{"id":2676,"date":"2021-10-01T08:52:54","date_gmt":"2021-10-01T05:52:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2676"},"modified":"2024-07-22T09:16:53","modified_gmt":"2024-07-22T06:16:53","slug":"qadimgi-misr-libosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimgi-misr-libosi\/","title":{"rendered":"Qadimgi Misr libosi"},"content":{"rendered":"\n<p>Misr dunyo tarixida eng qadimgi davlat sanaladi. Ushbu mamlakat insoniyatning eng qadimiy madaniyat o\u2018choqlaridan biri bo\u2018lib, uning tarixi quyidagi davrlarga bo\u2019lib o\u2018rganiladi:<br>a) qadimgi podshohlik (mil. avv. 3000-2400 yy);<\/p>\n\n\n\n<p>b) o\u2018rta podshohlik (mil. avv. 2400-1710 yy.);<\/p>\n\n\n\n<p>v) yangi podshohlik (mil. avv. 1580-1090 yy.).<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi misrliklar asosan dehqonchilik, yilqichilik va hunarmandchilik (kulollik, zargarlik, to&#8217;quvchilik, shisha ishlab chiqarish) bilan shug\u2018ullanishgan. Qadimgi Misr turli tabaqalar, ya\u2019ni quldorlar, shaharliklar (hunarmandlar va mirzalar), ozod qullar va qullardan iborat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi uch ming yillikning boshida Qadimiy Misr yirik quldorlik davlati bo\u2018lib, uni cheksiz hukmronlikka ega bo\u2018lgan fir\u2019avn boshqargan. Misrliklar fir\u2019avnni xudoning yerdagi soyasi, deya sig&#8217;inishgan. Ayniqsa, din ruhoniylari bo&#8217;lmish kohinlarning fir\u2019avnning cheksiz huquqlarini himoya qilib turishlari ijtimoiy tengsiziik va zulmga imkon yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimda misrliklar nechog\u2018liq boy tabiiy va madaniy boyliklarga ega bo&#8217;lib, ularni o\u2018zlashtirgan bo&#8217;lmasinlar, ular tabiat hodisalari oldida ojiz edilar. Bu holat ularning tabiat kuchlariga sig&#8217;inishlariga olib kelgandi. Odamlar quyoshga, yerga, oyga, suvga, hatto hayvonlar (xiisiisnn timsoh, chiyabo\u2018ri, sigir, kalxat, ilon va b.ga), o\u2018simliklarga sig&#8217;inishgan. Bin mamlakat hayotining turli tomonlariga o\u2018z ta\u2019sirini o&#8217;tkazib kelgan. Xususan, san\u2019atda u alohida o\u2018rin tutgan. Ilohiylashtirilgan narsalarda ma\u2019lum bir ramziy, shartli ma\u2019no yetakchilik qilgan. Xususan, ilon saltanat ramzi bo\u2018lsa, moviy nilufar abadiylik va serhosillik timsoli hisoblangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi Misr san\u2019atida inson tasviri o\u2018ta shartli xarakterda ifodalangan. Devoriy tasvirlar, haykallarda ularning qomati va harakatlari ma\u2019lum bir mezonlar asosida tasvirlangan. Ularning holatlari va harakatlari shartli xarakterga ega. Shakl va hajmda ijtimoiy kelib chiqishiga katta e\u2019tibor berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy Misr haykallari, devoriy suratlari ushbu davlat madaniyati, xususan, uning nafosat va go\u2018zallik haqidagi qarashlari haqida katta ma\u2019lumot beradi. Qat\u2019iylik va shartlilik ortida qadimgi misrliklarning estetik ideali belgilari ko\u2018zga tashlanadi. Bular &#8211; baland bo\u2018y, keng yelkalar, tor bel va bo\u2018ksa, katta-katta yuz belgilari. Ayniqsa, Qadimiy Misrda ayollar go\u2018zalligi haqidagi qarashlarning zamonaviy qarashlar bilan hamohangligi e\u2019tiborni tortadi. O\u2018sha davrda ham tikqomat, yuzdagi belgilarning aniqligi va nozikligi, bodomko&#8217;zlar qadrlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Matolar, rang va bezaklar. Ma\u2019lumki, qadimdan Misr zig&#8217;ir vatani hisoblanadi. Bunga sabab Nil daryosi bo\u2018ylarining zig\u2018irni yetishtirish uchun tabiiy qulay sharoitidir. Zig\u2018ir tolalaridan mato to\u2018qishda misrliklar katta mahoratga ega bo\u2019lganlar. Saqlangan mato namunalari Misr to\u2018quvchilari mahoratidan dalolat beradi. Quyidagi dalil ular erishgan natijalar haqida aniq tasavvur beradi. Ushbu davrda tayyorlangan matoning 1 sm kvadrat 84 tanda va 60 arqoq iplari o&#8217;tkazilgan. 