{"id":26145,"date":"2022-04-25T14:34:00","date_gmt":"2022-04-25T11:34:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26145"},"modified":"2022-04-25T15:09:25","modified_gmt":"2022-04-25T12:09:25","slug":"donolar-sozlashish-qoidasi-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/donolar-sozlashish-qoidasi-haqida\/","title":{"rendered":"Donolar so\u2019zlashish qoidasi haqida"},"content":{"rendered":"\n<pre class=\"wp-block-verse\">Ey bo\u2019tam, saqlagin tilingni zinhor,\nKaltak yediruvchi so\u2019zlardan bir bor. Zamaxshariy\n\nOmonlik tilasang agar sen o\u2019zing,\nTilingdan chiqarma yaroqsiz so\u2019zing. Yusuf Xos Hojib\n\nBu til fazli xislatlari ko\u2019p erur,\nSo\u2019kur, qarg\u2019ar, alqar, madh etur.\nAgar bo\u2019lsa shunday bilib so\u2019zla so\u2019z,\nTo bo\u2019lsun so\u2019zing ko\u2019r-basirlarga ko\u2019z. Yusuf Xos Hojib\n\nSo\u2019kib so\u2019zlansa, achchiq tutar ersa til,\nSuyakka urar nish, og\u2019ritar ko\u2019ngil.\nTayoq zarbasining izi tez o\u2019char,\nBu til zarbidin iz qolur necha yil.\nOchiq yuz, shirib so\u2019z bo\u2019lib, bergin mol,\nBu uch narsa uzra senga xalq og\u2019ar.\nSen oltin, kumushga sotib olma mol,\nO\u2019sha uchta narsa doim mol yig\u2019ar. Yusuf Xos Hojib\n\nAgar mangu qolmoq tilasang o\u2019zing,\nJuda ezgu tutgin fe\u2019ling ham so\u2019zing. Yusuf Xos Hojib\n\nBilib so\u2019zla, tilni bilim saqladi. Yusuf Xos Hojib\n\nHamma so\u2019zni so\u2019z deb gapirma uzoq.\nKerak so\u2019zni so\u2019zla, bo\u2019lib ko\u2019z-quloq.\nO\u2019qimishlini ko\u2019rdim, u oz so\u2019zladi,\nTalay so\u2019zladim deb o\u2019kindi biroq. Yusuf Xos Hojib\n\nBilimsiz nima desa, bilmay so\u2019zlaydi,\nAning bu so\u2019zi o\u2019z boshin yeydi. Ahmad Yugnakiy\n\nBilimlik kerakl so\u2019zni so\u2019zlaydi,\nKeraksiz so\u2019zni ko\u2019mib tashlaydi. Ahmad Yugnakiy\n\nAyo do\u2019st, bilishlik yo\u2019lin izlagil,\nAgar so\u2019zlasang bilib so\u2019zlagil. Ahmad Yugnakiy\n\nSo\u2019zlasang oz so\u2019zla, ko\u2019p o\u2019rganishni odat qil. Ahmad Yugnakiy\n\nAylar asr bilgin oning suhbati,\nSenga tegar ikki jahon davlati. Durbek\n\nSo\u2019zlaring totlig\u2019iin komi jon,\nTopti bu kun lazzati jonu jahon.\nTopti qulog\u2019im uning lazzatin,\nTopti dimog\u2019in hidining rohatin. Durbek\n\nAqllining suhbatidin jon olur so\u2019z. Xorazmiy\n\nSo\u2019zda kerak ma\u2019niyu \u2013 ma\u2019nida zavq\nSo\u2019zlaguchida so\u2019z uchun dardu shavq. Haydar Xorazmiy\n\nOrog\u2019a kirsa mahkam imtihon,\nSo\u2019zi ma\u2019nosi bo\u2019lur ul dam ayon. Haydar Xorazmiy\n\nSo\u2019zingdin bilinur og\u2019zing demishlar,\nBo\u2019lur ma\u2019ni bilan hal mushkul ishlar. Xo\u2019jandiy\n\nBir nafas og\u2019zingni keltur so\u2019zga, shirinlik bila,\nKim, kelur so\u2019z so\u2019zlamaklik shahdu shakardin latif. Otoyi\n\nSo\u2019zlarda dur ko\u2019rib la\u2019lingga der tahsinlar husn,\nBu la\u2019lda bor xosiyati obi-hayoti. Otoyi\n\nKimki to\u2019ti bekin chaynar shakkarni,\nKimki lafzi bilan o\u2019rtar darazni.