{"id":25906,"date":"2022-04-23T08:35:33","date_gmt":"2022-04-23T05:35:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25906"},"modified":"2022-04-23T08:35:34","modified_gmt":"2022-04-23T05:35:34","slug":"diniy-musiqa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diniy-musiqa\/","title":{"rendered":"DINIY MUSIQA"},"content":{"rendered":"\n<p>DINIY MUSIQA &#8211; musiqa turi; diniy mazmundagi matn (she&#8217;r)lar asosida yaratilgan, shuningdek, diniy marosim va bayramlarda maxsus ijro etiladigan vokal yoki vokal-cholg&#8217;u musiqa jyanmaridan iborat. Ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida insonning mifologik va diniy dunyoqarashlari bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan badiiy estetik faoliyati mahsuli \u2014 ijodiyot shakllari, jumladan musiqiy folklor namunalari vujudga kelgan. Sinkretik ko&#8217;rinishdagi tabobat, jodu aytimlari, marosim, mehnat, o&#8217;yin qo&#8217;shiqlari va boshqalar ma&#8217;lum ma&#8217;noda diniy mazmunga ega bo&#8217;lgan. Qadimgi davlatlar va jahon dinlari (buddizm, xristianlik, Islom) shakllanishi natijasida Diniy musiqa kasbiy musiqa darajasiga ko&#8217;tarildi. Keyinchalik, gumanizm g&#8217;oyalari ta&#8217;siri ostida ko&#8217;pgina Diniy musiqa janrlari dunyoviy mazmunga va sahnaviy-kontsert shakliga ega bo&#8217;ldi. Buddizm Diniy musiqasi muqaddas kitoblar \u2014 &#8220;Bxagavadgita&#8221;, &#8220;Rigveda&#8221;, &#8220;Samaveda&#8221;, &#8220;Atxarvaveda&#8221;, &#8220;Yajurveda&#8221; va boshqalarning madhiyalari yakkaxon yoki bir necha qo&#8217;shiqchi va cholg&#8217;u asboblari jo&#8217;rligida sanskrit tilida ijro etiladi. Hindiston, Xitoy, Yaponiya va Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlarida buddizm Diniy musiqasi negizida shakllangan mumtoz musiqa janrlari (masalan, hind ragalari, yapon gagaku va No musiqali teatrlari) keng tarqalgan. Xristianlikning turli tarmoqlari musiqasi bir-biridan shakl, ohang, tuzilishi va ijrochilik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Masalan, katolik cherkov musiqasi Grigorian xoraliga (7-8-asrlarda shakllangan) asoslanib, lotin tilida yakkaxon, organ cholg&#8217;usi yoki ko&#8217;p ovozli xor tomonidan (akapella uslubida) ijro etiladi, lyuteran cherkov musiqasi protestant xoraliga asoslanib, mahalliy tillarda (nemis, frantsuz, ingliz) cherkov xori yoki ibodat qiluvchilarning o&#8217;zlari tomonidan, organ va boshqa musiqa asboblari jo&#8217;rligida ijro etiladi. Protestant va katolik cherkov musiqasining keng tarqalgan shakllari: Psalom, motet, magnifikat, messa, oratoriya, Rekviem, passionlar. Rus pravoslav cherkov musiqasining asosiy turi znamenniy raspev (belgi bo&#8217;yicha kuylash) dastlab bir ovozli, 16-asrdan ko&#8217;p ovozli shaklda qadimgi slavyan tilida cholg&#8217;u jo&#8217;rligisiz ijro etiladi. Markaziy Osiyo xalqlari Diniy musiqasi zamirida Islom davrigacha keng tarqalgan zardushtiylik (miloddan avvalgi 3 \u2014 milodiy 7-asrlar), buddizm (Kushon podsholigi) va shomon-baxshilik (Turk xokrnligi) diniy-estetik qarashlari yotadi. Shomon-baxshilik (&#8220;ko&#8217;ch&#8221;, &#8220;qaytariq&#8221; va boshqalar) va zardushtiylik (&#8220;Avesto&#8221;ning gat \u2014 madhiyalar) ning ko&#8217;pgina unsurlari Islom an&#8217;analari bilan