{"id":26688,"date":"2022-05-04T12:48:25","date_gmt":"2022-05-04T09:48:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26688"},"modified":"2022-05-04T12:48:27","modified_gmt":"2022-05-04T09:48:27","slug":"elbarsxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elbarsxon\/","title":{"rendered":"ELBARSXON"},"content":{"rendered":"\n<p>ELBARSXON (?-1516) Xorazmdagi Shayboniylar sulolasi asoschisi (1511 \u2014 16). Burka sultonning o&#8217;g&#8217;li. Eronlik bosqinchilarga qarshi kurash olib borayotgan vazir shahri aholisi tomonidan Dashti Qipchoqdan taklif etilib taxtga o&#8217;tkazilgan. Elbarsxon Dashti Qipchoqdan chaqirtirilgan qarindosh urug&#8217;larining harbiy lashkarlari yordamida Urganch, Xiva, Hazorasp va Katdan eroniy qo&#8217;shinlarni quvib chiqargan. Bolxon va Mang&#8217;ishloqdagi turkman qabilalarini tobe etgan. Elbarsxon davlati bir necha qismga taqsimlanib, ularning tepasida o&#8217;zaro nizoda bo&#8217;lgan xon qarindoshlari turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>ELBARSXON (?-1739.27.11) Xiva xoni (1728-39). Shohniyozxon o&#8217;g&#8217;li. Elbarsxon davrida mamlakatda ichki nizolar davom etgan. 1736 yil Sherg&#8217;ozixonning katta o&#8217;g&#8217;li Erg&#8217;ozi Sulton Shohobodda unga qarshi kurash boshlagan. Xonlikdagi mang&#8217;itlar va qoraqalpoqlar ham bosh ko&#8217;targan. Elbarsxon ularga qarshi kurash bilan bir qatorda qo&#8217;shni davlatlar hududiga ham chopqunlar uyushtirgan. 1736 yil Elbarsxon 3 ming turkman askarlarini chin Vakil yovmut boshchiligida Xurosonga jo&#8217;natgan. Bu qo&#8217;shin Mand tekisligi va Olatog&#8217;atrofida qizilboshlilar qo&#8217;shini ustidan zafar qozonib, katta o&#8217;lja bilan qaytgan. Bu paytda Nodirshoh Shemaxani bosib olib Ganjada turgan edi. 1738 yil Nodirshohning o&#8217;g&#8217;li Rizoquli Mirza Balxni egallab, Movarounnahrga yurish boshlagan. Buxoro xoni Abulfayzxon Elbarsxondan ko&#8217;mak so&#8217;ragan. Elbarsxon katta qo&#8217;shin bilan Buxoroga otlangan, biroq yo&#8217;lda Abulfayzxonni qizilboshlilar bilan sulh tuzganidan voqif bo&#8217;lgach, orqaga qaytgan. 1739 yil Fevralda Elbarsxon o&#8217;zbek va turkmanlardan tashkil topgan qo&#8217;shin bilan Xurosonga yurish qilib, Niso va Obivard atrofini talon-toroj qilib Xivaga qaytgan. 1739 yil oktyabrda Nodirshoh Buxoroni olib, Xivaga qo&#8217;shin tortgan. Tuyamo&#8217;yin, Pitnak, Hazoraspda xivaliklar mag&#8217;lub bo&#8217;lgan. Eron qo&#8217;shini Xonqani 7 kunlik qamaldan so&#8217;ng egallagan, Elbarsxon va uning 20 ta amiri asir olingan. Nodirshoh ularni qatl ettirib, Xivaga yurish qilgan va 3 kunlik qamaldan so&#8217;ng uni bosib olgan. Ad.: Materialn po istorii kazaxskix xanstv XV-XVIII vv., AlmaAta, 1969.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELBARSXON (?-1516) Xorazmdagi Shayboniylar sulolasi asoschisi (1511 \u2014 16). Burka sultonning o&#8217;g&#8217;li. Eronlik bosqinchilarga qarshi kurash olib borayotgan vazir shahri aholisi tomonidan Dashti Qipchoqdan taklif etilib taxtga o&#8217;tkazilgan. Elbarsxon Dashti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elbarsxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26688","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26688","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26688"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26688\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26692,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26688\/revisions\/26692"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26688"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26688"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26688"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}