{"id":26450,"date":"2022-04-29T07:45:52","date_gmt":"2022-04-29T04:45:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26450"},"modified":"2022-04-29T07:45:53","modified_gmt":"2022-04-29T04:45:53","slug":"eshitish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eshitish\/","title":{"rendered":"ESHITISH"},"content":{"rendered":"\n<p>ESHITISH \u2014 odam va hayvonlar organizmining tovush tebranishlarini qabul qilish xususiyati; mexanik, retseptor va nerv tuzilmalaridan tashkil topgan eshitish analizatorlari faoliyati tufayli ro&#8217;y beradi. Tovush ta&#8217;sirida odamda tovush signallari parametrini aks ettiruvchi Eshitish sezgisi paydo bo&#8217;ladi; buning natijasida tovush tebranishlari chastotasi tovush balandligi tarzida qabul qilinadi. Organizmlarning Eshitish xususiyati ular evolyutsion rivojlanishi, yashash muhiti va tovush signallarining biologik ahamiyati bilan bog&#8217;liq. Evolyutsiya jarayonida Eshitish sistemasi dastlab hasharotlarda, keyinroq barcha umurtqalilarda paydo bo&#8217;lgan. Eshitish sut emizuvchilarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Tovush tebranishlari tashqi Eshitish yo&#8217;li (tashqi quloq) orqali o&#8217;tib, nog&#8217;ora pardani tebratadi. Tebranishlar o&#8217;rta quloqdagi suyakchalar orqali ichki quloq suyuqligi (perilimfa va endolimfa) ga o&#8217;tadi. Paydo bo&#8217;lgan gidromexanik tebranishlar chig&#8217;anoq to&#8217;sig&#8217;i (asosiy, ya&#8217;ni bazilyar membrana) ni va unda joylashgan retseptor apparat (korti organi) ni tebratadi. Bazilyar membrananing mexanik xususiyati uning uzunligi bo&#8217;ylab bir xil bo&#8217;lmaydi: yuqori chastotali tebranishlar bazilyar membrananing ichki quloq chig&#8217;anog&#8217;i asosida, past chastotali tebranishlar esa uning uchki qismida maksimal amplitudaga ega bo&#8217;lgan tebranishlarni paydo qiladi. Shunday qilib, korti organida tovush tebranishlari mexanik energiyasi retseptorlarni qo&#8217;zg&#8217;atadi, qo&#8217;zg&#8217;alish reseptorlardan Eshitish nervlari tolalariga beriladi. Nervlarda paydo bo&#8217;lgan bioelektr potentsiallar Eshitish sistemasi markazi bo&#8217;limiga o&#8217;tkaziladi. Eshitish signallari faqat havo orqali emas, balki kalla suyaklari orqali ham ichki quloqqa o&#8217;tkazilishi mumkin. Eshitish sezgirligi Eshitishning absolyut chegarasi orqali baholanadi. Bu chegara tovushning Eshitish mumkin bo&#8217;lgan minimal intensivligi disibal (db) hisobida belgilanadi. Qabul qilinadigan tovush tebranishlari chastotasi diapazoni Eshitish egri chizig&#8217;i, Gers yoki kilogers bilan ifodalanadi. Odam 10-20 Gts dan 20 kGs gacha bo&#8217;lgan tovush tebranishlarini qabul qiladi, 10 Gts dan past tebranishli tovushlar uzluksiz tovush tarzida qabul qilinmaydi. Odamda Eshitishning eng quyi chegarasi 1-3 kGs chastotaga teng. Juda yuqori tebranishli tovush to&#8217;lqinlari \u2014 shovqin (masalan, 140 db og&#8217;riq paydo qiladi; 150 db tovushga odam chiday olmaydi). Har xil hayvonlar turli diapazondagi tovush to&#8217;lqinlarini (masalan, hasharotlar 0,2 kGs \u2014 500 kGs, baliqlar 50-100 Gts \u2014 3-5 kGs, delfinlar 100 Gts -200 kGs) qabul qiladi. Umurtqali hayvonlardan qushlarning Eshitish sezgirligi sudralib yuruvchilarnikidan, sut emizuvchilarniki qushlar va sudralib yuruvchilarnikidan yuqori bo&#8217;ladi. Tovushni farqlash imkoniyati differentsial chegara, ya&#8217;ni Eshitish mumkin bo&#8217;lgan tovush o&#8217;zgarishining minimal chegarasi (intensivligi yoki chastotasi) bilan belgilanadi. Odamda tovushni farqlash differentsial chegarasi (o&#8217;rtacha diapazonda) intensivlik bo&#8217;yicha 0,3\u20140,7 db, chastota bo&#8217;yicha 2\u2014 8 Gts ga teng. Tovush signallari kuchayishi bilan tovushni farqlash ham kuchayadi, uning differentsial chegarasi esa kamayib boradi. Bunday holat nutq signallari va musiqa ohanglarini qabul qilishda ham namoyon bo&#8217;ladi. Odamni musiqa ohanglari absolyut balandligini aniqlay olish qobiliyati absolyut Eshitish deyiladi. Boshqa begona tovushlar ta&#8217;sirida tovushni qabul qilish xususiyati yomonlashuvi, hatto butunlay yo&#8217;qolishi mumkin (niqoblanish hodisasi). Kuchli tovushlar uzoq vaqt davomida ta&#8217;sir etganida Eshitish sezgirligi pasayadi (fiziologik adaptatsiya). Eshitish sistemasi ikkala simmetrik joylashgan qismlarining o&#8217;zaro ta&#8217;siri tovush manbaini aniqlashga imkon beradi (binaural effekt). Bir qancha hayvonlar (ko&#8217;rshapalaklar, delfinlar, ayrim qushlar) ob&#8217;ektlarning fazoda joylashgan o&#8217;rni, shakli, o&#8217;lchamini aniqlashga imkon beradigan maxsus Eshitish sistemasi \u2014 exolokasiya xususiyatiga ega. Ular o&#8217;zlari chiqargan va ob&#8217;yektdan qaytadigan signallarni qabul qilishadi. Eshitishning fiziologik mexanizmlari uzilkesil hal etilmagan; Ad.:Sviker E., Feldkeller R., Uxo kak priyomnik informasii, Per, s nem., M., 1971; fiziologiya sensornmx sistem, ch. 2, L., 1972; Almatov K.T., Allomuradov Sh ., Umumiyfiziologiya,T., 2004.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ESHITISH \u2014 odam va hayvonlar organizmining tovush tebranishlarini qabul qilish xususiyati; mexanik, retseptor va nerv tuzilmalaridan tashkil topgan eshitish analizatorlari faoliyati tufayli ro&#8217;y beradi. Tovush ta&#8217;sirida odamda tovush signallari parametrini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eshitish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26450","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26450","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26450"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26450\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26460,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26450\/revisions\/26460"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26450"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26450"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26450"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}