{"id":26535,"date":"2022-04-29T16:49:50","date_gmt":"2022-04-29T13:49:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26535"},"modified":"2022-04-29T16:49:51","modified_gmt":"2022-04-29T13:49:51","slug":"echki","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/echki\/","title":{"rendered":"ECHKI"},"content":{"rendered":"\n<p>ECHKI \u2014 quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli kavsh qaytaruvchi hayvon. Echki turli iqlim-sharoitga tez moslasha olishi tufayli dunyoning ko&#8217;plab mamlakatlarida uchratish mumkin. Xonaki Echkilar yovvoyi bezoar va burama shoxli echkilardan tarqalgan deb hisoblanadi. Echki dastlab xonakilashtirilgan mahsuldor hayvonlar jumlasiga kiradi. Anov (Ashxobod yaqini) da topilgan qazilmalar Echki O&#8217;rta Osiyoda mil.dan bir necha ming yil avval boqilganini ko&#8217;rsatadi. Echki, asosan, sut, go&#8217;sht, jun, tivit, teri va boshqalar uchun boqiladi. O&#8217;rtacha 9-10 yil (ba&#8217;zilari 17 yilgacha) yashaydi, xo&#8217;jalikda 7-8 yil foydalaniladi. Uloqlari 5-8 oyligida jinsiy yetiladi, 14-18 oyligida qochiriladi. Bo&#8217;g&#8217;ozlik davri 5 oyga yaqin. Xonaki zotlarining ko&#8217;pi serpusht: har 100 bosh urg&#8217;ochi echkidan 150-250 uloq olinadi. Yaxshi ozuqa sharoitida asrab boqilganda yiliga 2 marta bolalaydi. Takalarining tirik vazni 60-65 kilogrammdan 100 kilogrammgacha, urg&#8217;ochilariniki 40-60 kilogramm. Olinadigan mahsulotga qarab tivit, jun, go&#8217;sht, sut, teri, mo&#8217;yna va aralash mahsulotlar beradigan Echki zotlari bor. Sersut zotlaridan yiliga o&#8217;rtacha 450-550 kilogrammgacha sut sog&#8217;ib olinadi. Sutining yog&#8217;liligi 3,8\u20144,5%. Serjun zotlar juni uzunligi 15-18 santimetr, takalaridan 4-6 kilogramm, urg&#8217;ochilaridan 3-5 kilogrammdan jun qirqib olinadi. Sertivit zotlaridan 0,2\u20140,5 kilogrammdan 2 kilogrammgacha tivit tarab olish mumkin. Yaxshi boqilgan katta yoshdagi Echki 20-28 kilogramm go&#8217;sht va 4-6 kilogramm yog&#8217;, 7-10 oylik Echkilar esa 12 kilogramm go&#8217;sht va 1,5 kilogramm yog&#8217; beradi. Echki o&#8217;lat, chechak va sil kasalliklarini yuqtirmasligi, oqsil va engil o&#8217;zlashtiriluvchi yog&#8217;larga boy sut berishi bilan e&#8217;tiborli. Echki sutida mis, rux, marganes, yod, kumush va boshqalar shu kabi mikroelementlardan tashqari kamqonlikning oldini olishda muhym ahamiyatga ega bo&#8217;lgan kobalt moddasi nisbatan ko&#8217;p uchraydi. O&#8217;zbekistonda jaydari (qora junli) echkilardan tashqari Angor echkisi, zaane echki zoti, Orenburg echki zoti va boshqalar boqiladi. O&#8217;rta Osiyoda 20-asrning 30\u2014 60-yillarida mahalliy dag&#8217;al junli echkilarni Angor zoti takalari bilan chatishtirib serjun echki zoti chiqarilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ECHKI \u2014 quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli kavsh qaytaruvchi hayvon. Echki turli iqlim-sharoitga tez moslasha olishi tufayli dunyoning ko&#8217;plab mamlakatlarida uchratish mumkin. Xonaki Echkilar yovvoyi bezoar va burama shoxli echkilardan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/echki\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26535","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26535","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26535"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26535\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26542,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26535\/revisions\/26542"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26535"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26535"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26535"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}