{"id":26505,"date":"2022-04-29T13:01:37","date_gmt":"2022-04-29T10:01:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26505"},"modified":"2022-04-29T13:01:38","modified_gmt":"2022-04-29T10:01:38","slug":"etnografiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/etnografiya\/","title":{"rendered":"ETNOGRAFIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>ETNOGRAFIYA (etno&#8230; va &#8230; grafiya), etnologiya, xalqshunoslik \u2014 jahondagi barcha xalqlarning, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma&#8217;naviy taraqqiyot darajasidan qat&#8217;i nazar, teng holda o&#8217;zaro tafovuti yoki umumiyligi va o&#8217;xshashligini, ularning o&#8217;ziga xos xususiyatlarini o&#8217;rganuvchi maxsus fan sohasi. Etnografiya hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-odatlari, ma&#8217;naviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bog&#8217;liq holda o&#8217;rganadi. Tarixiy Etnografiya yo&#8217;qolib ketgan xalq va elatlar, o&#8217;tmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va ma&#8217;naviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi. Etnografik bilimlar qadim zamonlardan paydo bo&#8217;lgan bo&#8217;lsada, lekin mustaqil fan sifatida 19-asrning o&#8217;rtalarida shakllanib bo&#8217;ldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va 1808 yilda maxsus jurnallar shu nom bilan chiqa boshlagan. Etnografiya so&#8217;zi mashhur frantsuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari Kongressida alohida fan sifatida qabul qilingan (1839). Etnografiya dastlab faktik bilimlarni to&#8217;playdi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografiya fani, boshqa fanlar singari o&#8217;ziga xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, o&#8217;z tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, san&#8217;atshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi. Mazkur fanlarning o&#8217;zaro bog&#8217;liqligi tufayli keyingi yillarda qo&#8217;shaloq ilmiy sohalar ham yuzaga keldi, masalan, etnik antropologiya, paleoetnografiya, etnolingvistika va boshqalar hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda o&#8217;tkazilayotgan sosiologik tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada \u2014 etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi o&#8217;simliklarni ekib o&#8217;stirish yoki yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi o&#8217;ziga xos turmush xususiyatlariga ega elatlarning xo&#8217;jalik xususiyatlarini anikdashda Etnografiya bilan hamkorlikda etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi sohalar faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Xalqlarni o&#8217;rganishda Etnografiya fani nihoyatda keng va xilma-xil manbalardan va usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish yo&#8217;li bilan o&#8217;tkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan, N.N.Mikluxomaklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda, ayrim mavsumlarda o&#8217;tkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli bo&#8217;lib, hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi. Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat yo&#8217;li bilan yozma yoki magnitofon orqali ma&#8217;lumotlar to&#8217;plash, muayyan maishiy-madaniy turmush hodisalari, oila-nikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va o&#8217;yinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy o&#8217;rganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qo&#8217;llaniladi. Ma&#8217;naviy madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa, ayrim urf-odat va marosimlar, xalq o&#8217;yinlari, ibodat, milliy raqslar) zamonaviy texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng foydalaniladi. O&#8217;zbekistonda Etnografiya fani. O&#8217;zbekiston hududida istiqomat qilgan qabila va elatlar to&#8217;g&#8217;risidagi eng qadimiy etnografik ma&#8217;lumotlar ilk yozma manbalarda, yunon va Rim mualliflari Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sisiliyalik Diodor, Pompey Trog, Tasit asarlarida uchraydi. O&#8217;rta Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari va ularning turmush