{"id":26640,"date":"2022-04-30T08:50:54","date_gmt":"2022-04-30T05:50:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26640"},"modified":"2022-04-30T08:50:55","modified_gmt":"2022-04-30T05:50:55","slug":"eksport","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eksport\/","title":{"rendered":"EKSPORT"},"content":{"rendered":"\n<p>EKSPORT (inglizcha, lotincha \u2014 olib chiqaman, chetga chiqaraman) \u2014 tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog&#8217;ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib o&#8217;tish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham Eksportga kiradi. Mamlakatning o&#8217;zida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar Eksport tarkibi (ko&#8217;rinma Eksport) milliy iqtisodiyotning o&#8217;ziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi o&#8217;rni bilan bog&#8217;liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar Eksport qilish xos bo&#8217;lsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega bo&#8217;lgan mamlakatlar Eksportida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol o&#8217;ynaydi. Yakka ziroatchilik xo&#8217;jaliklari hukmron bo&#8217;lgan mamlakatlar Eksportida 1-2 tovar turi asosiy o&#8217;rinni egallaydi. Yuklarni tashish, vositachilik operasiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar ko&#8217;rinmas Eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan ko&#8217;pgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda. Har qanday davlat uchun Eksport import va chet ellarda boshqa xarajatlarni to&#8217;lash uchun zarur bo&#8217;lgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida Eksportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun mo&#8217;ljallangan ishlab chiqarishni qo&#8217;llabquvvatlashning turli shakllarini keng qo&#8217;llaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy ko&#8217;maklar; Eksportni davlat tomonidan kreditlash). Eksportni cheklash aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yo&#8217;li bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar Eksporti ba&#8217;zan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga ko&#8217;ra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yo&#8217;qolib borayotgan hayvonlar yoki o&#8217;simliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asrash va boshqalar). O&#8217;zbekiston Respublikasining bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar Eksporti bojxona rejimida, bojxona to&#8217;lovlari to&#8217;langanidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda O&#8217;zbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi. 2003 yilda O&#8217;zbekiston Respublikasi Eksporti 3725,0 million AQSh dollaridan iborat bo&#8217;ldi (import 2964,2 million AQSh dollari). Uning tovarlar tarkibida paxta tolasi (19,8%), oziq-ovqat tovarlari (2,7%), kimyo mahsulotlari, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar (3,1%), energiya manbalari (9,8%), qora va rangli metallar (6,4%), mashina va uskunalar (5,9%), xizmatlar (14,4%) va boshqalar asosiy o&#8217;rinda turadi. Ko&#8217;pgina mamlakatlarda Eksport tovarlari qo&#8217;shilgan qiymat solig&#8217;idan va shunga o&#8217;xshash soliqlardan ozod qilinadi. Qodirjon Yusupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKSPORT (inglizcha, lotincha \u2014 olib chiqaman, chetga chiqaraman) \u2014 tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog&#8217;ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib o&#8217;tish (tranzit) va bir mamlakatdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eksport\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26640","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26640","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26640"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26640\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26642,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26640\/revisions\/26642"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26640"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26640"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26640"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}