{"id":2687,"date":"2021-10-01T13:13:46","date_gmt":"2021-10-01T10:13:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2687"},"modified":"2024-07-22T09:16:42","modified_gmt":"2024-07-22T06:16:42","slug":"vatan-uchun-jonini-tikkan-jaloliddin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vatan-uchun-jonini-tikkan-jaloliddin\/","title":{"rendered":"Vatan uchun jonini tikkan Jaloliddin"},"content":{"rendered":"\n<p>Jaloliddin 300 kishi bilan Urganchdan chiqqandan keyin G\u2019azna shahariga borishni va bu yerda kuch to\u2019plashni rejalashtiradi. Ammo u Niso shahrining atrofiga kelganda 700 kishilik mo\u2019g\u2019ul askarlari bilan to\u2019qnashadi. Ikki tomon o\u2019rtasidagi jangda dushman kuchlari tor-mor etiladi. Jaloliddin ko\u2019p yarog\u2019-aslaha va boshqa narsalarni o\u2019ljaga oladi. U Nishopurga kelib atrof joylardagi hokimlarga birgalikda mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurashishni so\u2019rab maktublarni tarqatadi. Ammo unga Nishopurda turishlik xavfli bo\u2019lib qoldi. Chunki u mo\u2019g\u2019ul askarlari uni izlab kelayotganligi haqidagi xabarni oladi. Shu bois u 1221 yil fevral oyida G\u2019azanaga yo\u2019l oldi. Qandahor atrofida otasining qarindoshi Hirot hokimi Amin Malik 10 ming qo\u2019shini bilan kelib Jaloliddinga katta yordam ko\u2019rsatadi. Shuningdek Xalaj qabilasining boshlig\u2019i Sayfiddin Bo\u2019g\u2019roq, Balx hokimi A\u2019zam Malik, afg\u2019on lashkarboshisi Muzaffar Malik, qarluqlarning sardori al-Hasan bilan Jaloliddinga qo\u2019shiladilar. Bulardan tashqari Amin Malik degan kimsa ham o\u2019z qo\u2019shini bilan kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xo\u2019jand jangining qahramoni Temur Malik ham Jaloliddinning eng ishonchli kishisi sifatida faoliyat ko\u2019rsatmoqda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1221 yil bahorida Jaloliddin Qobul daryosining atrofidagi Valiyon qal\u2019asini qurshab turgan mo\u2019g\u2019ul askarlariga hujum qilib va ming kishini o\u2019ldirib g\u2019alaba qozondi. Mag\u2019lubiyat xabarini olgan Chingizxon \u201co\u2019zining tajribali sarkardalaridan biri \u2013 Shiki Xuthu degan kishini 45 ming qo\u2019shin bilan Jaloliddinga qarshi yuboradi. Mo\u2019g\u2019ullar Jaloliddin qo\u2019shini bilan Parvon degan mavzeda uchrashadi. Jaloliddin o\u2019z askarlariga otdan tushib, ot jilovini bellariga bog\u2019lagan holda piyoda bo\u2019lib jang qilishga farmon beradi. Ikki kun jang bo\u2019ladi. Mo\u2019g\u2019ullar charchaganidan so\u2019ng Jaloliddin o\u2019z askarlariga otga minib jang qilishga buyruq beradi. Mo\u2019g\u2019ullar bardosh berolmay qocha boshlaydilar. Jaloliddin bu jangda askarning o\u2019ng qanotini Temur Malikka, chap qanotini Sayfiddin A\u2019raqga topshirib, o\u2019zi markazda turgan. Endi mo\u2019g\u2019ullar hiyla-nayrang ishlatishga harakat qilib, har bir jangchi o\u2019zini zahirada yetaklab yurgan otining ustiga kigizdan odam shaklida qo\u2019g\u2019irchoq yasab, otga mindirib jangga kirsin degan buyruq beriladi. Ertasiga jangda mo\u2019g\u2019ullar safi ko\u2019payib, xorazmliklarni vahimaga soladi. Mo\u2019g\u2019ullarning hiylasini sezgan Jaloliddin o\u2019z askarlariga dalda berib, dushman hiylasini fosh qiladi va o\u2019z askarlarini jangga