{"id":2644,"date":"2021-09-30T20:39:39","date_gmt":"2021-09-30T17:39:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2644"},"modified":"2025-10-30T10:21:25","modified_gmt":"2025-10-30T07:21:25","slug":"abdulla-qodiriy-1894-1938-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulla-qodiriy-1894-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Abdulla Qodiriy (1894-1938) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil 4 oktyabrda Toshkent shahrida tug\u2018ildi. Uning tarjimai holidagi quyidagi so\u2018zlar yozuvchining 1926 yilga qadar kechgan hayotiga oydinlik kiritadi: \u00abHar holda bemavridroq bo\u2018lsa kerak, kambag\u2018al, bog\u2018bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada\u2026 tug\u2018ilg\u2018onman. Yoshim to\u2018qqiz-o\u2018nlarga borg\u2018ondan so\u2018ng meni maktabga yubordilar. Maktabda ikki-uch yil chamasi eski usulda o\u2018qib, keyingi vaqtlarda oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan o\u2018n ikki yoshimda meni bir boyga xizmatchilikka berdilar.&nbsp; Xo\u2018jayinim o\u2018zi savdogar kishi bo\u2018lub, o\u2018rischa yozuv-chizuv bilaturg\u2018on odamga muhtoj edi. Shu ta\u2019ma bo\u2018lsa kerak, meni o\u2018ris maktabiga yubordi\u2026 1912 yilda manfaktur bilan savdo qiluvchi bir kishiga yilig\u2018a 50 so\u2018m barobariga prikazchik bo\u2018lub kirdim\u2026 Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlardan chiqadig\u2018on gazetalarni o\u2018qib, dunyoda gazeta degan gap borlig\u2018iga imon keltirdim, 1913 yilda o\u2018zbekcha \u00abSadoi Turkiston\u00bb, \u00abSamarqand\u00bb, \u00abOina\u00bb gazetalari chiqa boshlag\u2018och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg\u2018ondi\u2026 1913 yilda chiqqan \u00abPadarkush\u00bb ta\u2019sirida \u00abBaxtsiz kuyov\u00bb degan teatr kitobini yozib yuborg\u2018animni o\u2018zim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana shu yilda teatrlarda chiqib turg\u2018on hikoya va ro\u2018monlarga taqlidan \u00abJuvonboz\u00bb otliq hikoyachani yozib, noshir topilmog\u2018onidan, o\u2018zim nashr qilib yubordim. Nikolay taxtdan yiqilg\u2018ondan keyin oddiy xalq militsiyasiga ko\u2018ngilli bo\u2018lib yozildim\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>1918 yil boshlarida Eski shahar oziq komiteti boylar qo\u2018lidan olinib, komitetning raislig\u2018iga o\u2018rtoq Sultonxo\u2018ja Qosimxo\u2018jayev tayin qiling\u2018on edi va men mazkur komitetning o\u2018zbekcha sarkotiblig\u2018iga kirdim. 1919 yilning avvallarida oziq komitetining ismidan chiqarilmoqchi bo\u2018lg\u2018on \u00abOziq ishlari\u00bb gazetasiga muharrir bo\u2018lib tayinlandim\u2026 Shu kungacha sho\u2018ro idoralarida qilg\u2018on xizmatlarimni birma-bir sanab o\u2018ltirishim uzoqqa cho\u2018ziladurg\u2018on bo\u2018lg\u2018onliqdin mundan keyin muassasa ismlarinigina atash bilan kifoyalanaman: \u00abRusto\u00bb devoriy gazetasiga muxbir bo\u2018lib, \u00abIshtirokiyun\u00bb va \u00abQizil bayroq\u00bb gazetalarida sotrudnik\u2026 \u00abMushtum\u00bb jurnalining muannisi va tahririya a\u2019zosi bo\u2018lib, to 1924 yilgacha mehnatkashlar manfaatiga xolis ishlab keldim. Shu o\u2018tgan yetti yil orasia Sho\u2018rolar hukumati va firqadan bir og\u2018iz tanbeh olmadim. Xulosa \u2014 boshqalarning xizmati daftar bilan sobit bo\u2018lsa, mening xizmatlarim matbuot bilan ravshandir\u2026 Ishchi-dehqonlar yozg\u2018on asarlarimni suyunib o\u2018qiydilar va meni yozuvchilar qatoriga kirgazdilar va meni hamon o\u2018qirlar va unutmaslar\u2026\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>Adibning ilk ijodi 1913 \u2014 1914 yillarda boshlangan bo\u2018lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratgan. Uning \u00abAhvolimiz\u00bb, \u00abMillatimga\u00bb, \u00abTo\u2018y\u00bb, \u00abFikr aylag\u2018il\u00bb (1914 \u2014 1915) kabi she\u2019rlari \u00abSadoi Turkiston\u00bb gazetasi va \u00abOina\u00bb jurnalida bosilgan. A. Qodiriy shu she\u2019rlarida millatdoshlarini jaholat va xurofotga qarshi kurashga chaqirib, ma\u2019rifatparvar shoir sifatida maydonga chiqqan. Bu yillarda u \u00abBaxtsiz kuyov\u00bb (1915), \u00abHech kim bilmasin\u00bb kabi sahna asarlarini ham yozgan. Uning \u00abJuvonboz\u00bb (1915), \u00abUloqda\u00bb (1916) kabi hikoyalarida o\u2018z xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko\u2018rish istagi sezilib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Adib dastlabki asarlarini turli taxalluslar ostida e\u2019lon qilgan. Shu taxalluslardan biri va xalq o\u2018rtasida mashhur bo\u2018lgani Julqunboydir.