{"id":26338,"date":"2022-04-28T10:56:56","date_gmt":"2022-04-28T07:56:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26338"},"modified":"2022-04-28T10:56:57","modified_gmt":"2022-04-28T07:56:57","slug":"eduard","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eduard\/","title":{"rendered":"EDUARD"},"content":{"rendered":"\n<p>EDUARD \u2014 ingliz qirollari nomi: Eduard I (1239.17.6 1307.7.7) 1272 yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Otasi qirol Genrix III vafotidan so&#8217;ng taxtga chiqqan. Eduard 1 davrida parlamentni muntazam chaqirib turish amaliyoti joriy qilingan, bu Angliyada tabaqaviy-vakillik monarxiyasi shakllanayotganidan darak bergan. Eduard 1 davrida Uels zo&#8217;rlik bilan Angliyaga qo&#8217;shib olingan (1284). Eduard 1 ning Shotlandiyani bosib olish uchun qilgan harakatlari (1286 yildan boshlab) shotland xalqining qattiq qarshiligiga duch kelgan. Eduard 1 Shotlandiyaga navbatdagi yurishi chog&#8217;ida vafot etgan. Eduard III (1312.13.11-1377.21.6) \u2014 1327 yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Dastlabki yillarda barcha hokimiyat beva qirolicha Izabella va uning jazmani Mortimer qo&#8217;lida bo&#8217;lgan. 1330 yildan mustaqil hukmron. 1337 yil Frantsiyaga urush e&#8217;lon qilgan. Eduard IV (1442.28.1-483.9.4) 1461\u2014 83 yillarda qirol (1470 yil oktyabr \u2014 1471 yil apreldan tashqari). Yorklar sulolasining 1-vakili. Qizil va oq gullar urushi jarayonida Genrix VI Lankasterni taxtdan ag&#8217;darib hokimiyatni egallab olgan. Qirolligining dastlabki davrida davlat ishlarida graf Uorvikning roli katta bo&#8217;lgan. Biroq Eduard IV ning mulkdor zodagonlar mavqeini pasaytirishga bo&#8217;lgan harakati natijasida Uorvik va boshqalar Lankasterlar tomoniga o&#8217;tib ketgan. 1470 yil oktyabrda Eduard IV taxtdan tushirilgan. 1471 yil aprelda Barnet va may oyida Tyuksberi yonida Lankasterlar qo&#8217;shinini yengib taxtni qayta egallagan. Eduard IV siyosatida, asosan, o&#8217;rta dvoryanlarga tayangan. yirik mulkdorlarning yerlarini musodara qilgan. Ingliz sanoati (asosan. jun to&#8217;qish va savdo) ni qo&#8217;llab-quvvatlash siyosatini yurgizgan. Eduard VI (1537.12.10-1553.6.7) \u2014 1547 yildan qirol. Tyudorlar sulolasidan. Genrix VIII va uning 3-xotini Jeyn Seymurning o&#8217;g&#8217;li. Taxtga 9 yoshida o&#8217;tirgan. Bolaligi tufayli davlat ishlariga mutlaqo aralashmagan, asosan, ilohiyot va qadimiy tillarni o&#8217;rganish bilan shug&#8217;ullangan. Davlatni boshqarish protektorlar (vasiylar) \u2014 Eduard VI ning tog&#8217;asi gersog Somerset, so&#8217;ngra (1549 yildan) \u2014 graf Uorvik qo&#8217;lida bo&#8217;lgan. Eduard VII (1841.9.11-1910.5.5) 1901\u2014 10 yillarda qirol. Onasi qirolicha Viktoriya vafotidan so&#8217;ng taxtga o&#8217;tirgan. Antantani tuzishda faol qatnashgan. Ichki siyosatda sezilarli rol o&#8217;ynamagan. Eduard VIII (1894.16.7-1972.28.5) 1936 yil 20 yanvar \u2014 11 dekabrda qirol. Otasi qirol Georg V vafotidan keyin taxtga chiqqan. Bir necha oydan so&#8217;ng taxtdan voz kechgan. Eduard VIII ning taxtdan voz kechishi bilan bog&#8217;liq &#8220;saroy krizisi&#8221; Buyuk Britaniya hukmdor doiralari orasidagi ziddiyatlarni aks ettirgan. 1936 yil 12 dekabrda Vindzor gersogi unvonini olgan. 1940-45 yillarda Bagama orollari general-gubernatori. Hayotining so&#8217;nggi davrini Frantsiyada o&#8217;tkazgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EDUARD \u2014 ingliz qirollari nomi: Eduard I (1239.17.6 1307.7.7) 1272 yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Otasi qirol Genrix III vafotidan so&#8217;ng taxtga chiqqan. Eduard 1 davrida parlamentni muntazam chaqirib turish amaliyoti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eduard\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26338","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26338","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26338"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26338\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26345,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26338\/revisions\/26345"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26338"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26338"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26338"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}