{"id":26614,"date":"2022-04-30T08:22:15","date_gmt":"2022-04-30T05:22:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26614"},"modified":"2022-04-30T08:22:15","modified_gmt":"2022-04-30T05:22:15","slug":"ekskavator","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ekskavator\/","title":{"rendered":"EKSKAVATOR"},"content":{"rendered":"\n<p>EKSKAVATOR (lotincha exsauo \u2014 o&#8217;yaman, qaziyman) \u2014 tog&#8217; jinslari va yerni (gruntni) qazish, ularni transport vositalariga yuklash yoki to&#8217;plash uchun mo&#8217;ljallangan qazish-yuklash mashinasi. Yer qazish mashinalarini yaratish g&#8217;oyasini 16-asrda Leonardo da Vinchi Ekskavator draglayn sxemasi tarzida ilgari surdi. Ekskavatorning chizmasini birinchi marta rus muhandisi A.A. Betankur 19-asr 20-yillarida ishlab chiqqan. 1834 yilda AQSh da V. Otisom patent olgan; 1910 yilda birinchi elektr dvigatelli Ekskavator, 1912 yilda dizel yonilg&#8217;isida ishlaydigan, 1920-yillarda relsda harakatlanib, to&#8217;la buriladigan Ekskavator ishlab chiqarildi. Keyinchalik Ekskavatorning tuzilishi takomillashtirib borildi. Ekskavator bir kovshli (uzluksiz yoki tsiklli ishlaydigan) va ko&#8217;p kovshli (uzluksiz ishlaydigan) xillarga bo&#8217;linadi. Ekskavatorning asosiy qismlari; kovsh (cho&#8217;mich), sharnirli quloch, kuch qurilmasi (dvigatel), buriladigan korpus va yurish qismi (gusenisa, g&#8217;ildiraklar). Bir kovshli Ekskavatorning ish tsikli kon jinsi yoki gruntni kesish yoki qazish, to&#8217;lgan kovshni bo&#8217;shatish va kovshni zaboyga qaytarishdan iborat. Ekskavatorning quvvati, turi va ish sharoitiga qarab, ish tsikli 15-80 sekund davom etadi. Yurish qismlarining turiga ko&#8217;ra, gusenisali, g&#8217;ildirakli, odimlovchi, relsda yuradigan, suvda suzadigan, g&#8217;ildirakligusenisali; kuch qurilmasining turiga ko&#8217;ra, bir dvigatelli va ko&#8217;p dvigatelli; ichki yonuv dvigatelli, elektr, gidravlik, pnevmatik va aralash dvigatelli; boshqarish turiga qarab, qo&#8217;lda, gidravlik, pnevmatik, elektr bilan va aralash boshqariladigan; ish organining turiga ko&#8217;ra, to&#8217;g&#8217;ri va teskari kurakli, draglaynli, greyferli va boshqa Ekskavatorlar bo&#8217;ladi. To&#8217;g&#8217;ri kurakli Ekskavator keng tarqalgan. Bunday Ekskavatorlardan foydali qazilmalarni qazib olishda, qattiq va Toshloq gruntlarda zovurlar qazishda foydalaniladi. Teskari kurakli Ekskavator tor zovurlar qazishda, uncha katta bo&#8217;lmagan zovurlarda inshootlar qurishda qo&#8217;llaniladi. Draglaynli Ekskavator o&#8217;zi turgan sathdan pastdagi gruntlarni qaziydi. Greyferli Ekskavator yuklash ishlarida, zovur qazish va boshqalar maqsadlarda ishlatiladi. Turli almashtiriladigan jihozlar (montaj ishlari, yuk ortish va tushirish, burg&#8217;ilash, ustunqoziqlar qoqish va boshqalar uchun) bilan jihozlangan Ekskavatorlar universal Ekskavator deyiladi. Gidroyuritmali, ya&#8217;ni gidroekskavatorlar ham keng tarqalgan. Ularda turli ish organlari buriladigan platforma bilan sharnirli birikadi va yuqori (30-100 MPa) bosimli nasoslar bilan harakatlanadi. Vazifasiga qarab, bir kovshli Ekskavator, qurilishda, karerda, tunnelda ishlatiladigan, kon ochadigan, suzib yuruvchi va boshqalar xillarga bo&#8217;linadi. Tunnel vashaxta Ekskavatorlari aksari yer osti ishlarida qo&#8217;llanadi. Bir kovshli Ekskavatorlar kovshining sig&#8217;imi \u2014 160 m3 gacha. Ko&#8217;p kovshli Ekskavator ish jihozlarining turiga qarab, zanjirli va rotorli xillarga bo&#8217;linadi. Zanjirli Ekskavatorlarda kovshlar (12-40 ta) yo&#8217;naltiruvchi rama g&#8217;altaklari bo&#8217;yicha harakatlanuvchi uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Rotorli Ekskavatorlarda ish organi 6-12 ta (ba&#8217;zan 24 gacha) kovsh o&#8217;rnatilgan rotordan iborat. Bunda grunt to&#8217;kish konveyeriga berilib 150 metrgacha tashiladi. Uning kovlash balandligi 50 metrgacha, chuqurligi esa 25 metrgacha bo&#8217;ladi. Rotorli Ekskavatorlar ko&#8217;proq konlarda ishlatiladi. Harakat yo&#8217;nalishiga qarab, ko&#8217;ndalangiga, bo&#8217;ylamasiga qaziydigan va buriladigan xillarga bo&#8217;linadi. Ko&#8217;p kovshli Ekskavatorlarning ish unumdorligi 15000 m3\/soat gacha etadi. Ekskavatorlar Rossiya, AQSh, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya va boshqalar mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Toshkent ekskavator zavodida ham Ekskavatorlar ishlab chiqarilgan (1945-90).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKSKAVATOR (lotincha exsauo \u2014 o&#8217;yaman, qaziyman) \u2014 tog&#8217; jinslari va yerni (gruntni) qazish, ularni transport vositalariga yuklash yoki to&#8217;plash uchun mo&#8217;ljallangan qazish-yuklash mashinasi. Yer qazish mashinalarini yaratish g&#8217;oyasini 16-asrda Leonardo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ekskavator\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26614","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26614","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26614"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26614\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26621,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26614\/revisions\/26621"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26614"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26614"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26614"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}