{"id":26566,"date":"2022-04-29T17:21:13","date_gmt":"2022-04-29T14:21:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26566"},"modified":"2022-04-29T17:21:14","modified_gmt":"2022-04-29T14:21:14","slug":"ekinlarni-ekish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ekinlarni-ekish\/","title":{"rendered":"EKINLARNI EKISH"},"content":{"rendered":"\n<p>EKINLARNI EKISH \u2014 hosil olish uchun o&#8217;simlik urug&#8217;ini tuproqning yuqori qatlamiga joylash; asosiy afotexnika tadbirlaridan biri. Ekinlarni ekish usullari ekinlarning oziqlanish maydoniga, yorug&#8217;lik va namga bo&#8217;lgan talabini, ekin parvarishini, birinchi navbatda, qator oralarini mexanizatsiya yordamida ishlashni hisobga olgan holda tanlanadi. Sochib ekish \u2014 eng oddiy usul; bunda qo&#8217;l bilan sepilgan urug&#8217; tuproq ustiga tushib, borona yoki mola yordamida turli chuqurlikka joylanadi. Qatorlab ekish (qator oratari 10-25 santimetr, ko&#8217;pincha 15 santimetr) \u2014 asosan, donli ekinlar yetishtirishda qo&#8217;llaniladi. Qatorlab ekuvchi seyalka urug&#8217;ni egat tubiga tashlab, yumshoq tuproq bilan ko&#8217;mib ketadi, urug&#8217; bir tekis unib chiqadi. Tor qatorlab ekish (qator oralari 7-8 santimetr) \u2014 donli ekinlar, beda, zig&#8217;ir va boshqalar o&#8217;simliklarni ekishda qatorlab ekishga nisbatan ko&#8217;proq qo&#8217;llaniladi. Bunda urug&#8217;lar maydonda bir me&#8217;yorda joylashadi. Keng qatorlab ekish (qator oralari 45 santimetrdan ortiq) \u2014 chopiq qilinadigan ekinlar (makkajo&#8217;xori, qand lavlagi, kungaboqar, marjumak, ildizmevalilar va boshqalar)ni ekishda qo&#8217;llaniladi. Lenta (tasma) shaklida ekishda lentalar orasidagi keng qatorlar tor qatorlar bilan almashinadi (sabzi, rediska va boshqalar shunday ekiladi). Uyalab ekishda har bir uyaga bir necha dona urug&#8217; tashlanadi. Nuqtalab ekish usulida urug&#8217;donalab bir-biridan ma&#8217;lum oraliqda ekiladi. Qattiq sovuq va qor kam bo&#8217;ladigan mintaqalarda kuzgi ekinlar uchun egatga ekish usuli qo&#8217;llaniladi; urug&#8217;egat tubiga ekiladi, egatga to&#8217;plangan qor unib chiqqan nihollarni muzlashdan saqlaydi. Ekinlarni ekish asosan. seyalkalar, ba&#8217;zan samolyotlar bilan (masalan, saksovul urug&#8217;lari) amalga oshiriladi. O&#8217;simlik tupini, ko&#8217;chatini (pomidor, baklajon, karam, mevali va manzarali daraxtlar) yetishtirib, so&#8217;ngra asosiy joyga ekish ko&#8217;chatlab ekish usuliga kiradi. Ekinlarni ekish muddatiga qarab bahorgi (bahori ekinlar), kuzgi (kuzgi ekinlar), yozgi (ikkinchi hosil olish uchun), kech kuzgi (urug&#8217;larni barvaqt undirib olish uchun) ga bo&#8217;linadi. Har bir o&#8217;simlik uchun ekishning optimal vaqti mavjud. O&#8217;rta Osiyoda bahori bug&#8217;doy, arpa, zig&#8217;ir, qand lavlagi, beda, kungaboqar erta bahorgi ekinlarga kiradi. Kechki bahorgi ekinlarni ekish muddati tuproq va havo haroratiga qarab belgilanadi. Kuzgi ekinlar (kuzgi bug&#8217;doy, beda va boshqalar) O&#8217;zbekiston sharoitida oktyabr oxiri \u2014 noyabr boshlarida ekiladi. Sovuq tushgunga qadar ekilgan ekinlar ma&#8217;lum darajada rivojlanib, mustahkamlanib oladi. Urug&#8217;larni ekish chuqurligi o&#8217;simliklarning biologik xususiyati, tuproqning mexanik tarkibiga bog&#8217;liq. Urug&#8217;lar qancha yirik bo&#8217;lsa, shuncha chuqurroq ekiladi (masalan, makkajo&#8217;xori 6\u2014 8 santimetr, boshoqli don ekinlari 4-6 santimetr va hokazolar). Mexanik tarkibi og\u2019ir tuproqlarga yengil, qumoq va qumoq tuproqlarga nisbatan urug&#8217;lar yuzaroq ekiladi. Ekishda tuproq namligi ham hisobga olinadi (urug&#8217; tuproqning quruq qatlamida joylashib qolmasligi kerak). Ba&#8217;zan urug&#8217;larni qushlardan, kuchli shamoldan saqlash maqsadida (masalan, makkajo&#8217;xori, no&#8217;xatni) ekish chuqurligi ko&#8217;paytiriladi. Urug&#8217;lik ekish me&#8217;yori (masalan, bug&#8217;doy 150-200 kg\/ga, tuksizlantirilgan chigit 30-40 kg\/ga) joyning tuproq \u2014 iqlim sharoiti, ekinning xo&#8217;jalik ahamiyati, o&#8217;simlikning oziqlanish maydoniga bo&#8217;lgan talabi, ekish vaqti, usullari va boshqalar asosida belgilanadi. Urug&#8217;ni ekishga tayyorlashda ularning sifati, tozaligi, unuvchanligi tekshiriladi. Har bir xo&#8217;jalikda ekish agregatlari, ishning vaqti va qay tartibda bajarilishini ko&#8217;rsatuvchi reja tuziladi. Ekish sifatini baholashda uning vaqtida amalga oshirilishi, urug&#8217;ning bir xil chuqurlikda ekilishi, urug&#8217;lik ekish me&#8217;yori, qatorlar va to&#8217;g&#8217;riligi tekshiriladi. Bahodir Normatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKINLARNI EKISH \u2014 hosil olish uchun o&#8217;simlik urug&#8217;ini tuproqning yuqori qatlamiga joylash; asosiy afotexnika tadbirlaridan biri. Ekinlarni ekish usullari ekinlarning oziqlanish maydoniga, yorug&#8217;lik va namga bo&#8217;lgan talabini, ekin parvarishini, birinchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ekinlarni-ekish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26566","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26566","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26566"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26566\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26573,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26566\/revisions\/26573"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26566"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26566"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26566"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}