{"id":27000,"date":"2022-05-20T13:03:03","date_gmt":"2022-05-20T10:03:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27000"},"modified":"2022-05-20T13:03:04","modified_gmt":"2022-05-20T10:03:04","slug":"beshyogoch","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/beshyogoch\/","title":{"rendered":"BESHYOG&#8217;OCH"},"content":{"rendered":"\n<p>BESHYOG&#8217;OCH, Beshog&#8217;och \u2014 o&#8217;tmishda Toshkentdagi to&#8217;rt dahadan biri. &#8220;Tarixi jadidai Toshkand&#8221; asarida (19-asr) Zangiota dahasi nomi bilan qayd etilgan. Daha nomi ba&#8217;zi olimlar (H.Hasanov) fikricha, qadimgi turkiy uzunlik, masofa o&#8217;lchovi \u2014 og&#8217;ochdan olingan (1 og&#8217;och \u2014 7-8 kilometr). Muhammad Solihning &#8220;Tarixi jadidai Toshkand&#8221; asarida daha nomi Beshyog&#8217;och qavmi, toifasi nomidan olingani aytilgan. S. Qorayevning ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, o&#8217;zbek qo&#8217;ng&#8217;irotlari tarkibida Beshog&#8217;och urug&#8217;i bor. Toshkentning Janubiy-g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Ko&#8217;kcha, Sebzor, Shayxontohur dahalari bilan tutash bo&#8217;lgan. Beshyog&#8217;ochning chegarasi shimoli-g&#8217;arbdan quyi Bo&#8217;zsuv bo&#8217;ylab (hozirgi Uyg&#8217;ur va Samarqand darvoza ko&#8217;chalari oralig&#8217;idan), Sharq tarafdan Beshyog&#8217;och \u2014 Xadra yo&#8217;nalishi bo&#8217;ylab (hozirgi Furqat ko&#8217;chasidan) o&#8217;tgan. Dahaning Janub tomonida bog&#8217;-rog&#8217;lar joylashgan. Beshyog&#8217;och hududidan Chuqurko&#8217;prik va Zaxariq jarliksoylari o&#8217;tgan. Beshyog&#8217;ochdagi me&#8217;moriy yodgorliklardan Abulqosim Shayx madrasasi mashhur. Dahada shaharning 3 darvozasi (Samarqand, Kamolon, Beshyog&#8217;och). 75 masjid, 3 madrasa (Abulqosimxon, Xoja Ahror, Ko&#8217;kaldosh), ko&#8217;plab xumdonlar bo&#8217;lgan. N.Mayevning ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, 1876 yil Beshyog&#8217;ochda 1400 xonadon (12450 kishi) yashagan. Beshyog&#8217;och o&#8217;zining bog&#8217;lari, misgarlik buyumlari bilan shuhrat qozongan. Beshyog&#8217;ochning Samarqand darvozasidan bir farsax (6-7 kilometr) narida Zangiota (Cho&#8217;ponota mozori) joylashgan. 19-asr o&#8217;rtalarida bu yerda Beshyog&#8217;ochliklar har yili qovun sayli o&#8217;tkazishgan. 20-asr boshlarida Beshyog&#8217;ochda 75 ta mahalla bo&#8217;lgan. Bo&#8217;zsuv dahani 2 qismga ajratgan, so&#8217;l qirg&#8217;ogining ayrim qismigina Ko&#8217;kcha dahasiga tegishli bo&#8217;lib, unda ko&#8217;nchilik zavodlari va bog&#8217;lar joylashgan. Beshyog&#8217;och dahasi anhordan suv oladigan bir qancha ariqlardan suv ichgan: Jartegirmon \u2014 dahaning Chorsu, Qo&#8217;ybozor, Mirlar, Suzukota mahallalaridan oqib o&#8217;tib, Suzukotada yangi nom bilan kichik Bo&#8217;zsuv atalib, shimolga Samarqand darvoza tomon oqib, devor tagida chuqur jarlik hosil qilgan, keyinchalik Toshkentning eng xushmanzara joylaridan oqib o&#8217;tib Bo&#8217;zsuvga quyilgan; katta tanishar \u2014 Chuqurko&#8217;prik, Darxon va Chaqar mahal-lalarini sug&#8217;orib Bo&#8217;zsuvga quyilgan. Bu 2 ariq orasida anhordan chiqarilgan kichik tanishar ariq O&#8217;qchi, Eskio&#8217;rda, Qoratosh, Ko&#8217;kmasjid, sarfaroz, Jirlik