olib kiradi. Jaloliddin harbiy mahorat ko\u2019rsatib, mo\u2019g\u2019ullarni o\u2019rab xalqa ichiga oladi. Huthu no\u2019yon dushmanga bardosh berolmasligiga ko\u2019zi yetgach, qolgan askarni saqlab qolish uchun jang maydonini tashlab qochadi. Jaloliddin juda ko\u2019p o\u2019ljaga ega bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddinning dushman ustidan qo\u2019lga kiritgan ajoyib g\u2019alabasi shuni ko\u2019rsatadiki, agar rosmana ahillik va birdamlik bilan harakat qilinsa ko\u2019zlangan maqsadga erishish mumkin. Ammo, shunga qaramay g\u2019alabadan keyin lashkarboshilar o\u2019rtasida o\u2019ljalarni taqsimlanishida o\u2019zaro janjal ko\u2019tarildi. Oqibatida yordamga kelgan afg\u2019onlar, xalajlar va qarluqlar Jaloliddinni tashlab ketdilar. U ularni tinchitish va yarashtirishga ko\u2019p harakat qildi, lekin shaxsiy manfaatlar va johillik ustun kelib foydasi bo\u2019lmadi. Shundan keyin Jaloliddinning harbiy kuchi juda zaiflashib dushmanga qarshi kurashni davom ettirishning imkoni qolmadi. Bu vaqtda Parvondagi mag\u2019lubiyatdan g\u2019azablangan Chingizxon Jaloliddinga qarshi shaxsan o\u2019zi katta qo\u2019shin bilan yo\u2019lga chiqdi. Bundan xabar topgan Jaloliddin G\u2019aznadan chiqib Hindiston tomonga yo\u2019l oladi. Oradan ikki hafta o\u2019tgandan keyin Chingizxon G\u2019azanani bosib oldi. So\u2019ngra Jaloliddindan ajralib ketgan afg\u2019onlar, halajlar va qarluqlarning barchasini qirib tashladi. Chingizxon harbiy qismni Jaloliddinni izlab topish uchun yuboradi. Bu harbiy qism G\u2019aznaning atrofidagi G\u2019ardiz degan joyga kelganda unga Jaloliddin hujum qilib, tor-mor etadi. U Chingizxonni katta kuch bilan kelishini anglab, Sind daryosi orqali Hindistonga o\u2019tish maqsadida u tomonga ketadi. U bu yerga yetib kelganda Chingizxon katta qo\u2019shin bilan paydo bo\u2019ladi. Shu tariqa Jaloliddin daryo bilan dushman o\u2019rtasida qoladi. Bu shiddatli jang uch kun davom etadi. U bir ma\u2019lumotda 1221 yil 23-25 noyabrda, ikkinchisida 1223 yilning avgustida bo\u2019lgan. Uni Mirzo Ulug\u2019bek quyidagicha ta\u2019riflaydi: \u201cJaloliddin bahodirlik otini kurash maydoniga solib, totor kofirlaridan ko\u2019pini halokat tuprog\u2019iga qoradi va hech bir kulfatsiz jang qildiki, agar Rustami doston tirik bo\u2019lganida, unga bo\u2019lgan muhabbati yopig\u2019ini o\u2019z yelkasiga solgan bo\u2019lardi. Agar kumushtan Isfandiyor bu jangni mushohada qilganda, uning xizmatida qullik lavozimini jonu dili bilan qabul qilgan bo\u2019lardi\u2026 Sulton Jalolddin lashkarining qalbida yetti yuzta mard bilan birga mardonalik oyog\u2019ini yerga mahkam qo\u2019yib, tongdan to tush paytigacha qarshilik ko\u2019rsatib, ularni chapdan o\u2019ngga, o\u2019ngdan chapga quvdi va har bir hamlada qanchalab tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo\u2019yar edi. Agar bu jangni Zolning o\u2019g\u2019li ko\u2019rsa edi, u Sulton Jaloliddinning qo\u2019lini o\u2019pgan bo\u2019lardi. Chingizxonning lashkari behisob edi, ular soatma-soat ko\u2019payib borishardi va goh-goh kurash maydonini Jaloliddin uchun tang qilar edilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu satrlarda Jaloliddin qo\u2019shinining ancha ozligiga qaramay qahramonlarcha jang qilib