{"id":26480,"date":"2022-04-29T07:54:23","date_gmt":"2022-04-29T04:54:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26480"},"modified":"2022-04-29T07:54:24","modified_gmt":"2022-04-29T04:54:24","slug":"eshontorayeva-sora-abdurahmonovna","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eshontorayeva-sora-abdurahmonovna\/","title":{"rendered":"ESHONTO&#8217;RAYEVA SORA ABDURAHMONOVNA"},"content":{"rendered":"\n<p>ESHONTO&#8217;RAYEVA SORA ABDURAHMONOVNA (1911.8.11, Namangan viloyati Beshbuloq qishlog&#8217;i \u2014 1998.8.9, Toshkent) \u2014 aktyor, jamoat arbobi. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1937). Moskvadagi o&#8217;zbek drama studiyasini tugatgan (1927). 1927 yildan Hamza nomidagi O&#8217;zbek davlat akademik drama teatri aktrisasi. 1943-45 va 1953-60 yillarda shu teatr direktori. Ijodining ilk davridanoq barcha janrlarda ish ko&#8217;rib, namunali natijalarga erishgan. &#8220;Hujum&#8221; (V.Yan, Cho&#8217;lpon)da Tursunoy, &#8220;Ikki boyga bir malay&#8221; (K.Goldoni)da Beatriche uning dastlabki rollaridir. 30-yillardan Eshonto\u2019rayeva teatrda sahnalashtirilgan deyarli barcha asarlarda yetakchi bosh qahramon rollarini ijro etgan. Aktrisa qahramonlarining hissiyotinigina emas, shu bilan birga uning qat&#8217;iyati, irodasi va e&#8217;tiqodini ham aks ettirishga kirishdi. Onaxon (K.Yashin, &#8220;Nomus va muhabbat&#8221;), Jamila (Hamza, &#8220;boy ila xizmatchi&#8221;), Guloyim (H.Olimjon, &#8220;Muqanna&#8221;), Guli (I. Sulton, Uyg&#8217;un, &#8220;Alisher Navoiy&#8221;), Hurriyat (Uyg&#8217;un, &#8220;Hurriyat&#8221;) va boshqalar shular jumlasidan. Bu obrazlar ijrosida aktrisa hamkasblari bilan birga teatr talqin maktabining yetuk namunalari sanaluvchi spektakllarga munosib timsollar yaratdi. Guli va Jamila obrazlari Eshonto\u2019rayeva ijodida alohida o&#8217;rin tutadi. Guli Eshonto\u2019rayeva ijrosida sevgi va sadoqatning tengsiz shaydosi va ma&#8217;sum qurboni sifatida idrok etilib, nafis va ta&#8217;sirchan tuyg&#8217;ular bilan ta&#8217;riflanadi. Jamila obrazida esa chorasiz ayolning chora izlashi, baxti uchun kurashida o&#8217;limga tik borishning badiiy ta&#8217;rifidagi ta&#8217;sir kuchi ajralib turadi. Eshonto\u2019rayeva ijodi ilk yillaridan boshlab jahon mumtoz dramaturgiyasi namunalarini uzviy sahnalashtirish jarayonida kechdi. Studiyada &#8220;Revizor&#8221;, &#8220;Malikai Turandot&#8221;, &#8220;ikki boyga bir malay&#8221;, &#8220;Qo&#8217;zibuloq qishlog&#8217;i&#8221; singari spektakllarda rol o&#8217;ynab tajribasi boyigan Eshonto\u2019rayeva U. Shekspirning &#8220;Hamlet&#8221; fojiasida uni shuhratga burkagan Ofeliya rolini ijro etdi (1935). Aktrisa yorug&#8217; dunyoga sig&#8217;magan muhabbati fojiasini Ofeliyani esdan og&#8217;ish darajasiga olib borgan hissiyotlar silsilasi girdobida o&#8217;ta ta&#8217;sirchan ta&#8217;rifladi. Hasad va ig&#8217;vo, ichqoralik Dezdemona (&#8220;Otello&#8221;) umrining zavoli bo&#8217;lganini aktrisaning nozik raftor, mehr to&#8217;la chehra, Baxtiyor ko&#8217;z qarashlari va hazin kechinmali sahnalarida ifoda etildi. Ketma-ket Gonfilya (U. Shekspir, &#8220;Qirol Lir&#8221;), Iokasta (Sofokl, &#8220;Shoh Edip&#8221;), Katerina (A. Ostrovskiy, &#8220;Momaqaldiroq&#8221;), Lyubov Yarovaya (K. Trenyov, &#8220;Lyubov Yarovaya&#8221;), Komissar (Vs. Vishnevskiy, &#8220;Hayotbaxsh o&#8217;lim&#8221;), Gusta Fuchik (G. Tovstonogov, A. Bragin, &#8220;mangu hayot&#8221;) va boshqalar obrazlari ijod namunasini yanada boyitdi. Eshonto\u2019rayeva ijodida onalar obrazi talqiniga o&#8217;tishi muhim ijodiy bosqich bo&#8217;lib, &#8220;Jazoir \u2014 mening Vatanim&#8221; (M.Dib) spektaklidagi ayni dastlabki qadam bo&#8217;ldi. Sedzu (M. Kaoru, &#8220;O&#8217;g&#8217;irlangan umr&#8221;), ona (K.Yashin, &#8220;Buxoro&#8221;), Ona (V.Delmar, &#8220;G&#8217;ariblar&#8221;) kabi obrazlar turkumi yaratildi. Eshonto\u2019rayeva qahramonlari xarakterini ijtimoiy va psixologik asoslarini chuqur ochib beradi, ularni ruhiy go&#8217;zallik va optimistik ruh bilan ta&#8217;minlaydi. Qahramonlari lirik nafosat va ayni chog&#8217;da qahramonlik fazilatlariga ega. Har tomonlama tahlil va tadqiq etish, samimiylik, kuchli his-hayajon Eshonto\u2019rayeva ijrochiligiga xos belgilardir. Eshonto\u2019rayeva kino, telefilm, telespektakllarda ham bir nechta rollar ijro etgan. U O&#8217;zbekiston teatr jamiyati boshqaruvining raisi (1946-55 va yana 1981-85) va boshqalar nufuzli jamoat tashkilotlarida ishlagan. Davlat mukofoti (1949, 1967, 1977), Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti (1967) laureati. &#8220;Sog\u2019lom avlod uchun&#8221; (1993), vafotidan so&#8217;ng &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; (2004) ordenlari bilan mukofotlangan. Ad.: Uvarov G., Sara Ishanturaeva, M., 1951;Avdeeva L., Sara Ishanturaeva, T., 1960; Mahmudova S. Bir yurakning yuz jasorati, T, 1983. Toshpo&#8217;lat Tursunov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ESHONTO&#8217;RAYEVA SORA ABDURAHMONOVNA (1911.8.11, Namangan viloyati Beshbuloq qishlog&#8217;i \u2014 1998.8.9, Toshkent) \u2014 aktyor, jamoat arbobi. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1937). Moskvadagi o&#8217;zbek drama studiyasini tugatgan (1927). 1927 yildan Hamza nomidagi O&#8217;zbek &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eshontorayeva-sora-abdurahmonovna\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26480","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26480","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26480"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26480\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26487,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26480\/revisions\/26487"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26480"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26480"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26480"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}