{"id":26495,"date":"2022-04-29T12:28:28","date_gmt":"2022-04-29T09:28:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26495"},"modified":"2022-04-29T12:28:29","modified_gmt":"2022-04-29T09:28:29","slug":"eshak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eshak\/","title":{"rendered":"ESHAK"},"content":{"rendered":"\n<p>ESHAK \u2014 otlar urug&#8217;ining toq tuyoqli sut emizuvchilar kenja urug&#8217;iga mansub hayvon. 5-6 ming yil avval dastlab qadimiy Misrda xonakilashtirilgan. Jahon bo&#8217;yicha boqiladigan Eshaklar soni 43,4 million boshni tashkil etadi. Misr, Efiopiya, Nigeriya, Braziliya, Eron, Pokiston, Ispaniya va boshqalar mamlakatlarda ko&#8217;p boqiladi. Somali, Efiopiyada tarqalgan, bo&#8217;yi 100-120 santimetrli Afrika yovvoyi Eshaki xonaki Eshaklarning urug&#8217;boshi hisoblanadi. Xonaki Eshaklar 2 zot guruhini tashkil qiladi: Afrika va Osiyo (jumladan, Qozog&#8217;iston, O&#8217;rta Osiyo, Kavkaz)da tarqalgan mayda jaydari hamda Xitoy (Shandun provintsiyasi)da tarqalgan yirik Eshaklar \u2014 zd zotdor Eshaklari (bo&#8217;yi otlar kabi 145-160 santimetr). Bulardan, asosan, Yevropaning Janubdagi va Amerika mamlakatlarida yirik xachirlar olish uchun foydalaniladi. Eshaklar qulog&#8217;i uzunligi, tuyog&#8217;i torligi, dumi ingichka, kalta va faqat uchida uzun juni borligi bilan otlardan farq qiladi. Jaydari zot Eshaklar tuzilishi pishiq, bo&#8217;yi o&#8217;rtacha 100 santimetr atrofida, tanasi ingichkaroq, boshi katta, quloqlari uzun, bo&#8217;ini to&#8217;g&#8217;ri, kalta, tik o&#8217;sib chiqqan kalta yoli bor, beli to&#8217;g&#8217;ri, ko&#8217;kragi tor, sag&#8217;risi qisqa, tusi kulrang, ovqat va joy tanlamaydi, ishga chidamli, yuqumli kasalliklarga chalinmaydi. Tog&#8217;li rayonlardagi yurish qiyin bo&#8217;lgan joylarda, cho&#8217;lyaylovlarda minish va yuk tashish uchun foydalaniladi. Eshak 70-80 kilogramm, aravaga qo&#8217;shilganda 2,5 tonnagacha yuk tashiydi. Jaydari Eshaklar har xil o&#8217;to&#8217;lanlar, xashak, arpa, zd zotlari esa pichan, kuchli va sersuv ozuqalardan iborat to&#8217;la rasion bilan boqiladi. 18-30 yil yashaydi, xo&#8217;tiklar 2 yoshidan boshlab qochiriladi, bo&#8217;g&#8217;ozlik davri o&#8217;rtacha 380 kun, 2 yoshidan xo&#8217;jalik ishlarida foydalanish mumkin. Ad.: Lakoza I.M., Shchekin V.A., Verblyudovodstva i Osnovm oslovodstvo i muloproizvodstva, M., 1964. Abdusattor Amirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ESHAK \u2014 otlar urug&#8217;ining toq tuyoqli sut emizuvchilar kenja urug&#8217;iga mansub hayvon. 5-6 ming yil avval dastlab qadimiy Misrda xonakilashtirilgan. Jahon bo&#8217;yicha boqiladigan Eshaklar soni 43,4 million boshni tashkil etadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eshak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26495","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26495","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26495"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26495\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26500,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26495\/revisions\/26500"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26495"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26495"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26495"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}