240 metr uzunlikdagi ko\u2018z deyarli ilg\u2018amaydigan ip bor yo\u2018g\u2018i 1 grammni tashkil qilgan. To\u2018quvchi bunday ipni faqat barmoqlari orqali sezgan. Misrning zig\u2018ir tolalaridan tayyorlangan mato o\u2018zining nafisligi bilan tabiiy ipak matolaridan qolishmagan. Ushbu matodan besh qavat qilib kiyim tikilganda ham undan inson tanasi aniq ko\u2018rinib turgan. Matoning fakturasi ham har xil bo\u2018lgan. Ayniqsa, yangi podshohlik davridagi gazmollar fakturasi e\u2019tiborli. Setkasimon qilib to\u2018qilgan gazmollar oltin iplar va undan tayyorlangan turli shakllardagi bezaklar, yaltiroq munchoqlar, turli kashtalar bilan bezaklangan. Bu davrda shuningdek, to\u2018rsimon matolar e\u2019tiborda bo\u2018lgan. Oq va oq matoning turli ko\u2018rinishlari, ayniqsa, urf bo\u2018lgan. Shuningdek, gulli matolar ham ishlab chiqarilgan. Bunda oq yoki to\u2018q rangli asosga ko&#8217;k, havorang, jigarrang, sariq, yashil rangli tasvirlar tushurish urf bo\u2018lgan. Qora rang motam ramzi bo\u2019lmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Matolarning butun yuzasiga geometrik shakllar (yo\u2018l-yo\u20181, to\u2018lqinsimon chiziqlar) tasviri tushirilgan. Ular atrofi gullar, xususan, nilufar gulining bargi va umumiy ko&#8217;rinishi, palma, qamish, turli o\u2018simliklar barglari bilan bezashgan. Zodaganlar kiyimlari hayvonlar tasviri, xususan, ko\u2018zoynakli ilon &#8211; ureus, go\u2018ng qo\u2018ng\u2018izi, qanotlarini yozib turgan lochin kabilar bilan bezalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Marosim liboslari uchun zig\u2018ir matolardan tashqari teri va mo&#8217;ynadan ham foydalanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Liboslarning asosiy turlari va shakllari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy Misr liboslarining shaklida taxlama (drapirovka) asosiy o\u2018rin tutadi. Burmalar kiyimning asosan old tomonida bo\u2018lib, libosning orqa qismi yengil burmalanib, tanaga yopishib turgan. Kiyimning orqa qismi uzaytirilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy imperiya davrida erkaklar asosan \u00absxenti\u00bb, ya\u2019ni peshband kiyganlar. Sxentilar shaklan to&#8217;rtburchak, yoki trapetsiyasimon bo\u2018lib, turli xil o&#8217;lchamlarda bo\u2019lgan. Sxenti belga ingichka charm belbog\u2019i bilan bog\u2018lab, mahkamlab qo\u2018yilgan. Sxentining ustidan yoki tananing ustidan to&#8217;rtburchak shaklidagi peshband kiyilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar libosi tananing ko\u2018krak qismidan to boldirgacha qismini bekitib turadigan chodirsimon matodan iborat bo\u2018lib, u bir yoki ikki tasma ila yelkadan o&#8217;tkazilib kiyilgan. Kalaziris deb ataluvchi ushbu sarafanni eslatuvchi kiyim ijtimoiy kelib chiqishidan qat\u2019i nazar, u xoh malika bo\u2018lsin, xoh kanizak, barcha ayollar uchun bir xil shaklda bo\u2019lgan. Ayollar kiyimi faqat matoning sifati va qimmati bilan farqlangan. O\u2018rta podshohlik davriga kelib Misr ayolining libosida o&#8217;zgarish sodir bo\u2018la boshladi. U biroz murakkablashib, hajmi bir necha qavat kiyilgan kiyimlar hisobiga kattalashdi. Kiyimning silueti pastga tomon kengayib, piramidalar shaklini ola boshladi. Plisselar, ya\u2019ni mayda taxlamalar keng qo&#8217;llanila boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkaklar libosi bir necha qavat qilib kiyiladigan sxentilardan iborat bo\u2018lib, ular ustma-ust kiyilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar libosi katta o\u2018zgarishlarga uchramagan. Faqat aslzoda ayollar liboslarida bezaklar turi ko&#8217;paygan. Kiyimlar insonlarning ijtimoiy kelib chiqishini bildirib turgan, ya\u2019ni