mo\u2019g\u2019ullarning talay qismini o\u2019ldirganligi bayon etilgan. Boshqa tarixiy manbalarda ham Jaloliddinning jasorati va harbiy mahoratiga yuqori baho berilgan. Agar unga qo\u2019shimcha yordam kuchlari kelganda bu gal ham g\u2019alabaga erishishi turgan gap edi. Ha, u yolg\u2019iz edi, faqat bir necha ming sodiq askarlari bo\u2019lib ular \u201cbir tomchi\u201d qon qolguncha kurashdilar. Bu jang xususida Mirzo Ulug\u2019bek so\u2019zini davom ettirib: \u201cMo\u2019g\u2019ullar Sulton Jaloliddinning (jang maydonida) qo\u2019lga tushiray deb qolganlaridan keyin Xon Sultonning o\u2019g\u2019li Axos Malik Sulton Jaloliddin otining jilovidan tutib, orqaga olib chiqdi. Sulton yuragi giryon, ko\u2019zlari nogiron bo\u2019lib, bolalari va o\u2019g\u2019illari bilan minglab dardu firog\u2019 ila vidolashib, qora to\u2019riq otini minib, mo\u2019g\u2019ullarning behisob qo\u2019shiniga yana hamla qildi. Ularni orqaga surib tashlab, so\u2019ng jilovni orqaga tortdi. Sovutini yelkadan tashlab, chatrini qo\u2019lga oldi, cho\u2019bini yerga otib, otiga qamchi bosdi. Sind daryosi qirg\u2019og\u2019idan to uzan (suv)gacha o\u2019n gazdan ortiqroq edi. U otni daryoga haydadi. Lashkardan bir to\u2019dasi unga ergashgan edi, mo\u2019g\u2019ullarning o\u2019qidan, yo\u2019qlik dengiziga g\u2019arq bo\u2019ldi\u2026 Aytishlaricha, suvda qatl etilgan murdalarning ko\u2019pchiligiga shu darajada o\u2019q tekkan ediki, suv o\u2019liklarning qoni bilan qip-qizil bo\u2019lib ketgan edi\u201d. Jaloliddin daryodan sog\u2019-salomat suzib narigi qirg\u2019oqda dam olayotganda odamlaridan yetti kishi suvdan chiqib, unga qo\u2019shiladi. Jaloliddinning mohir lashkarboshiligi, jasorati va mardligi shaxsan Chingizxonni lol qoldirgan edi. U uning sha\u2019niga maqtov so\u2019zlarini izhor etib: \u201cOtadan dunyoda hali bunday o\u2019g\u2019il tug\u2019ilmagan. U sahroda sher kabi g\u2019olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi botir. Qanday qilsinki, hali hech kim taqdir bilan hech bir mojaroda teng kelolmagan. Lekin u mardlikning dodini berdi. Qazoi qadar qarshisida qudrat qo\u2019lini (mardona) ochdi. Mardlik bilan undan (qazo) qutulib bo\u2019lmaydi\u201d. U o\u2019g\u2019illariga yuzlandi va dedi: \u201cOtaga shunday o\u2019g\u2019il zarurki, u ikki girdob \u2013 olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni aytish lozimki, Jaloliddinning oila a\u2019zolari ham jasorat va mardlik, vatanga sodiqlik namunalarini ko\u2019rsatdi. O\u2019sha Sind daryosining qirg\u2019og\u2019idagi jangda Sulton Jaloliddinning 7-8 yashar o\u2019g\u2019li asirlikka olinib Chingizxon huzurida o\u2019ldirilgan edi. Uning onasi, xotini va boshqa ayollar dushman qo\u2019liga tushgandan ko\u2019ra o\u2019lganimiz yaxshi deyishib, dod-faryod bilan o\u2019zlarini daryoga cho\u2019ktirilishini Jaloliddindan yolvorib so\u2019rashdi. Haqiqatan ham ularni dushman qo\u2019lida o\u2019lishlari turgan gap edi. Buni yaxshi bilgan Jaloliddin qat\u2019iy talablarga binoan daryoga qayg\u2019u-alam bilan cho\u2019ktiradi. Ma\u2019lum vaqtdan keyin daryodan omon-eson suzib chiqqan 4 ming askarlari Jaloliddinga qo\u2019shildi. Shuningdek jangda tirik qolib, daryodan o\u2019tgan lashkarboshilar \u2013 Kulbars Bahodir, Kabkux, Sa\u2019daddin