{"id":26631,"date":"2022-04-30T08:42:39","date_gmt":"2022-04-30T05:42:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26631"},"modified":"2022-04-30T08:42:40","modified_gmt":"2022-04-30T05:42:40","slug":"ekspozitsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ekspozitsiya\/","title":{"rendered":"EKSPOZITSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>EKSPOZITSIYA (lotincha \u2014 ko&#8217;rsatish, bayon etish) \u2014 badiiy asar, moddiy madaniy yodgorliklar, tarixiy hujjat va boshqalarni ko&#8217;rgazma va muzey zallarida yoki ochiq joylarda ma&#8217;lum tizimda joylashtirilishi. Doimiy va davriy Ekspozitsiyaning maqsadi barcha eksponatlarni ularning badiiy va ilmiy qiymati, tarixiy badiiy jarayondagi o&#8217;rni, materiallarning ahamiyatini mukammal yoritib berishdir. Ekspozitsiya erkin yoki tomoshabinlarning tanishish yo&#8217;nalishlarini hisobga olgan holda tuziladi. Zamonaviy sharoitda Ekspozitsiya eksponatlarni saqlash qoidalariga javob beradigan maxsus uskunalar, eksponatning qisqacha xarakteristikasi hamda Ekspozitsiya xususiyatlari, asarlari bayon qilingan ixcham matnlar bilan ta&#8217;minlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>EKSPOZITSIYA \u2014 1) adabiyotda badiiy adabiyotda qo&#8217;llanadigan unsur. Badiiy asar syujetining tarkibiy qismlaridan biri bo&#8217;lib, voqealar ro&#8217;y beradigan zamon va makon, personajlar to&#8217;g&#8217;risidagi muallif ma&#8217;lumrtlari. Bunday ma&#8217;lumotlar, odatda, badiiy asar syujetining kirish qismida voqelik tuguni, rivoji, asosiy to&#8217;qnashuvlar hamda kulminatsion nuqtadan avval beriladi. Ekspozitsiyada o&#8217;quvchi asarda ishtirok etuvchi qahramonlar, ular harakat qiladigan joy, to&#8217;qnashuvchi shaxslar va hodisalar to&#8217;g&#8217;risida dastlabki ma&#8217;lumotlarni oladi. Garchi Ekspozitsiya badiiy asarda bosh konfliktni rivojlantirib, keyingi voqealarga turtki berishga jiddiy ko&#8217;maklashmasada, ko&#8217;pincha, asosiy voqea rivojining yo&#8217;nalishi hamda xarakterini oldindan aniqlashga xizmat qiladi. Ekspozitsiya kompozision unsurlardan biri sifatida yozuvchi maqsadiga ko&#8217;ra badiiy asarning turli o&#8217;rinlarida, har xil ko&#8217;rinishda keladi va turli nomlar bilan ataladi. Voqealar boshlanishidan oldin berilsa, to&#8217;g&#8217;ri Ekspozitsiya (A. Qodiriy va Oybek romanlarida), syujet tugunidan so&#8217;ng berilsa, kechiktirilgan Ekspozitsiya (A. Qahhorning &#8220;Sinchalak&#8221; qissasi, &#8220;Qo&#8217;shchinor chiroqlari&#8221; romani), asar oxirida berilgan ma&#8217;lumotlar esa teskari Ekspozitsiya debataladi. Ayrim yirik hajmli asarlarda qahramonlar va voqelik o&#8217;rni to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar butun asarga &#8220;sochib&#8221; yuboriladi. Bular sochma Ekspozitsiya deyiladi (L.Tolstoyning &#8220;urush va tinchlik&#8221;, U. Hoshimovning &#8220;tushda kechgan umrlar&#8221; romanlari). Hoz. o&#8217;zbek nasrida Ekspozitsiyaning sochma turi ko&#8217;proq uchramoqda. Asar janriga qarab Ekspozitsiya ham turlicha bo&#8217;lishi mumkin; 2) musiqada \u2014 asar kompozisiyasi (mas, Sonata shakli yoki fuga)nit birinchi bo&#8217;limi, asosiy mavzularning bayonidan iborat. O&#8217;zbek mumtoz musiqasining yirik shakldagi namunalarida daromad (ba&#8217;zida, miyonxat bilan birga), shuningdek, bozgo&#8217;y (birinchi xona bilan birga) Ekspozitsiya vazifasini bajaradi. Yo&#8217;ldosh Solijonov.<\/p>\n\n\n\n<p>EKSPOZITSIYA, yon bag&#8217;ir ekspozitsiyasi \u2014 yon bag&#8217;irlarning dunyo tomonlariga, binobarin, Quyosh va shamollarga nisbatan joylashganligi. Tog&#8217; landshaftlarining turlicha bo&#8217;lishiga Ekspozitsiyaning bir-biridan farq qilishi sababdir. Yon bag&#8217;irlarning qaysi tomonga qaraganligiga qarab ularning iqlimi, o&#8217;simlik, tuproq va hayvonot dunyosi ham har xil bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKSPOZITSIYA (lotincha \u2014 ko&#8217;rsatish, bayon etish) \u2014 badiiy asar, moddiy madaniy yodgorliklar, tarixiy hujjat va boshqalarni ko&#8217;rgazma va muzey zallarida yoki ochiq joylarda ma&#8217;lum tizimda joylashtirilishi. Doimiy va davriy Ekspozitsiyaning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ekspozitsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26631","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26631","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26631"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26631\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26636,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26631\/revisions\/26636"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26631"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26631"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26631"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}