<\/p>\n\n\n\n<p>1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib, Jurnalistlar institutida tahsil oldi. Moskvadan qaytib, \u00abMushtum\u00bb jurnalida shtatsiz muxbir bo\u2018lib ishlay boshladi. Uning \u00abToshpo\u2018lat tajang nima deydi?\u00bb va \u00abKalvak mahzumning xotira daftaridan\u00bb turkumidagi hajviy hikoyalari shu jurnalda ilk bor bosildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab \u00abO\u2018tgan kunlar\u00bb romani uchun material yig\u2018ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o\u2018zbek romanining dastlabki boblari \u00abInqilob\u00bb jurnalida chop etila boshlandi. 1925 \u2014 1926 yillarda \u00abO\u2018tgan kunlar\u00bb uch bo\u2018lim holida kitob bo\u2018lib nashr etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1928 yil yozuvchining ikkinchi tarixiy romani \u00abMehrobdan chayon\u00bb nashrdan chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1934 yilga kelib, Abdulla Qodiriy qishloq xo\u2018jaligi mavzuiga bag\u2018ishlangan \u00abObid ketmon\u00bb qissasini yaratdi. Undan tashqari, u Gogolning \u00abUylanish\u00bb komediyasi va G\u2018arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini o\u2018zbek tiliga tarjima qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Qodiriy \u00abAmir Umarxonning kanizi\u00bb, \u00abNamoz o\u2018g\u2018ri\u00bb, \u00abDahshat\u00bb kabi romanlar yaratish orzusida bo\u2018lgan. Ammo mustabid tuzum bu orzularining to\u2018la ro\u2018yobga chiqishiga imkon bermadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Qodiriy 1926 yilda \u00abMushtum\u00bbda bosilgan \u00abYig\u2018indi gaplar\u00bb maqolasi tufayli qisqa muddat hibsga olingan. 1937 yilning 31 dekabrida esa \u00abxalq dushmani\u00bb sifatida qamoqqa olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda otilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning asarlari 1956 yildan boshlab yangidan nashr etila boshlandi. 1990 yilda Respublika Prezidentining farmoni bilan A. Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofoti ta\u2019sis etildi. 1991 yili esa A. Qodiriyga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili \u2014 Mustaqillikning uchinchi yilida unga \u00abMustaqillik\u00bb ordeni taqdim qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi kunda esa bir qator ko\u2018chalar, bog\u2018lar, maktablar, kutubxona va institutlar yozuvchining tabarruk nomi bilan ataladi. Adib nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida eng bilimdon talabalarga Abdulla Qodiriy nomidagi stipendiya belgilangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil 4 oktyabrda Toshkent shahrida tug\u2018ildi. Uning tarjimai holidagi quyidagi so\u2018zlar yozuvchining 1926 yilga qadar kechgan hayotiga oydinlik kiritadi: \u00abHar holda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulla-qodiriy-1894-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1606,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-2644","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2644","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2644"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2644\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163253,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2644\/revisions\/163253"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1606"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2644"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2644"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2644"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}