Ali ash-Sharobdorlar kelishadi. Bu katta xursadchilikni uyg\u2019otib, bamisoli onadan yangi tug\u2019ilgandek bo\u2019lishgan. Jaloliddinning keyingi faoliyati Hindistonda kechdi. U bu yerda uch yil mobaynida unga qarshi bosh ko\u2019targan ayrim mahalliy hokimlar boshchiligidagi askarlarga zarba beradi. Hamda o\u2019z mavqeini ancha mustahkamlab oladi. Biroq unga qarshi kuchlarning zo\u2019rayishi orqasidan Eronga yo\u2019l oladi. Bu yerda u Xorazmshohlar davlati nomidan hukmdorlik qilayotgan ukasi G\u2019iyosiddin Pirshohni qarshiligini yengib, o\u2019ziga bo\u2019ysindiradi. Qariyb butun Eronni egallagan Jaloliddin Ozarbayjonni ham qo\u2019lga olishga harakat qildi. Natijada u bu mamlakatni bo\u2019ysindirib, Xorazmshohlar davlatining bu yerdagi ilgarigi hukmronligiga tiklaydi. Tabriz shahari bu davlatning poytaxtiga aylantiriladi. Shuningdek Jaloliddin to\u2019rt yil mobaynida Tiflisda hukmronlik qilib Xorazmshohlar davlatining mavqeini ancha oshiradi. Butun umri xavf-xatar va janglarda o\u2019tib, tinchlik va xotirjmlikni bilmagan Jaloliddin 1231 yil 16 avgustda Kurdiston tog\u2019ida bir kurd kishisi tomonidan o\u2019ldiriladi. Bu xususda taniqli Turkiya olimi Oydin Tonariy shunday yozadi: \u201cSultonning o\u2019limi to\u2019g\u2019risida tarixchilar bergan ma\u2019lumotlar aksariyat bir-biriga o\u2019xshashdir. Fikrimizcha bu masalada Nasafiy bilan Juvayniyning ma\u2019lumotlari eng to\u2019g\u2019risidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullarning 15 suvoriysi Sultonni ta\u2019qib qilishga tushdi. Ulardan ikkitasi unga yetib oldi. Sulton bir hamlada ularning ikkovini ham o\u2019ldirdi va yana qochdi. U baland toqqa tirshamli va qaroqchi kurdlarga duch keldi. Kurdlar uni o\u2019ldirmoqchi bo\u2019lganlarida Sulton ularning boshlig\u2019iga: \u201cMen Sultonman. Meni o\u2019ldirishga shoshilmang. Meni yo Malik Muzaffar Shahobiddin huzuriga yoki meni o\u2019lkalarimdan biriga olib bor, seni amir qilib tayinlayman\u201d, dedi. Qaroqchilar boshlig\u2019i ikkinchi taklifni qabul qildi va Sultonni o\u2019z ovuliga olib ketdi. So\u2019ng u Sultonni xotiniga topshirib, ot topib kelish uchun ketdi. Biroq ko\u2019p o\u2019tmay nayza ko\u2019targan boshqa bir kurd kirib keldi va xotindan: \u201cBu xorazmlik kim? Uni nega o\u2019ldirmayapsizlar?\u201d deb so\u2019radi. Xotin: \u201cXo\u2019jayinim unga omonlik berdi. Chunki u Sulton ekanini so\u2019zladi\u201d, dedi. Kurd: \u201cBu gapga qanday ishonish mumkin? Ular Oxlatda bundan ham azizroq ukamni o\u2019ldirdilar\u201d, dedi va bir nayza zarbi bilan Jaloliddinni o\u2019ldirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oradan bir oz fursat o\u2019tgach, Mayaforiqin hokimi Malik Muzaffar toqqa odam yuborib Sultonga tegishli narsalarni, oti, egari, mashhur qilichi va boshidagi kokili (tilsimli)ni oldirdi. Jaloliddinning yaqinlari bu narsalar Sultonniki ekanligini tasdiqladi. Malik Muzaffar Jaloliddinning jasadini Mayaforikinga keltirib dafn qildirdi. Biroq bu yerga ko\u2019milgan boshqa ko\u2019pgina ulug\u2019 odamlar singari Jaloliddinning qabri qayerda ekanligini aniqlashni iloji bo\u2019lmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Juvayning yozishicha, Jaloliddin Amid tog\u2019lariga chiqib olgach, tunash