tabaqalarga ko\u2018ra farq qilgan. Agar boylar zig\u2018ir tolali matolardan tikilgan kiyimlami kiyishgan bo\u2018lsa, qullarning kiyimi dag\u2018al teridan qilingan. Eng yuqori tabaqa kishilar, xususan, fir\u2019avn, vazirlar, kohinlar, yirik yersuv egalarining kiyimi angina bezaklangan. O\u2018rta podshohlik davriga kelibgina misrliklar kiyimlarining shakli birmuncha o\u2018zgargan. Natijada u bir paytning o&#8217;zida ustma-ust kiyiladigan bir necha kiyimlar ko\u2018rinishiga kelgan. Kiyim silueti etakka tomon kengayib, piramidasimon ko\u2018rinishga keldi. Plessirovkalar keng qo\u2018llaniladigan bo\u2018ldi. Erkaklar kiyimi bir necha yupqa sxentilardan iborat bo\u2018lib, ustma-ust kiyilgan. Ayollar kiyimi ko\u2018rinishini unchalik o \u2018zgartirmadi. Faqatgina zodagon ayollar liboslarini bezash yanada ko\u2018paydi. Kiyim kompozitsiyasida qoracha rangli terining mato ostidan aniq ko\u2018rinib turishiga ahamiyat berildi. Yoqa o\u2018rnida yelkani yopib turuvchi turi shisha munchoq va qimmatbaho toshlar bilan bezaklangan bezak urfga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi podshohlik davrida (mil. avv. 1580-1090 yy.) kiyimlarda sinfiy tafovut yanada ko&#8217;proq sezila boshladi. Aslzodalaming kiyimlariga ishlatiladigan matolar o\u2018zining harirligi, bezakdorligi, bezakda tilladan foydalanilishi bilan farqlanadi. Ushbu matolar asosan ip va zig\u2018irdan tayyorlangan. Sidonlik qul ayollar bo\u2018yalgan matolarni kashtalar bilan bezaganlar. Ushbu matolardan tikiladigan kiyimlaming tikilishiga serburmalilik xos bo\u2018lib, ularda plisselardan ko\u2018p foydalanilgan. Plisselar kiyimning butun bo\u2018yi barobar qo\u2019llanila boshlagan. Biroq misrliklar plisselami bir necha joydan mahkamlab qo\u2018yganliklari sababli harakatga monelik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kiyimlar shaklan katta o\u2018zgarishga uchramagan. Hatto o\u2018ta burmalangan kiyimlarda ham tanaga mos bichim berishga intilish seziladi. Bunday bichimdagi kiyimlar erkin harakatga birmuncha xalaqit bergani sabab odamlar yurayotganda harakatlar yo\u2018rgaklangandek taassurot uyg\u2018otadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda erkak va ayollar kiyimi bir-biriga birmuncha o\u2018xshash. Erkaklar kiyimi plissirovka qilingan yubka va yopinchiqdan iborat. Turli bezak va qimmatbaho toshlar va maijonlar bilan bezaklangan katta doira shakldagi yoqalarni nafaqat fir\u2019avn va uning oila a\u2019zolari, shuningdek zodagon xonadonlar vakillari ham kiya boshlaganlar. Marosim kiyimlarida sxenti, uch burchakli peshband saqlangan. Quyi qatlam kiyimi oddiyligicha qolgan. Ayollar ko&#8217;ylagi kalaziris saqlanib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Misrliklar Suriyani bosib olgach, kiyinish madaniyatida birmuncha o&#8217;zgarish ko\u2018zga tashlanadi. Xususan, Suriyadan yopinchiq, plash-naramnik kirib keldi. Uni nafaqat erkaklar, shuningdek ayollar ham kiya boshlaganlar. U to\u2018rtburchak shakldagi matoni ikkiga buklanib, ikki yoni tikilgan, boshning kirib chiqishi uchun bo\u2018yni kesilgan uzun kiyim edi. Ayollar charmli peshband va ko&#8217;krakpech kiyishgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Oqinlar <\/strong>an\u2019anaviy kiyimlami, xususan sxentini saqlab qoldilar. Uchburchak old peshband ustidan bir yelkaga sher terisi tashlab olingan. Harbiylar peshband va teridan ko\u2019krakband kiyishgan. Qishloq va shahar kambag\u2018allarining kiyimida o\u2018zgarish kuzatilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Bezaklar, bosh kiyimlar, soch turmagi, poyabzal va ulardagi<\/strong> <strong>bezak elementlari. <\/strong>Qadimiy devoriy suratlar &#8211; freskalarda misrliklar asosan oyoqyalang tasvirlangan. Palma barglari, papirus, galda teridan qilingan