\nKimning so\u2019zlari mavzuni shirin,\nKimining loyiqi tashrifu tahsin. Sayfi Saroiy\n\nTilasangkim anbar tar sochasan,\nEl bilan qilg\u2019in ishorat sochasan.\nShakkar afshon qil chamanda so\u2019z ila,\nInfiol ber to\u2019ti, bulbul sochasan. Lutfiy\n\nHar yamon so\u2019ze bila o\u2019lturma bizni xoru zor,\nRasm erur shohlar vafolik qulni yaxshi asramoq. Lutfiy\n\nMol, amal agarchi jonga yaqinroq,\nSo\u2019z kamoli undan ming bor yaxshiroq.\nBarchasi jahondin yo\u2019qolajakdir,\nDunyo turgunicha so\u2019z qolajakdir. Abdurahmon Jomiy\n\nGarchi so\u2019z jilosin sochar doimo,\nVaqtida jim bo\u2019lish dil \u2013 jonga davo. Abdurahmon Jomiy\n\nChin g\u2019araz so\u2019zdin erur ma\u2019ni anga,\nNoqil o\u2019lsa xoh xotun, xoh er.\nSo\u2019zchi holing boqma, boq so\u2019z holini,\nKo\u2019rma kim der oni, ko\u2019rgilkim ne der. Alisher Navoiy\n\nHusnu jamolsiz kishi shirin kalomi esa,\nSayd aylar elni nukta fasohat bila desa. Alisher Navoiy\n\nShirin tilki achchiqliqqa aylandi om o\u2019ldi,\nQandniki achchiq boda qildilar harom o\u2019ldi. Alisher Navoiy\n\nHar kimki achchiq bo\u2019ldi so\u2019zi, anfosi,\nBor suhbatidin xalqning istig\u2019nosi. Alisher Navoiy\n\nHar kimki chuchuk so\u2019z elga izhor aylar,\nHar nechaki ag\u2019yor durur yor aylar. Alisher Navoiy\n\nHar kimsaki so\u2019z demak shiorida durur,\nMa\u2019no guli nutqning bahorida durur.\nSo\u2019z kim demasun ulki ixtiyorida durur.\nSo\u2019z yaxshilig\u2019i chu ixtisorida duru. Alisher Navoiy\n\nNutqingni xalqqa o\u2019ylakim shahd ayla,\nSo\u2019z achchiq demasga haq bila ahd ayla. Alisher Navoiy\n\nChun sinsa ko\u2019ngul zaxmi zabon og\u2019rig\u2019idin,\nKim, ermas aning og\u2019rig\u2019i jon og\u2019rig\u2019idin.\nHar neki yetar sanga lison og\u2019rig\u2019idin,\nBilgilki, qotig\u2019durur sinon og\u2019rig\u2019idin. Alisher Navoiy\n\nAytur so\u2019zni ayt \u2013 aytmas so\u2019zni qayt. Alisher Navoiy\n\nSo\u2019z qattig\u2019i el ko\u2019nglini ozor aylar,\nYumshog\u2019i ko\u2019ngullarni giriftor aylar. Alisher Navoiy\n\nBir so\u2019z etib shuncha baliyatni daf,\nKim sochibon ganj, yetishmay bu naf. Alisher Navoiy\n\nKimniki bilay desang maqolin tingla,\nAslin desang anchayin, fiolin angla. Alisher Navoiy\n\nSo\u2019z zohir etar zamir ishi ko\u2019pragidin,\nTil muxbir erur ko\u2019ngil nihon etmagidin,\nFahm ayla kishi holini so\u2019z demagidin.\nKim berdi xabar hadisi ko\u2019ngildagidin. Alisher Navoiy\n\nQaysi majlisdakim eshitsang so\u2019z,\nBilgil so\u2019z sanga amonatdur.\nGar ani o\u2019zga yerda naql etsang,\nUl amonatga bul xiyonatdur. Alisher Navoiy\n\nBir deganni ikki demak xo\u2019b emas,\nSo\u2019z chu takror topdi dilkash emas. Alisher Navoiy\n\nSo\u2019zni ko\u2019ngulda pishirmaguncha tilga keltirma,\nVa har nekim, ko\u2019ngulda bor \u2013 tilga surma. Alisher Navoiy\n\nKim oz dedi so\u2019z ayshu kom o\u2019ldi anga,\nSo\u2019z qoidasida intizom o\u2019ldi anga,\nHaddin o\u2019ta har kimki kalom o\u2019ldi anga,\nBu xil kalomdin malol o\u2019ldi anga. Alisher Navoiy\n\nG\u2019iybatchi so\u2019zi qancha senga madad bo\u2019lg\u2019ay,\nYaxshi-yu