{"id":2703,"date":"2021-10-01T14:45:21","date_gmt":"2021-10-01T11:45:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2703"},"modified":"2025-10-30T10:23:53","modified_gmt":"2025-10-30T07:23:53","slug":"cholpon-1897-1938-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/cholpon-1897-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Cho\u2018lpon (1897-1938) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o\u2018g\u2018li Cho\u2018lpon 1897 yilda Andijonning Qatorterak mahallasida savdogar oilasida dunyoga kelgan. Otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus o\u2018g\u2018li (1874 \u2014 1929) dastlab dehqonchilik, so\u2018ngra bazzozlik bilan shug\u2018ullangan. Taniqli jurnalist va yozuvchi Mo\u2018minjon Muhammadjonov \u00abTurmush urinishlari\u00bb kitobida qayd etishicha, Cho\u2018lponning otasi Sulaymonqul o\u2018z davrining yetuk ziyolisi, ma\u2019rifatparvar kishisi bo\u2018lgan.&nbsp; U \u00abRasvo\u00bb taxallusi bilan she\u2019rlar ham yozgan, devon yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lpon avval eski maktabda, so\u2018ngra madrasalar va rus-tuzem maktabida tahsil olib, arab, fors va rus tillarini mukammal o\u2018zlashtiradi. Mutolaa yo\u2018li bilan esa turk, nemis va ingliz tillarini o\u2018rganadi. Sharq va G\u2018arb ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan oziqlanadi. Firdavsiy, Sa\u2019diy, Hofiz, Umar Hayyom, Alisher Navoiy kabi buyuk so\u2018z san\u2019atkorlari ijodini mehr bilan o\u2018rganadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lpon dunyoqarashi va ijodining shakllanishiga asr boshlaridagi demokratik inqiloblar hamda jadidchilik harakati katta ta\u2019sir ko\u2018rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lponning ijodi 1913\u20141914 yillardan boshlangan bo\u2018lib, u avval \u00abQalandar\u00bb, \u00abMirzaqalandar\u00bb, \u00abAndijonlik\u00bb va nihoyat \u00abCho\u2018lpon\u00bb (Tong yulduzi) taxallusi bilan ijod qildi. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida o\u2018z xalqi adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo\u2018shadi. Cho\u2018lponning dastlabki asarlari \u00abSadoi Turkiston\u00bb, \u00abSadoi Farg\u2018ona\u00bb kabi mahalliy gazetalarda, shuningdek, Orenburgda chiqadigan \u00abSho\u2018ro\u00bb jurnalida nashr etiladi. Cho\u2018lponning \u00abIshtirokiyun\u00bb, \u00abQizil Bayroq\u00bb, \u00abTurkiston\u00bb, \u00abBuxoro axbori\u00bb kabi gazetalardagi faoliyati ham uning ijodiy shakllanishida maktab bo\u2018lib xizmat etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lpon ocherknavis va publitsist sifatida ham barakali ijod qildi. Bu borada ayniqsa, uning \u00abAdabiyot nadir?\u00bb, \u00abMuhtaram yozuvchilarimizga\u00bb kabi maqolalari adabiyotning maqsad va vazifalarini anglashda muhim rol o\u2018ynadi. U 1914\u20141917 yillarda yaratgan \u00abQurboni jaholat\u00bb, \u00abDo\u2018xtir Muhammadiyor\u00bb singari hikoyalari, \u00abVatanimiz Turkistonda temir yo\u2018llar\u00bb singari maqolalarida madaniyat va ma\u2019rifat targ\u2018ibotchisi sifatida maydonga chiqdi. U Oktyabr to\u2018ntarishidan keyingi 1920\u20141924 yillarda hayotda sodir bo\u2018layotgan xush va noxush o\u2018zgarishlarni qalamga oldi. \u00abYo\u2018lda bir kunduz\u00bb, \u00abYo\u2018lda bir kecha\u00bb, \u00abSharq poyezdi keldi\u00bb, \u00abSharq uyg\u2018ongan\u00bb, \u00abQuturgan mustamlakachilar\u00bb, \u00abYo\u2018l esdaligi\u00bb singari o\u2018nlab ocherklari va publitsistik maqolalarida chorizm mustamlakachilari va mahalliy hokim sinf yetkazgan jabru jafolar yetmaganidek, fuqarolar urushi davrida ro\u2018y bergan fojealarni qoraladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lpon 1922 \u2014 1926 yillarda o\u2018zining \u00abUyg\u2018onish\u00bb, (1922), \u00abBuloqlar\u00bb (1923), \u00abTong sirlari\u00bb (1926), \u00abSoz\u00bb (1935) kabi to\u2018rtta she\u2019riy