sandallarni fir\u2019avn, shuningdek uning atrofidagilargina kiyishgan. Sandallar oddiy ko\u2019rinishda bo\u2019lib, ular qo&#8217;njsiz va to&#8217;piqsiz, tagi yuqoriga buklab ko\u2018tarilgan, bir necha ensiz tasmalardan iborat bo\u2019lgan. Tagcharmlarga turli xil maishiy va harbiy ko\u2019rinishlar timsoli chizilgan. Misrliklar poyabzali oddiy shaklda bo&#8217;lib, u charm yoxud qamishdan ishlangan shippak ko\u2019rinishida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Misrliklar libosida taqinchoqlar, xususan, qo\u2019l va oyoq bilakuzuklari, uzuklar, maijonlar, sirg&#8217;alar, tillaqoshlar va boshqalar alohida o\u2018rin tutadi. Yuqori tabaqaga mansub kishilar qimmatbaho metalldan yasalib, toshlar bilan bezaklangan zargarlik buyumlari taqqan bo\u2019lsa, quyi tabaqa vakillari pasta va sirlangan loydan yasalgan bezaklarni taqib yurishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bosh kiyimlar shakli turlicha bo&#8217;lib, ular egasining ijtimoiy kelib chiqishini bildirib turgan. Qadimgi davidagi fir\u2019avnlaming bosh kiyimi old tomonida hukmdorlik ramzi &#8211; ko&#8217;zoynakli ilon ila bezaklangan toj va ikki qavatli yo\u2018l-yo\u2018l (ko\u2018k va sariq, oltin rang), uch burchak tarzida buklangan katta ro\u2018mol shaklida bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Fir\u2019avnning ayoli koshun yoki nilufar guli ramzi tushurilgan qalpoqcha kiygan. Kohinlar marosim paytida timsoh, lochin, ho\u2018kiz tasviri tushurilgan niqoblar kiyishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar ham, erkaklar ham o\u2018simlik tolasi yoxud echki yungidan qilingan pariklar taqishgan. Zodagonlan. pariklari mayda soch o\u2018rimlari yoki eshilgan arqon shaklidagi soch o\u2018rimlaridan iborat bo&#8217;lgan. Qullar va dehqonlar kichik pariklar yoki zig\u2018ir matosidan qalpoqlar kiyishgan. Erkaklar soqollarini qirib yurishgan. Odatda ular echki yungidan tayyorlangan sun\u2019iy soqolni lak bilan qotirib, metal iplar ila o\u2018rab taqib yurishgan. Fir\u2019avnning qudrati kub yoki uchburchak shaklidagi oltin soqol bo\u2018lgan. Soqol bog\u2018ichlar yordamida zamonaviy ko\u2018zoynaklardagi singari dujka yordamida quloqqa mahkamlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar yuziga pushti-qizil yog\u2018 upa surtib, kiprik va qoshlarini qoraga bo&#8217;yashgan bo&#8217;lsa, erkaklar kipriklarini yashil rangga bo&#8217;yaganlar. Qo\u2018l va oyoq timoqlari maxsus o&#8217;simlik &#8211; xina bilan qizg&#8217;ish sariq rangga bo\u2018yalgan. Misr liboslari galda boshqa xalqlar madaniyatiga ham o\u2018z ta\u2019sirini ko\u2018rsatib, uning elementlari qator xalqlar liboslarida bo\u2019y ko\u2019rsatgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Misr dunyo tarixida eng qadimgi davlat sanaladi. Ushbu mamlakat insoniyatning eng qadimiy madaniyat o\u2018choqlaridan biri bo\u2018lib, uning tarixi quyidagi davrlarga bo\u2019lib o\u2018rganiladi:a) qadimgi podshohlik (mil. avv. 3000-2400 yy); b) o\u2018rta &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimgi-misr-libosi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2668,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-2676","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2676","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2676"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2676\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2679,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2676\/revisions\/2679"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2668"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2676"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2676"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2676"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}