{"id":26530,"date":"2022-04-29T16:48:10","date_gmt":"2022-04-29T13:48:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26530"},"modified":"2022-04-29T16:48:10","modified_gmt":"2022-04-29T13:48:10","slug":"exinokokkoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/exinokokkoz\/","title":{"rendered":"EXINOKOKKOZ"},"content":{"rendered":"\n<p>EXINOKOKKOZ odam va hayvonlarda uchraydigan invazion kasallik. Exinokokklar qo&#8217;zg&#8217;atadi (tasmasimon gelmint). Exinokokkoz qadimdan ma&#8217;lum. Gippokrat asarlarqda ham jigar Exinokokkoziga oid ilk ma&#8217;lumotlar bor, lekin u &#8220;jigar yallig&#8217;lanishi&#8221; deb yuritilgan. Keyinchalik Exinokokkoz qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi parazitar tabiatga ega ekanligi aniqlandi. Exinokokkoz ancha keng tarqalgan kasallik. Odamga it, tulki, bo&#8217;ri, mushukdan, gelmIn-t tuxumi tushgan oziq-ovqat va suv orqali o&#8217;tadi. Bundan tashqari, exinokokk tuxumi bilan ifloslangan qo&#8217;ylar yungini olganda ham yuqishi mumkin. Qo&#8217;ylar exinokokk tuxumini itlar axlati tushgan o&#8217;tlarga yotganida ilashtiradi. Exinokokkoz odamdan odamga bevosita yuqmaydi. Chorva mollari va boshqalar hayvonlarga Exinokokkoz bilan og&#8217;rigan it axlati tushib ifloslangan o&#8217;t, yem-xashak va suv orqali yuqadi. Exinokokkozni itlar so&#8217;yilgan kasal hayvon a&#8217;zolarini eganida yuqtiradi. GelmIn-t it ichagida bir necha kun davomida voyaga yetgach, tuxumga to&#8217;la bo&#8217;g&#8217;imi uzilib, itning axlati bilan tashqariga chiqadi. Bo&#8217;g&#8217;im tashqi muhitdagi o&#8217;simlik, pichan yoki suvga o&#8217;rmalab tushib, tuxum tashlaydi. Exinokokk tuxumi odam, uy hayvonlari ichagidan qonga o&#8217;tadi; qon bilan jigar, o&#8217;pka, bosh miya va boshqalar a&#8217;zolarga borib, u yerda exinokokk pufakchasi \u2014 kistaga aylanadi. Agar kista ko&#8217;p xonali (kamerali) bo&#8217;lsa, uni alveokokkoz deyiladi. Kistalar kattalashib, atrofdagi to&#8217;qimani siqib qo&#8217;yadi, natijada a&#8217;zo atrofiyat uchrab, faoliyati buziladi, agar u yorilsa, ichidagi suyuqlig&#8217;ining so&#8217;rilishi butun organizmning zaharlanishi, allergiyaga olib keladi, ularning yorilishi esa hayot uchun xavfli. Odamlarda qaysi a&#8217;zo zararlanganiga ko&#8217;ra kasallik belgilari turlicha bo&#8217;ladi. Jigar Exinokokkozida bemor-ning darmoni qurib, o&#8217;ng qovurg&#8217;a ostida og&#8217;riq seziladi, jigar og&#8217;ir tortib, kattalashadi, sariqlik kuzatiladi; o&#8217;pka Exinokokkozida esa ko&#8217;krak og&#8217;rib, bemor yo&#8217;taladi, nafasi qisib, qon tupurishi ham mumkin; miya Exinokokkozida bosh og&#8217;riydi, aylanadi, harakatlanish va sezish faoliyati buziladi. Exinokokkozga xos belgilar paydo bo&#8217;lganda, albatta, vrachga murojaat qilish lozim. Kasallikning oldini olish uchun uy hayvonlarini to&#8217;g&#8217;ri parvarish qilish, ularni vaqtida veterinariya nazoratidan o&#8217;tkazib turish, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish (it bilan o&#8217;ynagandan yoki uni parvarish qilgandan so&#8217;ng qo&#8217;lni yuvish, sabzavotlarni iste&#8217;mol qilishdan oldin tozalab yuvib, so&#8217;ngra qaynagan suv bilan chayish), bolalarning ko&#8217;chadagi daydi itlar bilan o&#8217;ynashiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik kerak. Davo kasallangan a&#8217;zo va kasallik belgilariga qarab olib boriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EXINOKOKKOZ odam va hayvonlarda uchraydigan invazion kasallik. Exinokokklar qo&#8217;zg&#8217;atadi (tasmasimon gelmint). Exinokokkoz qadimdan ma&#8217;lum. Gippokrat asarlarqda ham jigar Exinokokkoziga oid ilk ma&#8217;lumotlar bor, lekin u &#8220;jigar yallig&#8217;lanishi&#8221; deb yuritilgan. Keyinchalik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/exinokokkoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26530","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26530","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26530"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26530\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26537,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26530\/revisions\/26537"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26530"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26530"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26530"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}