uchun chodir tiklagan. Kurdlardan tashkil topgan bir guruh kishilarning qimmatbaho kiyimlarini tortib olish uchun \u201cnima qilayotganlarini va qanday inson ekanligini bilmasdan Sultonning ko\u2019ksiga xanjar urib o\u2019ldirdilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin vafoti Turkiston, Eron, Afg\u2019oniston, Hindiston va Kavkazdagi barcha mo\u2019g\u2019ullarga qarshi xalqlar uchun nihoyatda katta yo\u2019qotish hisoblandi. Chunki uning asosiy maqsadi ularni va musulmon dinini mo\u2019g\u2019ullardan himoya etishdan iborat edi. Shuning uchun u ko\u2019rsatilgan mamlakatlarda ko\u2019p mingli qo\u2019shinni va kurashni tashkil etishga erishadi. Vaholanki u Xorazmdan bor-yo\u2019g\u2019i 300 kishi bilan chiqib ketgan edi. Ammo Jaloliddin xorijiy mamlakatlarda ikki tomonlama, ya\u2019ni mo\u2019g\u2019ullarga va muxolifatdagi kuchlarga qarshi tinimsiz jang qildi. Bu kuchlar ko\u2019proq shaxsiy manfaatlarini o\u2019ylab va nodonlik qilib Jaloliddin olib borayotgan ozodlik kurashlariga katta ziyon keltirdi. Jaloliddin bu o\u2019ta zararli harakatlarni bartaraf qilish yo\u2019lida ko\u2019p askarlari va mablag\u2019ini yo\u2019qotdi. Bu holat mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurashga salbiy ta\u2019sir etib ularni g\u2019alabasi uchun keng imkoniyatlarni yaratdi. Jaloliddin o\u2019limidan keyin mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurashni mohirlik bilan boshqaradigan hukmdor yoki lashkarboshi ko\u2019rinmadi. Natijada 1258 yilda xalifalikning poytaxti Bag\u2019dod mo\u2019g\u2019ullar tomonidan egallanib vayronaga aylantirildi. Ko\u2019p yoshu-qari kishilar halok etildi. Vaholanki, xalifalik o\u2019z vaqtida Chingizxonga xat yuborib, Xorazmshohlar davlatiga qarshi urush ochishga chaqirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddinning zamondoshlari uning ozodlik kurashiga yuqori baho bergan. Chunonchi, Ziyo Buniyodovning ma\u2019lumoyiga ko\u2019ra qotil kurdlar Jaloliddinning qimmatli bezaklari va egar-jabduqlarini olishgan. Ulardan biri uning libosini kiyib va qurollarini o\u2019ziga osib Amid degan joyda gerdayib yurganda Jaloliddinning yaqinlaridan biri Mayaforiqning hokimi Al-Malik al-Alshafga ma\u2019lum qiladi. Bu kishini Jaloliddinga nisbatan dushmanchiligi bor edi. Ammo, u adolat yuzasidan uning bevaqt o\u2019limidan qattiq qayg\u2019uradi. U qotil kurdni o\u2019ldirish, u yashayotgan qishloq aholisining barchasini qirib tashlash haqida ko\u2019rsatma beradi. Jaloliddinning liboslari va qurollarini toptiradi. U huzuridagi kishilarga deydi: \u201cSiz meni uni o\u2019limi bilan tabriklayapsizlarmi? Biroq siz buning samarasini yig\u2019asiz, chunki Alloh nomi bilan qasam ichamanki, uning halokati mo\u2019g\u2019ullarning islom yerlarini istilo qilishlarini anglatadi. Endi biz bilan ya\u2019juj va ma\u2019juj o\u2019rtasida devor bo\u2019lib turgan Xorazmshohlardek biror kimsa yo\u2019q.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat mo\u2019g\u2019ul bosqinchiariga qarshi kurashishda Jaloliddinga tenglashadigan ko\u2019zga tashlanmadi. Shuning uchun ham uning vafotidan so\u2019ng shon-shuhrati so\u2019nmadi. Hatto uni o\u2019ldirilmaganligi haqida ovozalar keng tarqaldi. U haqda afsonalar to\u2019qildi. Oydin Tonariyning ko\u2019rsatishicha, Jaloliddinning darveshlar orasida so\u2019fiy kiyimida turli mamlakatlarda yurganligi haqida so\u2019zlar tarqalgan. Iroqi ajam hokimi esa gaplarni inobatga olib Jaloliddinni qidirtirgan. 