{"id":25801,"date":"2022-04-22T14:52:02","date_gmt":"2022-04-22T11:52:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25801"},"modified":"2022-04-22T14:52:03","modified_gmt":"2022-04-22T11:52:03","slug":"dizenteriya-amyobasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dizenteriya-amyobasi\/","title":{"rendered":"DIZENTERIYA AMYOBASI"},"content":{"rendered":"\n<p>DIZENTERIYA AMYOBASI (Entamoeba histolytica) \u2014 amyobalar turkumiga mansub bir hujayrali parazit hayvon. Rus olimi F. A. Lesh 1875 yil kashf etgan. Ko&#8217;p hollarda amyoba tsistasi odam yo&#8217;g&#8217;on ichagidagi axlatda ko&#8217;payadi, lekin ichak epiteliysiga ziyon yetkazmaydi. Bunday hollarda odam dizenteriya bilan og&#8217;rimasdan amyoba tsistasini tashuvchi hisoblanadi. Bu amyobaning ichak bo&#8217;shlig&#8217;ida yashaydigan shakli bo&#8217;lib, uzunligi 20 mkm ga yetadi. Dizenteriya amyobasining soxta oyoqlari boshqa amyobalarnikiga nisbatan ancha kalta va yo&#8217;g&#8217;on; yadrosi yumaloq; endoplazmasida yutilgan bir necha bakteriya bo&#8217;lishi mumkin. Ichak bo&#8217;shlig&#8217;ida Dizenteriya amyobasi qobiqqa o&#8217;ralib, sharsimon tsistaga aylanadi. Yetilgan tsistaning yadrosi 4 ta; yetilmaganlarida 1-2 yoki 3 ta bo&#8217;ladi. Tsistalar axlat bilan tashqi muhitga chiqadi; u yerdan oziq-ovqat yoki qaynatilmagan suv bilan yana odam ichagiga o&#8217;tadi, rivojlanib metasista (8 ta yosh amyobali) holatini o&#8217;tib, ichak bo&#8217;shlig&#8217;ida yashaydigan shaklini hosil qiladi. Ayrim hollarda ichak bo&#8217;shlig&#8217;idan uning epiteliysi hujayralariga kirib ko&#8217;payib, yara hosil qiladi (amyobiaz). Dizenteriya amyobasining to&#8217;qimada yashaydigan bu shaklining kattaligi 25 mkm ga yetadi; uning tsitoplazmasida hech qanday kiritmalar bo&#8217;lmaydi. Ichak yarasidan chiqadigan shilimshiq, yiring va qon axlat bilan aralashib ketadi. Bunday hollarda ichak bo&#8217;shlig&#8217;idagi yaradan chiqqan amyobalar yiriklashib eritrositlarni yutadigan bo&#8217;lib qoladi, amyobaning eritrofag, ya&#8217;ni katta vegetativ shakli paydo bo&#8217;ladi. Eritrofag axlat bilan tashqi muhitga chiqqanida 15-20 minutdan so&#8217;ng nobud bo&#8217;ladi. Amyobiazning o&#8217;tkir davri susayganda eritrofag kichrayib, ichak bo&#8217;shlig&#8217;ida yashaydigan shaklga, so&#8217;ngra tsistaga aylanadi. Tsistali axlat kasallik yuqadigan manba hisoblanadi. Tsistalar suvda va nam tuproqda bir oy va undan ko&#8217;proq tirik qoladi. Dizenteriya amyobasi bilan zararlangan odam ichagidan bir kecha-kunduzda tashqi muhitga 300 million, ba&#8217;zi 600 milliongacha tsista chiqishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIZENTERIYA AMYOBASI (Entamoeba histolytica) \u2014 amyobalar turkumiga mansub bir hujayrali parazit hayvon. Rus olimi F. A. Lesh 1875 yil kashf etgan. Ko&#8217;p hollarda amyoba tsistasi odam yo&#8217;g&#8217;on ichagidagi axlatda ko&#8217;payadi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dizenteriya-amyobasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25801","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25801","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25801"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25801\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25808,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25801\/revisions\/25808"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25801"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25801"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25801"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}