{"id":25800,"date":"2022-04-22T14:51:35","date_gmt":"2022-04-22T11:51:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25800"},"modified":"2022-04-22T14:51:38","modified_gmt":"2022-04-22T11:51:38","slug":"dizenteriya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dizenteriya\/","title":{"rendered":"DIZENTERIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DIZENTERIYA (diz&#8230; va Yunoncha enteron \u2014 ichak), ichburug&#8217; \u2014 yo&#8217;g&#8217;on ichakning zararlanishi (bot-bot ich ketishi va qorinning burab og\u2019rishi) va organizmning zaharlanishi (bushashish, holdan toyish, bosh og&#8217;rig&#8217;i, harorat kutarilishi, kungil aynishi, ba&#8217;zan qayt qilish) bilan kechadigan o\u2019tkir infektsion kasallik. Butun yer yuzida uchraydi. Odamlarda uchraydigan Dizenteriya qo&#8217;zg&#8217;atuvchisining turiga qarab, bakterial Dizenteriya bilan amyobiaz farq qilinadi. Bakterial Dizenteriya mikroblari tayoqchasimon bo&#8217;lib, bir necha turi bor; bu turlarni kashf etgan olimlar nomi bilan Grigorev-shiga, Shmits-shtuser, Fleksner, Zonne va hokazo bakteriyalari deb ataladi. Grigorev-shiga bakteriyalari boshqa bakteriyalardan farq qilib, kuchli toksin chiqaradi (bu mikrob qo&#8217;zg&#8217;atgan kasallik og&#8217;irroq o&#8217;tadi). Fleksner va Zonne bakteriyalari qo&#8217;zg&#8217;atgan hollar ko&#8217;proq kuzatiladi (ular qo&#8217;zg&#8217;atgan kasallik yengilroq o&#8217;tadi); Shmits-shtuser bakteriyalari juda kam uchraydi. Dizenteriya bakteriyalari bemor axlati bilan tashqi muhitga chiqadi. Kasallikdan sog&#8217;aygan ba&#8217;zi kishilar ham Dizenteriya bakteriyalarini uzoq vaqt chiqarib turadi. Bemorni parvarish qilayotgan kishilar, shuningdek, bakteriya tashuvchilarning yuvuqsiz qo&#8217;li va pashsha orqali Dizenteriya mikroblari suv, meva, sabzavot, sut va ovqatga o&#8217;tishi mumkin. Ularda Dizenteriya mikroblari bir necha kundan 2-3 oygacha saqlana oladi. Sog&#8217;lom odam Dizenteriya bakteriyalari bilan ifloslangan suv, meva, sabzavot, ovqatni iste&#8217;mol qilganda kasallik yuqadi. Ozodalik qoidalariga rioya qilmaslik (hojatxona, oshxonalarning iflos bo&#8217;lishi, pashshani yo&#8217;qotmaslik, qo&#8217;lni tozalab yuvmaslik va sh. k.) Dizenteriyaning tarqalishiga sabab bo&#8217;ladi. Dizenteriya yil bo&#8217;yi uchrab turadi, ammo issiq faslda (iyun \u2014 oktabr) pashsha ko&#8217;payishi, suv ko&#8217;p ichilishi, meva-sabzavotni yuvmay yeyish natijasida Dizenteriya bilan kasallanish ko&#8217;payadi. Dizenteriyaga hamma moyil, lekin yosh bolalar, keksalar va nimjon kishilarda ko&#8217;proq kuzatiladi. Dizenteriya bakteriyalari yo&#8217;g&#8217;on ichakda ko&#8217;payadi va ayni vaqtda ichakni yallig&#8217;lantirib, butun organizmda moddalar almashinuviga putur yetkazadi. Ularning yo&#8217;g&#8217;on ichakda qosil qiladigan zahari (toksini) ichak shilliq pardasiga o&#8217;ziga xos ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi (yallig&#8217;lantiradi, yara hosil qiladi va hokazolar), butun organizmni zaharlaydi (intoksikatsiya). Kasallik yuqqach, 3-4 kunlik yashirin (inkubatsion) davrdan keyin qorin burab og&#8217;riydi, tez-tez ich ketadi. Avval ich suyuq kelib, keyin qon bilan shilimshiq aralash (yalqug&#8217;) bo&#8217;ladi. Bir kecha-kunduzda 10-15 martagacha hojatxonaga boorish Dizenteriyaga xos belgidir. Bemor temperaturasi kasallikning faqat dastlabki kunlarida salgina ko&#8217;tariladi. Qorin dapqir-dapqir burab og&#8217;riydi, to&#8217;g&#8217;ri ichak tortishibqisqarib og&#8217;ritadi (tenezm), ayni vaqtda tez-tez ich kelishi, soxta &#8220;hojat bo&#8217;lishi&#8221; bemorning axgyulini og&#8217;irlashtiradi. Ich ketishi tufayli ko&#8217;p suyuqlik yo&#8217;qolishi natijasida bemor tez ozadi, ko&#8217;zi kirtayib qoladi, terisi qurishadi, qo&#8217;l-oyog&#8217;i sovqotadi, ishtahasi yo&#8217;qoladi, qattiq chanqaydi. Umumiy ahvoli mushkullashadi. Kasallik asoratsiz o&#8217;tganda 6-7- kuni ich ketishi kamayadi, axlatda yalqug&#8217; yo&#8217;qoladi, qorin og&#8217;rig&#8217;i bosiladi, bemor ishtahaga kiradi. Dizenteriya bir necha kundan (yengil xili) 3-4 haftagacha davom etadi. Kasallik qo&#8217;zishi (qaytalanishi) ham mumkin. Asosan, yosh bolalar bilan keksalarda Dizenteriya og&#8217;ir o&#8217;tadi. Avitaminoz, nimjonlik, o&#8217;ta charchash va sh. k. Dizenteriyaning cho&#8217;zilishiga (surunkali Dizenteriyaga) sabab