{"id":25673,"date":"2022-04-21T16:56:21","date_gmt":"2022-04-21T13:56:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25673"},"modified":"2022-04-21T16:56:22","modified_gmt":"2022-04-21T13:56:22","slug":"diagnostika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diagnostika\/","title":{"rendered":"DIAGNOSTIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>DIAGNOSTIKA (Yunoncha diagnostikos \u2014 aniqlashga qodir) \u2014 klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini o&#8217;rganadigan bo&#8217;limi. Diagnostika fan sifatida uch asosiy qismga bo&#8217;linadi: 1) bemorning shikoyatlarini yig&#8217;ish va o&#8217;rganish metodikasi, kasallanish va hayot tarixi, shuningdek, diagnostik texnika, ya&#8217;ni bemorni tekshirish usullari; 2) kasalliklarda kuzatiladigan har xil belgilar (simptomlar) haqidagi ta&#8217;limot (semiotika); 3) bemorni tekshirib, olingan ma&#8217;lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan baholab, tashhis qo&#8217;yish uchun vrachning muhokama yuritish metodikasi, ya&#8217;ni tashhis metodikasi. Bemorni tekshirishda, avvalo, uning sezgilari, kasalligi qachon boshlangan va qanday o&#8217;tgani, mehnat va turmush sharoiti yo o&#8217;zidan, yoki yaqin kishilaridan (go&#8217;dak bolani tekshirishda onasidan) so&#8217;rab olinadi, ya&#8217;ni anamnez to&#8217;planadi. Anamnez to&#8217;plash va bemorning kasallik tarixini to&#8217;g&#8217;ri bayon qilib berish tashhis uchun g&#8217;oyat katta ahamiyatga ega. Ob&#8217;yektiv tekshirishda bemor ko&#8217;zdan kechiriladi va palpatsiya, perkussiya, auskultasiya metodlari qo&#8217;llaniladi. Nerv sistemasi va sezgi a&#8217;zolarini tekshirishda reflekslar, sezuvchanlikning har xil turlari, ko&#8217;ruv va eshituv, ta&#8217;m va hid biluv o&#8217;tkirligini aniqlash uchun maxsus usullar tatbiq etiladi. Oliy nerv faoliyatini o&#8217;rganish Diagnostikaning muhim vazifalaridandir. Bundan tashqari, gavda temperaturasi va qismlari o&#8217;lchanadi (termometriya va antropometriya), ichkariroqda joylashgan a&#8217;zolarni tekshirishda har xil ko&#8217;zgular (quloq, burun, hiqildoq, qin ko&#8217;zgulari) va optik asboblar (ko&#8217;zni tekshirishda \u2014 oftalmoskop, qizilo&#8217;ngachni ko&#8217;rishda \u2014 ezofagofibroskop, me&#8217;da-ichak tekshirishda \u2014 gastroduodenofibroskop, kolonoskop va hokazolar) dan foydalaniladi. Yurak va tomir harakatlarini qog&#8217;ozga yoki foto-plyonkaga yozib olish (kardiografiya va sfigmografiya) ning ahamiyati katta. Yurak va miyadagi elektr potentsiallarining o&#8217;zgarishlarini qayd qilish (elektrokardiografiya va elektroentsefalografiya) ayniqsa kimmatli usuldir. 20-asr oxirida ichki a&#8217;zolar kasalliklari Diagnostikasida ultratovush texnikasi, magnit rezonans apparati, kompyuter tomografiya usullari keng qo&#8217;llanila boshladi. Ba&#8217;zi kasalliklarni aniqlashda radioaktiv izotoplar tatbiq etiladi. Bunda nafas olish, qon aylanish, ajratish a&#8217;zolari va endokrin sistemalar holati, shuningdek, moddalar Almashinuvining buzilishi aniqlanadi. Laboratoriyada qon, siydik, axlat, balg&#8217;am, shuningdek, ko&#8217;mik, jigar, taloq, limfa tugunlarini punktsiya qilib olingan materiallar mikroskopik, fizik va kimyoviy tekshirishdan o&#8217;tkaziladi. Kasallikni qo&#8217;zg&#8217;atgan mikroblar va immunitetnk aniklash maqsadida o&#8217;tkaziladigan bakteriologik, immunologik va serologik metodlar Diagnostika uchun katta ahamiyatga ega. Hozirgi radiotelemetrik Diagnostika usuli (biror ko&#8217;rsatkichni masofadan o&#8217;lchash) ishlab chiqilgan. Ayrim hollarda kasallik simptomlari kam, chalkash bo&#8217;lishi yoki tipik bo&#8217;lmasligi mumkin. Bunday hollarda differentsial Diagnostika usuli qo&#8217;llaniladi: vrach bemorda topilgan simptomlarni taxmin qilinayotgan kasalliklarga mos kelish-kelmasligini mukammal tahlil qilib, taxmin qilinayotgan kasalliklarni hisobdan chiqara boradi va shu yo&#8217;l bilan muayyan xulosaga kelgach, kasallikka tashhis qo&#8217;yadi. Funktsional kasalliklar Diagnostikasida tashhis qo&#8217;yishda asosiy va yo&#8217;ldosh kasalliklar hamda asoratlar sabablari aniqlanadi, sistema va a&#8217;zolar faoliyatining buzilish darajasi belgilanadi, tekshirilayotgan bemorning shunday kasallik bilan og&#8217;rigan boshqa bemordan farq qiladigan fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Patologo-anatomik Diagnostikada bemor vafot etganidan keyin uni yorib olingan ma&#8217;lumotlar va to&#8217;qimalar biontatini taxlil qilish asosida tashhis qo&#8217;yiladi. Diagnostikani takomillashtirishda telekommunikasiya, Internet va elektron aloqalardan foydalanish mumkin. Veterinariya Diagnostikasi umumiy va maxsus bo&#8217;ladi. Umumiy Diagnostikada kasal hayvonni ro&#8217;yxatga olinadi, analizlar yig&#8217;iladi, shilliq qavati, limfa tugunlari, yungi, terisi tekshiriladi, harorati o&#8217;lchanadi va hokazolar. Maxsus Diagnostikada esa ichki a&#8217;zolar, qon, siydik, oshqozon va ichakdagi narsalar, orqa miya suyuqlig&#8217;i, go&#8217;ngi va boshqalar tekshiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIAGNOSTIKA (Yunoncha diagnostikos \u2014 aniqlashga qodir) \u2014 klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini o&#8217;rganadigan bo&#8217;limi. Diagnostika fan sifatida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diagnostika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25673","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25673","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25673"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25673\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25675,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25673\/revisions\/25675"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25673"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25673"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25673"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}