{"id":25852,"date":"2022-04-22T15:28:16","date_gmt":"2022-04-22T12:28:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25852"},"modified":"2022-04-22T15:28:17","modified_gmt":"2022-04-22T12:28:17","slug":"dilshod-otin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dilshod-otin\/","title":{"rendered":"DILSHOD OTIN"},"content":{"rendered":"\n<p>DILSHOD OTIN, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so&#8217;fi qizi), (1800, O&#8217;ratepa \u2014 1905\/06, Qo&#8217;qon) \u2014 shoira, ma&#8217;rifatparvar. Otasidan savod o&#8217;rgangan. Maktabdorlik qilgan \u2014 xotin-qizlarga xat-savod o&#8217;rgatgan. Anbar Otin Dilshod otinning iqtidorli talabalaridan bo&#8217;lgan. Dilshod otin g&#8217;azal, muxammas, masaddas, chiston va boshqalar bilan birga xotiranomalar ham yaratgan. Uning 91 ta O&#8217;zbekcha va 51 ta tojikcha she&#8217;ri, &#8220;tarixi muhojiron&#8221; (&#8220;muhojirlar tarixi&#8221;) badiiy-tarixiy asarining O&#8217;zbekcha va tojikcha 3 qo&#8217;lyozma nusxasi (&#8220;Tazkirai Barno&#8221;, &#8220;sabot ul-Bashar maa tarixi muhojiron&#8221; \u2014 &#8220;inson matonati va muhojirlar tarixi&#8221;, &#8220;Muntaxab alash&#8217;ori Barno&#8221; \u2014 &#8220;Barnoning tanlangan she&#8217;rlari&#8221;) bizgacha yetib kelgan. Bularda o&#8217;zaro urushlar, xalqning turmush sharoiti va boshqa ijtimoiy-siyosiy voqealar o&#8217;z ifodasini topgan. Turkistonni chor Rossiyasi bosib olishiga bo&#8217;lgan munosabatda shoira zamondoshlaridan ilgarilab, bu hodisaning barcha oqibatlarini to&#8217;g&#8217;ri tushungan. Shu jihatdan Dilshod otin she&#8217;riyati xalqtaqdirining badiiy yilnomasi darajasiga ko&#8217;tarildi. Shu bilan birga shoira Baxtiyor zamon, yaxshi kunlar kelishiga ishondi (&#8220;bu jabru zulmat albat muvaqqat&#8230;&#8221;, &#8220;Farg&#8217;ona&#8221; va boshqalar), turkistonliklarni do&#8217;st-inoq yashashga undadi (&#8220;Xaloyiq, borsangiz&#8230;&#8221;, &#8220;Tarixi muxosara&#8221; va boshqalar). Dilshod otin lirikasida muhabbat va sadoqat mavzui, Vatan va inson ozodligi masalasi uyg&#8217;unlashib ketgan (&#8220;sochim sunbul deyurlar&#8230;&#8221;, &#8220;Falakda suzuvchi oy&#8230;&#8221;va boshqalar). Dilshod otinning &#8220;tarixi muhojiron&#8221; asarida 19-asr Qo&#8217;qon xonligidagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni ma&#8217;rifatli, erkin, jamiyatning teng huquqli a&#8217;zolari bo&#8217;lishga chorlagan. Shuningdek, asarda O&#8217;ratepa va Qo&#8217;qonda yashagan 30 dan ortiq shoir va shoiralar ijodi haqida ma&#8217;lumot keltirilgan. Dilshod otin asarlari qo&#8217;lyozmasi O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. \u2116 1207). Asarlari o&#8217;zbek va tojik tillarida nashr qilintan. As: tanlangan asarlar, T., 1972; Zebunniso, Dilshod va Anbar otin she&#8217;riyatidan, T., 1981. Ad.: Qodirova M., Dilshod, T., 1971. Begali Qosimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DILSHOD OTIN, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so&#8217;fi qizi), (1800, O&#8217;ratepa \u2014 1905\/06, Qo&#8217;qon) \u2014 shoira, ma&#8217;rifatparvar. Otasidan savod o&#8217;rgangan. Maktabdorlik qilgan \u2014 xotin-qizlarga xat-savod o&#8217;rgatgan. Anbar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dilshod-otin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25852","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25852","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25852"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25852\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25858,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25852\/revisions\/25858"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25852"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25852"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25852"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}