to\u2018plamini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib, \u00abJo\u2018r\u00bb kabi she\u2019riy to\u2018plamini tayyorladi. Ammo \u00abSoz\u00bbi chop etiladi-yu, \u00abJo\u2018r\u00bb to\u2018plami qatag\u2018onlik tuzog\u2018iga ilinib, qolib ketadi. Shoirning to\u2018plamlari orasida \u00abBuloqlar\u00bb (1923) alohida ajralib turadi. To\u2018plam besh bo\u2018limdan iborat bo\u2018lib, ular \u00abSharq uchun\u00bb, \u00abSezgilar\u00bb, \u00abSevgi\u00bb, \u00abQora yo\u2018llar\u00bb va \u00abQor qo\u2018ynida\u00bb deb nomlanadi. Shoirning o\u2018zi qayd etishicha, mazkur she\u2019riy guldasta \u00abjahon fotihlari changalida ezilib yotqon Sharq o\u2018lkalariga\u00bb bag\u2018ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lpon 1925 yillarga kelib, \u00abMuhit kuchli ekan, egdim bo\u2018ynimni\u00bb deya ijtimoiy qarashlarini o\u2018zgartirishga majbur bo\u2018lganligini e\u2019tirof etadi. Ammo shunga qaramay, shoir yaratgan ikki yuzdan ortiq she\u2019riy asarlar el-yurt baxti, kelajagi, mustaqilligi, ozodligi uchun kurashning yorqin solnomasi desa bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lpon yetuk lirik shoirgina emas, balki \u00abNovvoy qiz\u00bb, \u00abOydin kechalarda\u00bb, \u00abQor qo\u2018ynida lola\u00bb kabi o\u2018nlab hikoyalar, \u00abKecha va kunduz\u00bb (1936) kabi ajoyib roman ham yaratgan iste\u2019dodli adibdir.<\/p>\n\n\n\n<p>U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning \u00abHalil farang\u00bb, \u00abCho\u2018rining isyoni\u00bb kabi kichik pesalari, \u00abO\u2018rtoq Qarshiboyev\u00bb, \u00abMushtumzo\u2018r\u00bb kabi dramalari hamda ko\u2018p vaqt sahnadan tushmagan \u00abYorqinoy\u00bb pesalari mashhur bo\u2018lgan. Shuningdek, rus yozuvchisi V. Yan bilan hamkorliqda \u00abHujum\u00bb dramasini yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lpon mohir tarjimon sifatida V. Shekspirning \u00abHamlet\u00bb fojeasini, A. S. Pushkinning \u00abDubrovskiy\u00bb qissasini va \u00abBoris Godunov\u00bb kabi pesalarini, M. Gorkiyning \u00abOna\u00bb romanini va boshqa ko\u2018plab asarlarni o\u2018zbek tiliga o\u2018girgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lpon ham Fitrat va Abdulla Qodiriylar kabi qatag\u2018onlik davrining qurboni bo\u2018lgan. U 1937 yilning 14 iyulida qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktyabrida otib tashlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Cho\u2018lponning asarlari uzoq vaqt tanaffusdan keyin 1991 yili \u00abYana oldim sozimni\u00bb nomi bilan nashr etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi kunda Cho\u2018lpon nomida nashriyot, ko\u2018cha, mahalla, kutubxona va maktablar bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Vafotidan so\u2018ng Alisher Navoiy nomidagi O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va \u00abMustaqillik\u00bb ordeni (1999) berilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o\u2018g\u2018li Cho\u2018lpon 1897 yilda Andijonning Qatorterak mahallasida savdogar oilasida dunyoga kelgan. Otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus o\u2018g\u2018li (1874 \u2014 1929) dastlab dehqonchilik, so\u2018ngra &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/cholpon-1897-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2704,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-2703","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2703","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2703"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2703\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163271,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2703\/revisions\/163271"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2704"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2703"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2703"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2703"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}