviy she&#8217;rlarida ijtimoiy ziddiyatlarni, zulm ostida ezilgan xalq hayotini tasvirlaydi, dehqonlar inqilobini quvvatlaydi (&#8220;Olenin tobuti ustidagi o&#8217;ylar&#8221;, &#8220;Rozentalga&#8221; va boshqalar). Dobrolyubov pedagogika masalalari to&#8217;g&#8217;risida ham asarlar yozgan (&#8220;tarbiya jarayonida obro&#8217;-e&#8217;tiborning ahamiyati&#8221;, 1857; &#8220;butun Rossiyaga xos bo&#8217;lgan xom xayollar&#8230;&#8221;, 1858 va boshqalar). As: tanlangan adabiy-tanqidiy maqolalar, T., 1954.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOBROLYUBOV NIKOLAY ALEKSANDROVICH [1836.24.1(5.2), Nijniy Novgorod &#8211; 1861.17(29).11, Sankt-Peterburg] &#8211; rus adabiyotshunosi, publitsist, Peterburgdagi Bosh pedagogika institutini tamomlagan (1857). 1856 yildan vaqtli matbuotda ilk maqolalari e&#8217;lon qilingan. 1857 yildan &#8220;Sovremennik&#8221; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dobrolyubov-nikolay-aleksandrovich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25529","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25529","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25529"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25529\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25533,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25529\/revisions\/25533"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25529"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25529"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25529"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}