chatishib, hozirgi kungacha mazkur hududda yashayotgan xalqlar an&#8217;anaviy musiqa shakllarida saqlanib qolgan. Islom madaniyatida musiqa san&#8217;atiga munosabat turlicha bo&#8217;lgan. Shu jumladan, Qur&#8217;oni karimda musiqaning ta&#8217;sir kuchi yuksak darajada e&#8217;tirof etilgan bo&#8217;lsada, ayrim suralarda musiqa qat&#8217;iy inkor qilingan (makruh hisoblangan). Musiqaga bo&#8217;lgan ikki xil munosabat asrlar davomida saqlanib qoldi: shariat peshvolaridan bir guruhi (Kalobodiy Buxoriy, Imom G&#8217;azoliy, Ibn al-Arabiy va boshqalar) musiqaning joizligi haqida qator risolalar yozishgan holda, boshqa mutafakkirlar (Imom al-molik, Yassaviy, al-Mas&#8217;udiy Samarqandiy va boshqalar) musiqa (ohanglar)ning emotsional ta&#8217;sir jihatlarini mutlaqo inkor qilishgan. Hozirda Islom madaniyatida keng tarqalgan azon (namozga da&#8217;vat), qiroat (tajvid, tag&#8217;bir, tartil), shuningdek, ibodat, marosim paytida qo&#8217;llaniladigan boshqa aytim yo&#8217;llari (na&#8217;t, jaxr va boshqalar), ijro uslublari asl san&#8217;at shakllaridan musiqiy xususiyatlari (ohang, usul va boshqalar) bilan farqlanadi. Tasavvuf diniy-estetik ta&#8217;limoti Sharq mumtoz musiqasi, ayniqsa, maqom, katta ashula, dastgoh, qavalli, g&#8217;azzali janrlarining shakllanishiga ma&#8217;lum darajada ta&#8217;sir qildi. Yaqin va O&#8217;rta Sharqsa tasavvufning maxsus janri \u2014 zikryaing turlari (zikri jahriy, zikri xufiy, zikri adadiy, zikri dil va boshqalar) hamda qalandariy, Samandar, haqqoniy, xonaqoiy ijrochilik an&#8217;analari, shuningdek, maddohlik, qissaxonlik, g&#8217;azalxonlik (yassaviyxonlik, navoiyxonlik, bedilxonlik, mashrabxonlik) yo&#8217;llari keng tarqalgan. Diniy musiqa mahalliy bastakorlar ijodida (ayniqsa Amir Temur davridan boshlab) katta o&#8217;rin egallagan bo&#8217;lsa, Sho&#8217;rolar davrida batamom taqiqlanadi. Faqat mustaqillik yillaridagina O. Hotamov (A. Yassaviy, Chustiy, Xaziniy Huvaydo she&#8217;rlariga asarlar), O&#8217;. Rasulov (Mashrab, Nozikbibi Xo&#8217;qandi g&#8217;azallariga asarlar va boshqalar) kabi bastakorlar va ayrim kompozitorlar (M. Bafoev &#8220;Hajnoma&#8221;, F. Yanov-Yanovskiy, &#8220;Rekviem&#8221; va boshqalar) liniy mavzularda badiiy yetuk asarlar yaratishdi. Abdumannon Nazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DINIY MUSIQA &#8211; musiqa turi; diniy mazmundagi matn (she&#8217;r)lar asosida yaratilgan, shuningdek, diniy marosim va bayramlarda maxsus ijro etiladigan vokal yoki vokal-cholg&#8217;u musiqa jyanmaridan iborat. Ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida insonning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diniy-musiqa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25906","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25906","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25906"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25906\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25913,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25906\/revisions\/25913"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25906"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25906"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25906"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}