{"id":26575,"date":"2022-04-30T06:59:33","date_gmt":"2022-04-30T03:59:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26575"},"modified":"2022-04-30T06:59:35","modified_gmt":"2022-04-30T03:59:35","slug":"eklektizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eklektizm\/","title":{"rendered":"EKLEKTIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>EKLEKTIZM, eklektika (Yunoncha \u2014 tanlovchi) \u2014 turli xil, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarash, g&#8217;oya, nazariyalarning &#8220;eng yaxshisi&#8221;ni tanlab olishga intilish. Dastlab so&#8217;nggi yunon falsafasida paydo bo&#8217;lgan. &#8220;Eklektizm&#8221; terminini aleksandriyalik Potamon (2-asr) qo&#8217;llagan va o&#8217;z maktabini eklektik maktab deb atagan. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va muhim bo&#8217;lmagan, asosiy va asosiy bo&#8217;lmagan xususiyatlari, ular o&#8217;rtasidagi bog&#8217;lanishlar yuzaki ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog&#8217;lanishlariga aniq, muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shartsharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo&#8217;ladi. Tasviriy san&#8217;at va me&#8217;morlikda Eklektizm turli-tuman, o&#8217;zaro nomuvofiq badiiy unsurlarni birlashtirishdir. Odatda, yirik badiiy yo&#8217;nalishlarning inqirozi davriga xos. Eklektizm xususiyatlari, jumladan, qadimiy Rim san&#8217;atining so&#8217;nggi davri (Yunoniston, Misr, Old Osiyo va boshqalar san&#8217;atida o&#8217;zlashtirilgan shakllar qo&#8217;shilishi)da ko&#8217;zga tashlanadi. Uyg&#8217;onish davrining buyuk namoyandalari ijodining eng yaxshi tomonlarini qo&#8217;shib mukammallikka erishish mumkin deb hisoblagan Bolonya maktabi vakillari ham Eklektizmga moyil bo&#8217;lgan. Eklektizm turli uslublarning shakllarini to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri qo&#8217;llagan 19-asr 2-yarmi me&#8217;morligi (ayniqsa, intererlarni bezash) uchun ham xos bo&#8217;lgan, biroq uning me&#8217;moriy va bezak Eklektizmi o&#8217;zining keng ko&#8217;lami, mohiyati e&#8217;tibori bilan yaxlit bir &#8220;modern&#8221; uslubini shakllanishiga muhim ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. 20-asr o&#8217;rtalaridan Eklektizm an&#8217;analari G&#8217;arbiy Yevropa va Amerika badiiy madaniyatida keng tarqaldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKLEKTIZM, eklektika (Yunoncha \u2014 tanlovchi) \u2014 turli xil, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarash, g&#8217;oya, nazariyalarning &#8220;eng yaxshisi&#8221;ni tanlab olishga intilish. Dastlab so&#8217;nggi yunon falsafasida paydo bo&#8217;lgan. &#8220;Eklektizm&#8221; terminini aleksandriyalik Potamon (2-asr) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eklektizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26575","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26575","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26575"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26575\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26579,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26575\/revisions\/26579"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26575"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26575"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26575"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}