yomon qoshingda nobud bo\u2019lg\u2019ay. Bobir\n\nDushman so\u2019ziga kirma, eshit do\u2019st so\u2019zin,\nEshitmasa do\u2019st so\u2019zini, dushman ne degay. Bobir\n\nAyt shirin nutq doim, yo\u2019qsa xush gapiruvchi bo\u2019l. Husayniy\n\nBi achchig\u2019 so\u2019z birla jonimni qilibsan talxkom,\nXasta jonimning iloji bir jakkarxand aylag\u2019il. Husayniy\n\nHar so\u2019zi suxanvorning ham durri guhar bo\u2019lsun,\nDaryog\u2019a cho\u2019mar g\u2019avvos, durdona kerak bo\u2019lsa. Sayyodiy\n\nKir bir so\u2019z oshiqona so\u2019zla bori,\nKi sendin bizga qolsin yodgori. Sayyodiy\n\nSo\u2019zni saqlab so\u2019zlagan xo\u2019b bilur so\u2019z qadrini,\nFarqi yo\u2019q ko\u2019p so\u2019zlaganlar na bilur o\u2019z qadrini. Sayyodiy\n\nSo\u2019z gavhari garchiki border aziz,\nFahmi yo\u2019q oldidadur bir qadrsiz. Nishotiy\n\nZoye etma yaxshi so\u2019zni fahmi yo\u2019q befahmga,\nNa bilur shiru shaker lazzatini odammas\u2026\n\nXalq aro ko\u2019p so\u2019zlama, saqlab o\u2019zingni so\u2019zlagil,\nTez og\u2019izlik qilmagil, bil suhandon qadrini. Huvaydo\n\nAgar harchand bo\u2019lsang ahli suxanvor,\nBir aytg\u2019on so\u2019zni ko\u2019p qilma takror. Sobir Sayqaliy\n\nHar so\u2019zda birovga ne shirin nukoti bor,\nBol tomdi og\u2019zidinki tilida naboti bor. Mujrim Obid\n\nQand derlar so\u2019zingni, yo\u2019qsa malomat koni,\nRamzidin gul to\u2019kilur, dur guhari ehsoni. Joniy\n\nShakar yanglig\u2019 jahon ahlig\u2019a shirin komlig\u2019 yetkur,\nHujum etsun desang ustingda andoqkim magas ahbob. Munis Xorazmiy\n\nSangdil johilg\u2019a tong yo\u2019q, so\u2019z agar qilmas asar,\nChunki ta\u2019sir aylamak mumkin emas sandong\u2019a so\u2019z.\nHar xasosat shevag\u2019a so\u2019zingni zoye\u2019 qilmag\u2019il,\nSo\u2019z demak gar istasang de sohibi ehsong\u2019a so\u2019z. Ogahiy\n\nSo\u2019zingg\u2019a ahli dunyo ollida qadr istama hargiz,\nRafiul-qadr ekanni na bilun gov ila har, so\u2019z.\nDevon har sangidilg\u2019a, Ogahiy, sindurmag\u2019il so\u2019zni,\nKi inson obro\u2019yi afsarig\u2019a keldi gavhar so\u2019z. Ogahiy\n\nSo\u2019zig\u2019a boq agar bilmak tilarsan kimsa ahvolin,\nKi asrori nihoni suratig\u2019a keldi mazhar so\u2019z. Ogahiy\n\nBilmagan o\u2019z qadrini ne bilgusi so\u2019z qadrini,\nHayfdur dono demak nodonu beirfong\u2019a so\u2019z.\nAhmoq ahli bilmag\u2019ay so\u2019z ichra o\u2019z behbudini,\nO\u2019zig\u2019a qilg\u2019ay zarar oxir chekib hazayong\u2019a so\u2019z. Ogahiy\n\nQilib so\u2019zni vasila istama olam aro izzat,\nKi, dahr ahli qoshida keldi ma\u2019yubu muhaqqar so\u2019z. Ogahiy\n\nAchchig\u2019 so\u2019zlar demakdin talxkom etma xaloyiqni,\nOchib chehrang chuchuk ayla kaloming bo\u2019lsinchun qaymoq. Rojiy\n\nNecha bejo so\u2019z der ersang, Roqim, ondin g\u2019am yemas,\nBo\u2019yla bema\u2019ni so\u2019z eshitmakka bilsang arzimas,\nHar kishi ahl o\u2019lsa ul bejoy so\u2019z hargiz demas. Roqim\n\nSo\u2019z durin la\u2019li labingdin oqilu donog\u2019a soch. Roqim\n\nKimsa badgo\u2019 yonidin topdi ko\u2019ngul har dam vafot,\nHar so\u2019zidur bir masih shirin zabona ko\u2019z tutay. Uvaysiy\n\nDaryo misoli bo\u2019lsa kishi aslida,\nSo\u2019zlarida jilo berur dilidagi har inju.