{"id":25915,"date":"2022-04-23T08:37:52","date_gmt":"2022-04-23T05:37:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25915"},"modified":"2022-04-23T08:37:53","modified_gmt":"2022-04-23T05:37:53","slug":"diniy-ekstremizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diniy-ekstremizm\/","title":{"rendered":"DINIY EKSTREMIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>DINIY EKSTREMIZM &#8211; ba&#8217;zi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstremizm ko&#8217;pchilik dinlarda mavjud bo&#8217;lib, uning tarafdorlari o&#8217;z oldiga siyosiy maqsadlarni qo&#8217;yadi. Islom ekstremizmining aqidasiga ko&#8217;ra, birinchidan, go&#8217;yo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari Islomiy tuslarini yo&#8217;qotganlar va &#8220;johiliya&#8221; asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun &#8220;asos&#8221; bo&#8217;lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, go&#8217;yo faqat &#8220;haqiqiy&#8221; musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo bo\u2019lajak &#8220;Islomiy tartib&#8221;ni urnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman o&#8217;rtaga qo&#8217;yilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish ko&#8217;radilar va o&#8217;zlarini islomdan chekingan hokimni ag&#8217;darishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining &#8220;nozik&#8221; tomoni uning &#8220;din&#8221;ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari o&#8217;z qo&#8217;l ostidagi a&#8217;zolarining ongiga shu darajada ta&#8217;sir o&#8217;tkazadilarki, ular hatto o&#8217;zlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yo&#8217;lida &#8220;shahid&#8221; yoki &#8220;kamikadze&#8221; bo&#8217;lishga tayyor turadilar. &#8220;Musulmonbirodarlar&#8221; harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid qutb (1906\u2014 65) hozirgi zamon Islom ekstremizmining g&#8217;oyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning &#8220;nazariya&#8221;siga ko&#8217;ra, o&#8217;zini musulmon deb hisoblovchilarning ko&#8217;pchiligi aslida musulmon emas, va umuman, barcha davlatlar Islomga qarshidirlar. Demak, maqsad \u2014 Islom davlatini barpo qilish va jamiyatni to&#8217;lig&#8217;icha islomlashtirishdir. Xristian dinining ba&#8217;zi sektalariga asoslangan ko&#8217;plab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, &#8220;yahvechilar&#8221;, &#8220;pyatidesyatniklar&#8221;, &#8220;tashabbuskor baptistlar&#8221; umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, go&#8217;yo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning ba&#8217;zi guruhlari esa o&#8217;z tobelarini o&#8217;ta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zo&#8217;rlaydilar, dunyo ne&#8217;matlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga da&#8217;vat etadilar. Diniy ekstremizm yoki ashaddiy aqidaparastlik turli ko&#8217;rinishlarda namoyon bo&#8217;lishi mumkin. Masalan, Olsterdagi &#8220;Ultra&#8221; protestantlar, yaqin va O&#8217;rta Sharqdagi &#8220;musulmon-birodarlar&#8221;, Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo bo&#8217;lgan vahhobiylar va boshqalar. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar. Diniy ekstremizm muayyan ko&#8217;rinishda O&#8217;zbekistonda ham paydo bo&#8217;ldi. Islom ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 yil dekabrda Namangan shahrida bir necha qotilliklar yuz berdi. O&#8217;tish davriga xos iqtisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga ta&#8217;sirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch bilan Farg&#8217;ona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini o&#8217;zlashtirishga harakat qildilar. 1999 yil 16 Fevralda Toshkent shahrida yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitusiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini ko&#8217;rsatdi. Diniy ekstremizmning O&#8217;zbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yo&#8217;qqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, &#8220;soxta&#8221; va &#8220;haqiqiy&#8221; dindorlik belgilari bo&#8217;yicha qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni ko&#8217;zlaydilar. Ular o&#8217;z maqsadlariga erishish uchun jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. O&#8217;zbekistonni G&#8217;arbga &#8220;islomlashtirilgan&#8221;, Sharqqa esa, aksincha, &#8220;dinsiz&#8221;, &#8220;daxriy&#8221; shaklda ko&#8217;rsatib, respublikaning xalqaro obro&#8217;siga putur yetkazish niyatida bo&#8217;ldilar. Ular umuman Islom tsivilizasiyasi bilan noislomiy tsivilizasiyalar o&#8217;rtasida yalpi qarama-qarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham qaytmadilar. 2000 yilning kuzida ekstremistlarning O&#8217;zbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning Afg&#8217;onistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: &#8220;bugun dinimizni asrash kerak, mo&#8217;min-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, o&#8217;zini &#8220;chin musulmon&#8221; deb da&#8217;vo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda &#8220;jihod&#8221; deb og&#8217;iz ko&#8217;pirtirib, din nomidan buzg&#8217;unchilik qilayotgan qonxo&#8217;r va qotillardan asrash kerak&#8221;, \u2014 degan edi. Faqat 2001 yil 11 sentabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSh boshchiligida bu yovuz illatga qarshi keng miqyosda kurashga bel bog&#8217;ladi. Ad.: Karimov I. A., O&#8217;zbekisto XXI asr bo&#8217;sag&#8217;sida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997. Ahadjon Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DINIY EKSTREMIZM &#8211; ba&#8217;zi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstremizm ko&#8217;pchilik dinlarda mavjud bo&#8217;lib, uning tarafdorlari o&#8217;z oldiga siyosiy maqsadlarni qo&#8217;yadi. Islom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/diniy-ekstremizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25915","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25915","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25915"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25915\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25918,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25915\/revisions\/25918"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25915"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25915"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25915"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}