bo&#8217;ladi. Dizenteriyaning bu xili oylab cho&#8217;ziladi, vaqt-vaqti bilan zo&#8217;riqib turadi. U so&#8217;nggi yillarda kam uchramoqda. Surunkali Dizenteriya bilan og&#8217;rigan bemorlardan tevarak-atrofdagilarga kasallik yuqishi mumkin. Yosh bolalarda Dizenteriya o&#8217;ziga xos o&#8217;tadi: ichakning yallig&#8217;lanishidan ko&#8217;ra umumiy intoksikatsiya yaqqol ko&#8217;zga tashlanadi. Yuqorida aytilgan belgilardan tashqari, axlatni laboratoriyada tekshirish, yo&#8217;g&#8217;on ichak pastki qismining shilliq qavatini ko&#8217;zdan kechirish (kolonofibroskopiya, rektoromanoskopiya) va bakteriologik tekshirish asosida Dizenteriya aniqlanadi. Bemor kasalxonada davolangani ma&#8217;qul. Dizenteriya bilan og&#8217;rib o&#8217;tgan kishida qoladigan immunitet uzoq davom etmaydi. Dizenteriyani davolashda dorilardan tashqari, parhezning ahamiyati bor. Dizenteriyaning oldini olish uchun aholi yashaydigan joylarni toza tutish, oziq-ovqat korxonalari, suv tarmoqlari ustidan sanitariya nazoratini kuchaytirish, pashshani yo&#8217;qotish, shaxsiy gigiena qoidalariga jiddiy rioya qilish, meva-sabzavotni toza suvga obdan yuvib yeyish kerak va hokazolar. Aholini, ayniqsa qishloq joylarida, toza ichimlik suv bilan ta&#8217;minlash nafaqat Dizenteriya, balki barcha o&#8217;tkir ichak kasalliklarining oldini olishda muhim ijtimoiy tadbir hisoblanadi. Bolalarni yoshligidan pokizalikka odatlantirish lozim. Kasallik bemordan atrofidagilarga oson yuqishi, Grigorev-shiga bakteriyalari qo&#8217;zg&#8217;atadigan Dizenteriya og&#8217;ir kechishini e&#8217;tiborga olib, bemorni iloji boricha kasalxonaga yotqizib davolagan ma&#8217;qul. Hayvonlardan qo&#8217;zi va cho&#8217;chqalarda uchraydigan o&#8217;tkir infektsion kasallik. Asosan 3-5 kunlik qo&#8217;zilarda ichakning gemorragik yallig&#8217;lanishi va ich ketishi bilan kuzatiladi. Qo&#8217;ylarda Dizenteriyani Clostridium perfrindens V. turiga mansub spiroxeta qo&#8217;zg&#8217;atadi. Kasallik sog&#8217;lom va kasal hayvonlar birgalikda saqlanganda alimentar yo&#8217;l bilan yuqadi. Dizenteriya qo&#8217;zilatish mavsumi \u2014 bahorda avj oladi. Kasal hayvonlarning qon aralash ichi ketadi, ishtahasi yo&#8217;qolib, ozib qoladi. Kasallikning o&#8217;tkir shaklida qo&#8217;zilar bir necha soat ichida nobud bo&#8217;ladi. Yengilroq kechganda qo&#8217;zi ko&#8217;proq yotadi, emmay qo&#8217;yadi, tana harorati 41\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi. Keskin oriqlagan qo&#8217;zilar nobud bo&#8217;ladi. Qo&#8217;zilarni sifatsiz oziqlantirish, gigiena qoidalariga amal qilmaslik ham kasallikning kelib chiqishiga sabab bo&#8217;ladi. Davolash: gipreimmun zardob, norsulfazol (1%) va boshqa antibiotiklar buyuriladi. Oldini olish: zoogigiena, veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilish, sifatli oziqlantirish, tozalikka rioya qilish, kasallangan hayvonlar 6-10% li xlorli ohak, 5% li kreolin bilan dezinfektsiya qilinadi. Bo&#8217;g&#8217;oz qo&#8217;ylar qo&#8217;zilashidan 20-30 kun ilgari bir marta, 10-20 kun qolganda ikkinchi marta emlanadi. Qo&#8217;zilar tug&#8217;ilishi bilan dastlabki soatlarda Dizenteriyaga qarshi qo&#8217;llaniladigan maxsus zardob yuboriladi (teri ostiga). Ad.: Musaboev I. Q., Dizenteriya, T., 1960; Mahmudov O. S, Bolalarning yuqumli kasalliklari, T., 1995. Shonosir Shovahobov, Ahror Ro&#8217;zimurodov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIZENTERIYA (diz&#8230; va Yunoncha enteron \u2014 ichak), ichburug&#8217; \u2014 yo&#8217;g&#8217;on ichakning zararlanishi (bot-bot ich ketishi va qorinning burab og\u2019rishi) va organizmning zaharlanishi (bushashish, holdan toyish, bosh og&#8217;rig&#8217;i, harorat kutarilishi, kungil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dizenteriya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25800","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25800","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25800"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25800\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25807,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25800\/revisions\/25807"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25800"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25800"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25800"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}