\n\nSo\u2019zlamasdin oldin so\u2019zingni sina,\nHar bir so\u2019zdur umring ichida sina.\n\nKimki el g\u2019amidadir gapu so\u2019zi,\nAning har so\u2019zi dunyoda ulug\u2019 ganj.\n\nShum ajaldin ham yomonroq jangarini sosi tund,\nTil uchida oshnodur, asli avzosi tund. Anbar Otin\n<\/pre>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Xomush o\u2019ltur Muazzam, suhbati ahli tamiz ichra,\r\nMo\u2019tabar bo\u2019lmag\u2019aysan, el aro behuda ko\u2019p so\u2019zlab. Muazzamxon\r\n\r\nSuhbat elini sayd qilursan nizom ila,\r\nXushfe\u2019l ham fasohati shirin kalom ila. Nodim Namangoniy\r\n\r\nMuhayyir, tilni yig\u2019 so\u2019zdin, xomush o\u2019l,\r\nAgar qilmay desang sahvu xato ko\u2019p.\r\n\r\nXushturur dono qoshida o\u2019lturibxomushlig\u2019,\r\nSo\u2019zlashib johil bila qilguncha nodon birl bahs. Muhayyir\r\n\r\nJahonda kamsuxan kim bo\u2019ldi, asrori nihon bo\u2019ldi,\r\nKimiki so\u2019zladi ko\u2019p, bilki rasvoyi jahon bo\u2019ldi. Zavqiy\r\n\r\nGo\u2019zallik yuzda ermas, ey birodar,\r\nSo\u2019zi shirin kishi har kimga yoqar.\r\n\r\nSo\u2019zing oz bo\u2019lsinu, ma\u2019noli bo\u2019lsun,\r\nEshitganlar qulog\u2019i durga to\u2019lsun.\r\n\r\nHar kishining fikr idrokin so\u2019zi bildirg\u2019usi,\r\nPistai bemag\u2019z labini ochsa rasvo bo\u2019lg\u2019usi. Abdulla Avloniy\r\n\r\nJismi odam bo\u2019lma, bilg\u2019il odamiylik rasmini,\r\nSo\u2019zlamak birla faqat inson qator etmas bo\u2019lmas. Xurshid\r\n\r\nJohil so\u2019zi tarrak kabidur bemaza, lekin,\r\nOzroqqina ilmi ila sapcha xamak avlo. Xurshid\r\n\r\nSuchuk so\u2019z birla ko\u2019rguz chehrani har kim duchor o\u2019lsa,\r\nFarosatlik suxanvor-sohib ehsonlikdan a\u2019lodir. Oraziy\r<\/pre>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ey bo\u2019tam, saqlagin tilingni zinhor, Kaltak yediruvchi so\u2019zlardan bir bor. Zamaxshariy Omonlik tilasang agar sen o\u2019zing, Tilingdan chiqarma yaroqsiz so\u2019zing. Yusuf Xos Hojib Bu til fazli xislatlari ko\u2019p erur, So\u2019kur, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/donolar-sozlashish-qoidasi-haqida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26126,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[119],"tags":[],"class_list":["post-26145","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-hikmatlar-xazinasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26145","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26145"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26145\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26148,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26145\/revisions\/26148"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/26126"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26145"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26145"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26145"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}