{"id":25539,"date":"2022-04-21T08:34:30","date_gmt":"2022-04-21T05:34:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25539"},"modified":"2022-04-21T08:34:31","modified_gmt":"2022-04-21T05:34:31","slug":"diqqat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diqqat\/","title":{"rendered":"DIQQAT"},"content":{"rendered":"\n<p>DIQQAT \u2014 sub&#8217;yekt faoliyatining biror ob&#8217;yekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya po&#8217;stlog&#8217;ining muayyan joylaridagi optimal qo&#8217;zg&#8217;alish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga bo&#8217;linadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy (aktiv) Diqqat Ixtiyorsiz Diqqat biron tashki sabab ta&#8217;sirida kishi xohishidan qat&#8217;i nazar hosil bo&#8217;ladi. Bunday Diqqat odamdan Iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qo&#8217;zg&#8217;atuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; masalan, narsaning chiroyliligi, yorqinligi, o&#8217;tkir hidliligi va boshqa xususiyatlari Diqqatni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy Diqqatda psixik faoliyat oddindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi Iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu Diqqat irodaviy Diqqat deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat vositasida amalga oshiriladi. Diqqatning barqarorlik, ko&#8217;chuvchanlik, bo&#8217;linuvchilik kabi xususiyatlari, ko&#8217;lami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (masalan, kitob o&#8217;qish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb bo&#8217;la olishidan iborat. Bunda harakat ob&#8217;yektlari (masalan, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning o&#8217;zi (masalan, masalani yechish yo&#8217;llari) o&#8217;zgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yo&#8217;nalishi o&#8217;zgarmay saqlanishi lozim. Ko&#8217;chuvchan Diqqat bir faoliyatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb bo&#8217;ladi. Bu xususiyat Diqqatning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning Diqqatni qanchalik qarata olishiga) bog&#8217;liq. Diqqatning bo&#8217;lina olish xususiyati bir vaqtning o&#8217;zida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, ko&#8217;p kasb egalari (masalan, o&#8217;qituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish bo&#8217;lib qolgandan keyin tarkib topadi. Diqqat ko&#8217;lami uning eng qisqa vaqt ichida (go&#8217;yo birdaniga) o&#8217;z doirasiga sig&#8217;dira olishi mumkin bo&#8217;lgan narsalar soni bilan belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat keng yoki tor bo&#8217;lishi mumkin. Odatda, keng ko&#8217;lamli Diqqat yaxshi Diqqat hisoblanadi. Diqqat ko&#8217;lami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bog&#8217;liq. Diqqatning aksi parishonxotirliklar. Bunda odam Diqqatini biror narsaga to&#8217;play olmay, hamma vaqt boshqa narsalarga chalg&#8217;iyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning uchun ahamiyatsiz juda ko&#8217;p qo&#8217;zg&#8217;atuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitga ham qo&#8217;zg&#8217;atuvchining odam uchun ahamiyati bo&#8217;lmaganda ro&#8217;y beradi. Mashq qilish bilan parishonxotirlikka barham berish mumkin. D.ning turlari va xususiyatlari odamning juda yoshlik davridan boshlab rivojlanadi va hayoti davomida o&#8217;zgarib, murakkablashib boradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIQQAT \u2014 sub&#8217;yekt faoliyatining biror ob&#8217;yekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya po&#8217;stlog&#8217;ining muayyan joylaridagi optimal qo&#8217;zg&#8217;alish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diqqat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25539","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25539","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25539"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25539\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25545,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25539\/revisions\/25545"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25539"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25539"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25539"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}