{"id":2700,"date":"2021-10-01T14:42:57","date_gmt":"2021-10-01T11:42:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2700"},"modified":"2025-10-30T10:23:55","modified_gmt":"2025-10-30T07:23:55","slug":"sharof-rashidov-1917-1983-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sharof-rashidov-1917-1983-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Sharof Rashidov (1917-1983) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. Narimonov nomidagi o\u2018rta maktabda dastlabki ma\u2019lumotni olgach, Jizzaxdagi pedagogika texnikumida o\u2018qigan. 1941 yilda esa Samarqand davlat universitetini tugatgan. Shundan so\u2018ng u muallim va muxbir sifatida faoliyatini boshlagan. 1938\u20141941 yillarda Samarqand viloyatining \u00abLenin yo\u2018li\u00bb gazetasida ishlaydi.&nbsp; 1941 \u20141942 yillarda urushda qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944\u20141947 yillarda Samarqand viloyat partiya tashki-lotining kotibi bo\u2018lib faoliyat ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1947\u20141949 yillarda \u00abQizil O\u2018zbekiston\u00bb (\u00abO\u2018zbekiston ovozi\u00bb) gazetasiga muharrirlik qiladi. 1949\u20141950 yillarda O\u2018zbekiston Yozuvchilari uyushmasining raisi, 1950\u2014 1959 yillarda O\u2018zbekiston Oliy Kengashi rayosatining raisi, 1959\u20141983 yillarda O\u2018zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi bo\u2018lib ishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sh. Rashidovning ijodi 30-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan. U dastlab she\u2019riyatda qalam tebratib, \u00abSamarqand kuylari\u00bb nomi bilan birinchi she\u2019riy to\u2018plamini e\u2019lon qilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan she\u2019rlari 1945 yilda \u00abQahrim\u00bb to\u2018plamida chop etilgan. U ayni chog\u2018da adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharof Rashidov ijodida maqolanavislik muhim o\u2018rinni egallaydi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchilik qiladi. Adibning \u00abG\u2018oliblar\u00bb (1953) qissasi 1972 yilda qayta ishlanib, \u00abG\u2018oliblar\u00bb romani sifatida nashr etiladi. \u00abBo\u2018rondan kuchli\u00bb (1958), \u00abQudratli to\u2018lqin\u00bb (1964) romanlari yaratiladi. Ularda o\u2018zbek xalqining urushdan keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati o\u2018z badiiy ifodasini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ijodkorning \u00abKashmir qo\u2018shig\u2018i\u00bb (1957), \u00abKomde va Mudan\u00bb (1959) kabi lirik qissalari va \u00abKoinot\u00bb (1960) kabi kinoqissasi an\u2019anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo\u2018lib, yoshlik, bahor, go\u2018zallik, hayot nashidasi madhiga bag\u2018ishlangan. Adib hayotining so\u2018nggi yillarida yaratgan \u00abDil amri\u00bb qissasi urush yillarida Belorus zaminida kechgan jangchilarning g\u2018alaba yo\u2018lida olib borgan hayot-mamot kurashi tasviriga bag\u2018ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1981\u20141983 yillarda adibning besh jildlik asarlari rus va o\u2018zbek tillarida chop etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>U 1983 yilning kuzida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. Narimonov nomidagi o\u2018rta maktabda dastlabki ma\u2019lumotni olgach, Jizzaxdagi pedagogika texnikumida o\u2018qigan. 1941 yilda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sharof-rashidov-1917-1983-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2701,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-2700","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2700","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2700"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2700\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163272,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2700\/revisions\/163272"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2701"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2700"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2700"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2700"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}