1236 yilda Mozandaron mintaqasida bir kishi o\u2019zini Jaloliddin deb qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019taradi. U Jaloliddining ozodlikni ramzi hisoblab mo\u2019g\u2019ullarga qarshi qo\u2019zg\u2019olon uyushtirgan, albatta. Ammo u fosh etilib, mo\u2019g\u2019ullar tomonidan osib o\u2019ldirildi. 1254 yilda Amudaryo bo\u2019yida bir kishi o\u2019zini Sulton Jaloliddin ekanligi haqida gap tarqatadi. U qo\u2019lga olinadi, lekin umrini oxirigacha o\u2019z so\u2019zidan qaytmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib Sulton Jaloliddinning mustaqillik va ozodlik ramzi sifatida dong\u2019i olam uzra taraldi. Bu yo\u2019lda uning hayoti va jo\u2019shqin faoliyati g\u2019oyatda xavf-xatarli, murakkab va o\u2019zaro ziddiyat va kurashlar sharoitida kechdi. U xotirjamlik va osoyishtalikni ko\u2019rmay u mamlakatdan bu mamlakatga, u shahardan bu shaharga, cho\u2019lu, tog\u2019u-toshlab bo\u2019ylab kezib yurishga majbur bo\u2019ldi. U barcha qiyinchiliklar va azob-uqubatlarni, hatto o\u2019limni bo\u2019yniga olib turli xalqlarni Xorazmshohlar davlatining bayrog\u2019i ostiga birlashtirish uchun tinimsiz kurashdi. Bundan ko\u2019zlangan asosiy maqsad ularni mo\u2019g\u2019ullarning tajovuzi va hukmronligidan xoli etib, mustaqillik va ozodlikni ta\u2019minlashdan iborat edi. Zero, u o\u2019zbeklar, eronliklar, hindlar, ozarbayjonlar, afg\u2019onlar va boshqa xalqlarning umum manfaatlari uchun kurashgan buyuk davlat arbobi va mashhur lashkarboshi edi. U o\u2019zinig oliy fazilatlari bilan ham hurmat va izzatga sazovor bo\u2019lgan. Shahobiddin Nasaviy uni shunday ta\u2019riflaydi: \u201cQorachadan kelgan, o\u2019rta bo\u2019yli, tili bo\u2019yicha turk, lekin forscha ham so\u2019ylar edi. Uning jasoratiga kelganda, u sherlarning sheri edi va otliq yigitlar ichida eng dovyuragi edi. U yumshoq edi, jahli chiqmas edi va so\u2019kinasdi ham. U jiddiy edi, hech qachon kulmasdi, faqat jilmayardi va kamgap edi. U adolatni sevardi, biroq, u duch kelgan suronli yillar uning ustidan g\u2019alaba va uning fe\u2019lini o\u2019zgartirdi. U fuqarolarning hayotini osonlashtirishni yoqtirardi, lekin tanazzul paytida boshqargani uchun jabr qilishga bordi. Jaloliddin og\u2019ir holatlarda matonatli edi va mashaqqatli sinovlarda sovuqqon edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak Jaloliddin yuz yillarda bir keladigan tom ma\u2019nodagi davlat arbobi hisoblanib, o\u2019zida oliy fazilatlarni mujassamlashtirgan tarixiy shaxs bo\u2019lgan. U barcha erksevar xalqlarning qalbida o\u2019chmas iz qoldirgan edi. U bilan bir tan, bir jon bo\u2019lib ozodlik yo\u2019lida jang qilgan minglab o\u2019zbeklarning katta xizmatlarini ham ko\u2019rsatish ayni muddaodir. Ular uy-joylari va bola-chaqalarini tashlab mo\u2019g\u2019ullarga qarshi 11 yil mobaynida mardonavor kurashdilar. Jaloliddinning vafotidan keyin ular o\u2019z ona yurtiga qayta olmadilar. Chunki bu yerda mo\u2019g\u2019ullar hukmronlik qilmoqda edilar. Shu bois ular xorazmliklar nomida xorijiy mamlakatlarda yashashga majbur