{"id":26686,"date":"2022-05-04T12:47:34","date_gmt":"2022-05-04T09:47:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26686"},"modified":"2022-05-04T12:47:36","modified_gmt":"2022-05-04T09:47:36","slug":"elat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elat\/","title":{"rendered":"ELAT"},"content":{"rendered":"\n<p>ELAT \u2014 kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatning oldingi birligi. Elat qabila bilan millat orasidagi etnik birlikning ko&#8217;rinishidir. Elatning shakllanishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo&#8217;lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma&#8217;lum bir bosqichida qabilalar orasidagi etnik, xo&#8217;jalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir qancha qabilalar birlashadilar. Natijada etnik birliknpng yangi turi vujudga keladi. Bu Elat deyilib, ma&#8217;lum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi. Elat (asosi &#8220;el&#8221;) atamasi o&#8217;tmishda keng ma&#8217;noda qo&#8217;llanilgan; xalq, davlat, qabila, qabila Ittifoqi, ma&#8217;lum bir qabila yoki hudud fuqarolarini anglatgan. Turli Elatlarning hudud jihatidan o&#8217;zaro yaqinlashuvi urug&#8217;va qabila guruhlaridagi kishilarning qonqarindoshlik aloqalarini kuchaytirgan. Elatning shakllanishi turli tarixiy davrlarda o&#8217;ziga xos holda kechgan. Masalan, Elat Qadimgi Misr, Mesopotamiyada davlat uyushmalarining paydo bo&#8217;lishi bilan shakllana boshlagan bo&#8217;lsa, Yevropada Elatlar (qadimgi rus, polyak, frantsuz va boshqalar) shakllanish jarayoni ilk o&#8217;rta asrlardan boshlangan. Yer sharining qolgan qit&#8217;alarida bu jarayon keyinchalik ham davom etgan. Elat til jihatidan o&#8217;zaro yaqin qabilalarning uyushuvi (polyak Elati, slavyan qabilalari \u2014 polyak, visdyan, mazovshan va boshqalardan) yoki bir qabilaning boshqasi tomonidan istilo qilinishi natijasida shakllangan etnik komponentlar (frantsuz Elati, \u2014 Gall qabilalari; Rim kolonistlari va german qabilalari \u2014 franklar, vestgotlar, burgundlar va boshqalar). birining tili umumiy tilga, qolgan qabilalar tillari esa dialekt (sheva) holida saqlangan yoki butunlay yo&#8217;qolib ketgan. Natijada yagona nom, hudud, madaniy va xo&#8217;jalik jihatidan umumiylik yuzaga kelgan. Davlatning paydo bo&#8217;lishi bilan Elatning mustahkamlanishiga imkoniyat paydo bo&#8217;lgan. Rivojlangan o&#8217;rta asrlarda Yevropa va Osiyoning ko&#8217;pgina mamlakatlarida Elat to&#8217;la shakllandi. Ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bilan Elatlar millatga aylandi. Ko&#8217;pincha bir millatning shakllanish jarayonida bir necha Elat qatnashgan. qadimiy rus millati asosida ukrain va Belorus Elatlari vujudga kelgan va keyinchalik millat bo&#8217;lib tarkib topgan. Turli ob&#8217;yektiv sabablarga ko&#8217;ra, o&#8217;z rivojlanishidan orqada qolgan ko&#8217;pgina Elatlar (asosan, kichik Elatlar) millatga aylanmasligi ham mumkin. Ular davr o&#8217;tishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan boshqa Elat va millatlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga o&#8217;tishi natijasida ilg&#8217;or xalqning ma&#8217;naviyatini, tilini o&#8217;zlashtiradi va o&#8217;sha millatning tarkibiga qo&#8217;shilib ketadi. Qadimda hozirgi O&#8217;zbekiston hududlarida va unga tutash mintaqalarda bir necha Elatlar vujudga kelgan: baqtriyaliklar, xorazmliklar, sug&#8217;diylar, qangarlar, farg&#8217;onaliklar. Ammo bu Elatlar kishilik jamiyatining ma&#8217;lum bir tarixiy taraqqiyoti davomida inqirozga uchrab, ilk o&#8217;rta asrlarda yangi Elatlar \u2014 turk, uyg&#8217;ur, o&#8217;g&#8217;uz, tojik va o&#8217;zbek elatlari tashkil topgan. Ushbu Elatlarning barchasi ham to&#8217;liq Elat bo&#8217;lib shakllanmadi. Turli ijtimoiy-siyosiy va tarixiy omillar sababli bu Elatlarning ayrimlari parchalanib ketdi va shakllanishi davom etayotgan Elatlarning etnogenetik jarayonlariga sezilarli ta&#8217;sir o&#8217;tkazdi. Masalan, turk, o&#8217;g&#8217;uz, uyg&#8217;urlarning parchalanib ketishidan keyingi etnik jihatdan birmuncha o&#8217;zgargan avlodlari o&#8217;zbek Elatining etnogenetik jarayonida qatnashgan. Xullas, iqtisodiy-xo&#8217;jalik, madaniy va etnik jarayonlarning tobora rivojlanishi natijasida bir necha qabilalarning birlashuvi jarayonida vujudga kelgan Elat etnik hududiy, iqtisodiy til va etnomadaniy umumiylik asosida shakllangan. Ad.: Shoniyozov K., O&#8217;zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001; Sadoxin A. P., Etnologiya, M.,2001. Ochil Bo&#8217;riev, Asror Qayumov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELAT \u2014 kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatning oldingi birligi. Elat qabila bilan millat orasidagi etnik birlikning ko&#8217;rinishidir. Elatning shakllanishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26686","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26686","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26686"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26686\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26690,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26686\/revisions\/26690"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26686"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26686"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26686"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}