{"id":26297,"date":"2022-04-28T08:56:39","date_gmt":"2022-04-28T05:56:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26297"},"modified":"2022-04-28T08:56:40","modified_gmt":"2022-04-28T05:56:40","slug":"egar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/egar\/","title":{"rendered":"EGAR"},"content":{"rendered":"\n<p>EGAR \u2014 1) ot-o\u2019lov (ot, eshak, xachir, bug&#8217;u va boshqalar) ustiga uriladigan va minib o&#8217;tirish hamda yuk tashish uchun moslashtirilgan qulay Abzal. Odamlar hayvonlarni qo&#8217;lga o&#8217;rgatib, minib yuradigan davr (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmi) dan ma&#8217;lum. Egarning kundalik minib yurish, sport, harbiy (safda yurish), mashq yoki poyga uchun mo&#8217;ljallangan turlari farqlanadi. Bundan tashqari, har bir xalq o&#8217;z yashash shartsharoitidan kelib chiqib o&#8217;ziga xos Egar turlarini yaratgan, masalan, o&#8217;zbek, qirg&#8217;iz, qozoq, turkman, rus va boshqalar xalqlar ishlatadigan Egarlar, asosan, tuzilishi va bezagi bilan bir-biridan bir oz farq qiladi, lekin umumiy tuzilishi bir-biriga o&#8217;xshaydi. O&#8217;zbekistonda ham egarchilik qadimdan rivojlangan. Shuning uchun Egarning tuzilishiga xos atamalar paydo bo&#8217;lgan: suyanchiq, o&#8217;rindiq, do&#8217;g&#8217;a, qopqoq, qanot, terlik, ayl, uzangi va uzangibog&#8217;va boshqalar yuk tashishga mo&#8217;ljallangan Egarlarda yukni mahkam bog&#8217;lash moslamalari ham bo&#8217;ladi. Egar pishiq yog&#8217;och (tol, o&#8217;rik, behi, yong&#8217;oq, chinor, archa va boshqalar) dan yasaladi, sadaf, suyak, temir va tasmalar bilan bezatiladi. Otulovni minganda Egar ustiga yumshoq to&#8217;shama (masalan, gilamcha) tashlab olinadi. Egarning o&#8217;rindig&#8217;i taglik va charm qoplangan yostiqdan iborat. Egarning ikki tomoniga osiltirib yopiladigan qismi &#8220;tebengi&#8221; deb ataladi va uzangi bandining oyoqni sidirishidan saqlab turadi. Egar qo&#8217;shimcha moslamalari (ayl, uzangi, uzangibog&#8217;va boshqalar) bilan birga Egar-jabduq deb ataladi. Egar-jabduq bilan shug&#8217;ullanish kasbi egarchilik deb ataladi. Egarchilik hunarmandchilikning qadimiy turlaridan biri. U asosan yirik shaharlarda rivojlangan. Milodiy 5-asrdan boshlab Egar hunar darajasiga ko&#8217;tarilgan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. O&#8217;zbekistonda ham egarchilik qadimiy hunarmandchilik kasbi hisoblanadi. Egarjabduq oddiy kustar usulda maxsus do&#8217;konlarda yasalgan. Ustalar, asosan, tesha, bolta, randa, arra, iskana va boshqalar; asbob-qurollardan foydalanishgan. O&#8217;zbekistonda otulovning ahamiyati hozir ham kattaligi tufayli egarchilik hunarmandchilikning bir sohasi hisoblanadi. Egarchilik bilan O&#8217;zbekistonning barcha viloyatlarida shug&#8217;ullaniladi, lekin Buxoro, Samarqand viloyatlari va Fargona vodiysida kengroq tarqalgan. Ayrim ustalar egarchilikni san&#8217;at darajasiga ko&#8217;targan. Egar ustiga charm qoplash, bezaklariga suyaklar qadash rasm bo&#8217;lgan. Egar ustiga tashlab olinadigan xaltaxurjun charmdan tikilib, mis sim va xalqalar bilan bezatiladi; 2) turli mashinalar (velosiped, motosikl, traktor va boshqalar) ning haydovchi o&#8217;tiradigan joyi (o&#8217;rindiq).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EGAR \u2014 1) ot-o\u2019lov (ot, eshak, xachir, bug&#8217;u va boshqalar) ustiga uriladigan va minib o&#8217;tirish hamda yuk tashish uchun moslashtirilgan qulay Abzal. Odamlar hayvonlarni qo&#8217;lga o&#8217;rgatib, minib yuradigan davr (miloddan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/egar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26297","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26297","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26297"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26297\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26304,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26297\/revisions\/26304"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26297"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26297"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26297"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}