bo\u2019ldilar. Vatan va oilalarning diydorini ko\u2019rolmay qayg\u2019u-alamda dunyodan o\u2019tdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin vafotidan keyin lashkarboshilari amir Hisomiddin Kirxon Malikni taxtga o\u2019tqazdilar. Biroq u o\u2019zining qobiliyatsizligi orqasidan hokimiyatni ushlab turolmadi. Bebosh qolgan xorazmliklar Turkiyadagi u yoki bu viloyat hokimlarining xizmatida bo\u2019lishga majbur bo\u2019ldilar. Ular Misr va Suriyada ham harbiy yurishlarda qatnashdilar. Umuman aytganda vaqtlar o\u2019tishi bilan xorazmliklarning harbiy salohiyati zaiflashib turli joylarga tarqalib ketishadi. Natijada xorazmliklarning qoldiqlari Misrda, Suriya shimolida, Iroqda va Anado\u2019lining janubi-g\u2019arbida o\u2019troq bo\u2019lib qoldilar. Xorazmliklarning avlodlari hozirgi kunda ham Iroqning shimolida Mosul va Kirko\u2019k atrofidagi qishloqlarda yashaydilar, ular o\u2019zlarini Turkman deydilar. Anado\u2019lida ular hurzumlu deb ataladilar va hozirgi kunda hurzum (Xorazm) deb ataladigan qishloqlarda yashaydilar. Shunday qishloqlardan sakkiztasi Egey dengizi sohilida Manisa (Turkiya) viloyatida joylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibn Bibining xabar qilishicha, Xorazm Jaloliddin Manguberdining o\u2019limidan so\u2019ng uning amirlaridan biri \u2013 Saruxon Qunyo Sultoni Aloviddin Qayqubod I ning xizmatiga o\u2019tadi. Turk olimlarining taxmin qilishicha shu Saruxon Manisa viloyatida hukm surgan Saruxoniylar sulolasiga asos solgan. Bu sulola 815 (1412) yilgacha hukm surgan. Xorazmliklar Sharqiy Anado\u2019lidagi Kushahiya va Alashehr viloyatlarida o\u2019trohlashib qolgan. Ularning avlodlari endi Ho\u2019rzo\u2019m ashirai O\u2019vachiq, Ho\u2019rzo\u2019m Alayaka, Ho\u2019rzum Sazdaryo, Ho\u2019rzo\u2019m Keserlar, Ho\u2019rzum Enbelli qishloqlarida yashaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bulardan tashqaru Urfa viloyatida Xorazm deb ataladigan uch qishloq bo\u2019lib ularda Suriyadan qochgan xorazmliklarning avlodlari yashaydi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Jaloliddin boshliq minglab o\u2019zbeklar mustaqillik va ozodlik uchun jonlarini fido aylab begona mamlakatlarda qolib ketdilar. Bunday vatanga o\u2019ta sodiqlikni tarix hech qachon unutmaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jaloliddin 300 kishi bilan Urganchdan chiqqandan keyin G\u2019azna shahariga borishni va bu yerda kuch to\u2019plashni rejalashtiradi. Ammo u Niso shahrining atrofiga kelganda 700 kishilik mo\u2019g\u2019ul askarlari bilan to\u2019qnashadi. Ikki tomon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vatan-uchun-jonini-tikkan-jaloliddin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-2687","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2687","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2687"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2687\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2775,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2687\/revisions\/2775"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2687"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2687"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2687"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}