tarzi, urf-odat va marosimlari to&#8217;g&#8217;risida qimmatli ma&#8217;lumotlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi &#8220;Avesto&#8221;da ham ko&#8217;rish mumkin. Miloddan avvalgi 6-1-asrlardan Arab istilosigacha O&#8217;rta Osiyo xalqlariga tegishli ma&#8217;lumotlarni qadimiy Axomaniylar davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfiyoniy, sug&#8217;diy, Xorazmiy, Baxtariy yozma yodgorliklarida, Xitoy sayohatnomalarida, sosoniylar Eronining o&#8217;rta forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida, arman tilidagi manbalarda, qadimiy turkiy yozma yodgorliklarda uchratamiz. Ilk o&#8217;rta asr (912-asrlar) mualliflari geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh, al-Balxiy, Istaxriy, Ibn Havqal, Mas&#8217;udiy, yoqut Hamaviylar o&#8217;z sayohatnomalarida Sharq xalqlari Etnografiyasi bo&#8217;yicha qimmatli ma&#8217;lumotlar yozib qoldirganlar. Xalq og&#8217;zaki ijodi namunalari bo&#8217;lgan &#8220;Dada-Qo&#8217;rqut&#8221;, &#8220;Alpomish&#8221;, &#8220;Manas&#8221;, &#8220;Go&#8217;ro&#8217;g&#8217;li&#8221; dostonlari tarixiy va etnografik jihatdan nihoyatda muhim manbalardir. Muhammad Xorazmiyning &#8220;surat alAarz&#8221;, Abu Rayhon Beruniyning &#8220;Qonuni Mas&#8217;udiy&#8221;, &#8220;Amudaryo tarixi&#8221;; Mahmud Koshg&#8217;ariyning &#8220;Devonu lug&#8217;otit turk&#8221;, Narshaxiyning &#8220;Buxoro tarixi&#8221; asarlari O&#8217;rta Osiyo, shu jumladan, O&#8217;zbekiston shaharlari, ularning tarixi, tabiiy-geografik sharoiti, etnotoponimiyasi, ayrim shahar va qishloqlar aholisining lingvistik va etnik tarkibi, ijgimoiy-siyosiy hayoti, maishiy turmushi va madaniyatining ba&#8217;zi jihatlari, diniy e&#8217;tiqodlariga oid noyob ma&#8217;lumotlar mujassamlashganligi bilan muhim ilmiy ahamiyatga ega. Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda yashagan saroy tarixchilari va solnomachilari, jumladan, Hofizi Abruning &#8220;Zubdat uttavorix&#8221; (&#8220;tarixlar qaymog&#8217;i&#8221;), Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Husayn Kubraviy, Ali Kushchi va boshqalarning asarlarida shu davrga oid etnografik ma&#8217;lumotlarni uchratish mumkin. Shuningdek, ispan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning asarida, rus solnomalarida, mashhur sayyoh Marko Poloning sayohatnomasida ham muhim ma&#8217;lumotlar jamlangan. Boburning &#8220;Boburnoma&#8221; asarida Movarounnahr va qo&#8217;shni mamlakatlarda yashagan elatlarning etnik tarkibi va tarixi, urf-odati va marosimlari madaniyati va maishiy turmushi haqida, Gulbadanbegimshsht &#8220;Humoyunnoma&#8221; nomli tarixiy-biografik asarida Toshkent va Andijondan to Qashqar va Hind okeani bo&#8217;ylarigacha qanday shaharlar, viloyatlar borligi, ularning aholisi haqida ma&#8217;lumotlar keltirilgan. O&#8217;rta asrlar ilmiy merosi bo&#8217;lgan Hofiz tanish al-Buxoriyning &#8220;Abdullanoma&#8221; (&#8220;Sharafnomai shohiy&#8221;), Ma&#8217;sud ibn Ko&#8217;histoniyning &#8220;tarixi Abulxayrxoniy&#8221;, Kamoliddin Binoiyning &#8220;Shayboniynoma&#8221;, Fazlulloh Ro&#8217;zbehonning &#8220;Mehmonnomai Buxoro&#8221;, Abulg&#8217;oziy Bahodirxonning &#8220;Shajarayi turk&#8221; kabi asarlarida qimmatli tarixiy-etnografik ma&#8217;lumotlar bor. 16-17-asrlarda Buxoro, Xiva va Qo&#8217;qon xonliklarining vujudga kelishi va Rossiya davlati bilan muntazam savdo va diplomatik munosabatlar o&#8217;rnatilishi natijasida rus elchilarining o&#8217;zbek xonliklariga qilgan safarlari jarayonida to&#8217;plagan materiallarida ham etnografik ma&#8217;lumotlar mavjud bo&#8217;lib, ular ma&#8217;lum ilmiy qimmatga egadir. Turkiston o&#8217;lkasini jadal etnografik o&#8217;rganish o&#8217;lkani mustamlaka qilish maqsadi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, o&#8217;zbek xalqi Etnografiyasiga oid ilmiy ahamiyatga ega materiallar to&#8217;plash davri 19-asrdan boshlandi. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, o&#8217;zbeklarni etnografik jihatdan o&#8217;rganish yo&#8217;lida 1872 yil Moskvada ochilgan politexnika ko&#8217;rgazmasi munosabati bilan tayyorlangan &#8220;Turkiston albomi&#8221;, shuningdek, rus geografiya jamiyatining Turkiston bo&#8217;limi, tibbiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo&#8217;limi, Turkiston arxeologiya havaskorlari to&#8217;garagi, Turkiston qishloq xo&#8217;jalik jamiyati, Xomutov to&#8217;garagi, O&#8217;rta Osiyo olimlari jamiyati, rus texnika jamiyatining Turkiston bo&#8217;limi, Sharqshunoslik jamiyatining Toshkent bo&#8217;limining roli katta bo&#8217;ldi. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida etnografik bilimlarning rivoji o&#8217;lkada faoliyat ko&#8217;rsatgan rus sharqshunos, tarixchi, etnograf olimlari, sayyohlari va davlat arboblari V.V.Radlov, V.V.Bartold, M.S.Andreev, A.A.Divaev, .L.Vyatkin, N.P.Ostroumov, N.S.Likoshin, N.G.Malliskiy, er-xotin Nalivkinlar, I.I.Umnyakov, A.A. Semyonov, E.Polivanovlar nomi bilan bog&#8217;liqdir. Ular amalga oshirgan ishlar mustamlakachilikka xizmat qilgan bo&#8217;lsada, to&#8217;plangan katta etnografik materiallar 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlaridagi Turkiston hayot tarzini tavsiflashda muhim ilmiy ahamiyatga ega. 1918 yilda Turkiston xalq universitetiyaa o&#8217;zbeklar Etnografiyasi bo&#8217;yicha maxsus kurs kiritilib, bu mavzu bo&#8217;yicha ma&#8217;ruzalar o&#8217;qitila boshlandi. 1920-30 yillar O&#8217;zbekistonda Etnografiya ilmining vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy shakllanish davri bo&#8217;ldi. 1930-y.lar oxirida mahalliy aholi orasidan etishib chiqqan mutaxassislar G.Alimov, M.Bikjanova, A.Boltaev, Ya.G&#8217;ulomov, Sh.Inog&#8217;omov, T.Mirtyosov, M.Saidjonov, X.Husanboev, K.Yusupov va boshqalar O&#8217;zbekistonda muzey ishini yo&#8217;lga qo&#8217;yish va rivojlantirishga, muzeylarda etnografik kollektsiyalarni ko&#8217;rgazmaga qo&#8217;yishga tayyorlash bo&#8217;yicha muhim ishlarni amalga oshirishdi. 1943 yil 4 noyabrda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6 bo&#8217;lim, shu jumladan, akademik M.Andreev rahbarligidagi Etnografiya bo&#8217;limi ham bor edi. Bo&#8217;lim respublikada etnografik tadqiqotlarning yetakchi markazi bo&#8217;lib qoldi. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat olib borishi (rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko) O&#8217;zbekistonda Etnografiya fanining rivojlanishida muhim bosqich bo&#8217;ldi. Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida qoraqalpoqlar Etnografiyasining maxsus o&#8217;rganilganligi, Qoraqalpog&#8217;istonda etnografik fikrlarning shakllanishi uchun asos bo&#8217;ldi. 1960-80 yillarda o&#8217;zbek hamda qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi bo&#8217;yicha faol tadqiqotlar olib borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov, O.Suxareva, T.K.Xojayov va boshqalar). O&#8217;zbeklar etnik tarixini o&#8217;rganish bevosita akademik K.Shoniyozov nomi bilan bog&#8217;liq. O&#8217;zbekiston xalqlari folklori, O&#8217;zbekiston dekorativ va amaliy san&#8217;atining turli sohalari, xalq musiqasi, teatri, raqs san&#8217;ati, kiyimlari, an&#8217;anaviy xalq taomlari, kishilarning ma&#8217;naviy va moddiy hayotini o&#8217;rganish etnografik manbalardan biri sifatida etnograflarning diqqat markazida bo&#8217;ddi. 1960, ayniqsa, 1980-yillar O&#8217;zbekiston Etnografiya fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga nisbatan g&#8217;oyat sermahsul, ayni vaqtda, ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar Etnografiyaning dolzarb masalalarini belgilash va ishlab chiqishda, siyosiy sharoitga og&#8217;ishmay va so&#8217;zsiz amal qilishda; monografik va umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning tahliliytanqidiy nuqtai nazardan o&#8217;rganib chiqilmaganligida; katta ko&#8217;lamdagi ilmiy tekshirish ishlarining etnos xo&#8217;jalik amaliyoti va madaniy hayoti vazifalariga mos kelmaganida namoyon bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishishi bilan Respublikamizda Etnografiya fani yangi sifat bosqichiga o&#8217;tdi. O&#8217;zbekiston Etnografiya fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida o&#8217;zbek xalqi an&#8217;anaviy madaniyatini o&#8217;rganishda &#8220;yevropasentrizm&#8221; nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga &#8220;o&#8217;tmish sarqiti&#8221; deb qarashga chek qo&#8217;yildi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining &#8220;O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish&#8221; haqidagi qarori (1998 yil 27 iyul) tarix fani va uning qismi Etnografiyaning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan o&#8217;zgartirdi. O&#8217;zbek xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini, o&#8217;zbek etnomadaniy jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo bo&#8217;lib, ushbu mavzu etnografik tadqiqotlarning yetakchi yo&#8217;nalishlaridan biriga aylandi. Bu yo&#8217;nalishni tadqiq etishda akademik K.Shoniyozovning asarlari (&#8220;Qarluq davlati va qarluqlar&#8221;, 1999; &#8220;O&#8217;zbek xalqining shakllanish jarayoni&#8221;, 2001) muhim hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shiladi. 1990-yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy Etnografiya muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev), O&#8217;zbekiston aholisining maishiy turmush an&#8217;analarini (S. Soatova, M.O&#8217;roqov, V.Haqliev, S.Sharipov) tadqiq qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. Etnografiya Farg&#8217;ona (Sh.Abdullaev, S.Gubaeva), Buxoro (A.Jumaev, M.Qurbonova), Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari (S.Tursunov, A.Qayumov, O.Bo&#8217;riev, Q.Nasriddinov) hamda Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasining (T.Esbergenova, R. Kamolov, N.Tleubergenov) mintaqaviy o&#8217;ziga xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi tarixiy-etnografik va etnografik-sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keldi. Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning o&#8217;tmishi va bugunini, hozirda o&#8217;z-o&#8217;zini boshqarish organi sifatida amaliyotdagi ahamiyatini o&#8217;rganishga bag&#8217;ishlangan etnografik ekspeditsiyalari, etnosotsiologik tadqiqotlari natijalari asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy o&#8217;quv yurtlari uchun Etnografiya fanidan maxsus darslik (I.Jabborov &#8220;O&#8217;zbek xalqi etnografiyasi&#8221;, T., 1994), o&#8217;qitish uslubi qo&#8217;llanmalari (O.Bo&#8217;riev, B.Ishoqov), etnologiya atamalari lug&#8217;ati (O.Bo&#8217;riev) chop etildi. O&#8217;zbekistonda Etnografiya fanining shakllanishi, rivoji dinamikasi, tarixshunosligi muammolari maxsus tadqiqot mavzusi bo&#8217;ldi (A.Doniyorov va D.Hoshimova). Bugungi kunda mamlakatimiz ilmiy muassasalarida Etnografiya fanining dolzarb muammolari tadqiq qilinmoqda. 2000\u2014 2001 yillarda Termiz va Qarshida etnografik tadqiqotlar markazi tashkil etildi. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti etnologiya bo&#8217;limi bu tadqiqotlar yo&#8217;nalishini belgilash va muvofiqlashtirish vazifasini bajarib kelmoqda. Ad.: Jabborov I., O&#8217;zbekxalqi etnografiyasi, T., 1994; Shoniyozov K., O&#8217;zbekxalqining shakllanish jarayoni, T., 2001; Doniyorov A. X., O&#8217;zbekiston etnografiyasi tarixidan ayrim lavhalar, T., 2003; Doniyorov A.X., Mustaqil O&#8217;zbekiston etnografiyasi tarixshunosligining ayrim masalalari, T., 2003; O&#8217;zbekiston etnologiyasi: yangicha qarashlar va yondashuvlar, T., 2004. Alisher Doniyorov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ETNOGRAFIYA (etno&#8230; va &#8230; grafiya), etnologiya, xalqshunoslik \u2014 jahondagi barcha xalqlarning, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma&#8217;naviy taraqqiyot darajasidan qat&#8217;i nazar, teng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/etnografiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26505","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26505","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26505"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26505\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26506,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26505\/revisions\/26506"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26505"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26505"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26505"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}