masjiddan oqib o&#8217;tib Suzukota mahallasida izi yo&#8217;qolgan; Arpapoya\u2014 Arpapoya va ters mahallalaridan o&#8217;tib katta tanisharga quyilgan; Quburariq shahar darvozasidan tashqarida anhordan boshlanib Kamolon darvozasi yonidan shahar ichiga kirgan va Yangi, Kamolon, Chaqar va Eshonguzar mahallalarini sug&#8217;organ, so&#8217;ngra Katta Tanisharga quyilgan; Alamdor \u2014 shu nomdagi avliyo qabri yonidan boshlanib shaharga Kamolon va Samarqand darvozalari o&#8217;rtasidan kirgan, Eshonguzar va Samarqand mahallalarini sug&#8217;orib, katta Tanisharga quyilgan. Bu ariqlar dahadagi ko&#8217;chalardan o&#8217;tgan kichik ariqchalarning asosi hisoblangan. Beshyog&#8217;och dahasining bog&#8217;va ekinzorlari Bo&#8217;rjar (anhorning Jan. tarmog&#8217;i) va Zaxariklardan suv ichgan, ular Bo&#8217;zsuvga quyilgan. Beshyog&#8217;och dahasida 3 ta karvonsaroy hamda kichik tanishar arig&#8217;i bo&#8217;yida joylashgan 13 ta tegirmon bo&#8217;lgan. Daha aholisining asosiy mashg&#8217;uloti dehqonchilik, bog&#8217;dorchilik, g&#8217;isht ishlab chiqarish, hunarmandchilik (etikdo&#8217;zlik, bo&#8217;yoqchilik, temirchilik, chilangarlik) va baqqollikdan iborat bo&#8217;lgan. Dahada 8 ta bozor bo&#8217;lib, ular baland masjid, Zevak, Tersariq, sarfaroz, yangi, Eshonguzar mahallalarida, shuningdek, 2 tasi Chorsuda joylashgan. Chorsuda 2 bozor, qo&#8217;y bozor va tuya bozor bo&#8217;lib, Eshonxon madrasasining vaqf yerlarini tashkil etgan. Beshyog&#8217;ochdagi madrasalarning har birida 60 tadan 100 tagacha mullavachcha o&#8217;qigan. Bundan tashqari dahada 16 ta uy maktabi, shuningdek, har bir masjid qoshida bittadan maktab mavjud bo&#8217;lgan. Har bir 15 xonadonga 1 ta maktab to&#8217;g&#8217;ri kelgan. Chor Rossiyasi qo&#8217;shinlari shahar devorini Kamolon darvozasi oldidan yorib kirib (1865 yil), Kamolon tepaligi va Kamolon ko&#8217;chasi bo&#8217;ylab shaharga hujum qilganlar. Mustaqillik davrida Beshyog&#8217;och tubdan rekonstruktsiya qilinib, obodonlashti-rilgan. Ad.: Mayev N., Aziatskiy Tashkent, SPb, 1876; Masalskiy V..I., Turkestanskiy kray, Rossiya, t. 19, Spb, 1913; Malliskiy N G., Toshkent ma\\alla va mavzelari, T., 1995. Mashhura Sharipova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BESHYOG&#8217;OCH, Beshog&#8217;och \u2014 o&#8217;tmishda Toshkentdagi to&#8217;rt dahadan biri. &#8220;Tarixi jadidai Toshkand&#8221; asarida (19-asr) Zangiota dahasi nomi bilan qayd etilgan. Daha nomi ba&#8217;zi olimlar (H.Hasanov) fikricha, qadimgi turkiy uzunlik, masofa o&#8217;lchovi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/beshyogoch\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-27000","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27000","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27000"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27000\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27001,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27000\/revisions\/27001"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27000"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27000"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27000"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}