{"id":2707,"date":"2021-10-01T14:52:36","date_gmt":"2021-10-01T11:52:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2707"},"modified":"2024-07-22T09:16:06","modified_gmt":"2024-07-22T06:16:06","slug":"hasharotlar-hayotidan-25-ajabtovur-fakt","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hasharotlar-hayotidan-25-ajabtovur-fakt\/","title":{"rendered":"Hasharotlar hayotidan 25 ajabtovur fakt"},"content":{"rendered":"\n<p>Buyuk Britaniyada BBC telekanali hasharotlarga bag\u2018ishlangan, Life in&nbsp; the undergrowth (\u00abButalardagi hayot\u00bb) deb nomlangan yangi ilmiy ommabop serialni namoyish qilishni boshladi. Eng zamonaviy telekameralar yordamida mualliflar shu paytgacha inson nigohi ilg\u2018ay olmagan sahnalarni suratga olishga muvaffaq bo\u2018lishganki, ularni tomosha qilar ekan, kishi o\u2018zini boshqa olamga tushib qolgandek his qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi hujjatli serial haqida xabar berar ekan, Britaniyaning The Mirror gazetasi hasharotlar hayotidan 25 ajabtovur faktni e\u2019lon qildi:<\/p>\n\n\n\n<p>1. Hasharotlar \u2013 bundan 400 mln. yil ilgari Yerda paydo bo\u2018lgan ilk jonli mavjudotlardir. O\u2018shandan buyon ular beshta ommaviy halokatlarni boshdan kechirishdi va tiranozavrlardan ko\u2018ra yashovchanroq ekanliklari ma\u2019lum bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>2. Hozir dunyoda asalarilarning 20 mingga yaqin turi mavjud. 500 gramm asal yig\u2018ish uchun bitta ari uyasidan gulgacha 10 mln. marta uchib borishiga to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>3. Urg\u2018ochi suvarak bir yil davomida 2 milliondan ziyod tuxum qo\u2018yishi mumkin. Bundan tashqari suvarak to\u2018qqiz kun boshsiz yashay oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>4. Bir yil davomida o\u2018rgimchaklar iste\u2019mol qiladigan barcha hasharotlarning og\u2018irligi yer yuzida yashovchi barcha insonlar vaznidan og\u2018ir bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>5. O\u2018rgimchaklarning 35 mingga yaqin turi ma\u2019lum va hamma vaqt yangi-yangi turlari kashf qilinayapti.<\/p>\n\n\n\n<p>6. Qor chayonlarining qonida antifriz mavjud, shuning uchun ular tselsiy bo\u2018yicha minus 6 gradus haroratda ham yashay oladilar. Biroq bunday chayonni qo\u2018lga olsangiz o\u2018lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>7. Urg\u2018ochi uxovyortkada ikkita penis bo\u2018lib, har birining uzunligi uning o\u2018zining bo\u2018yidan ortiqroq. Bu organlar juda mo\u2018rt bo\u2018lib, tez sinadi. Shuning uchun hasharotlar zahira organlar bilan tug\u2018iladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>8. Chumolilar hech qachon uxlamaydi. Yer yuzida qancha turda qush bo\u2018lsa (9000), chumolilarning ham deyarli shuncha (8800) turi mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p>9. Kapalaklar ta\u2019mni orqa qismi yordamida sezadi. Qanotlarining rangi nurni akslantiruvchi pardalar yordamida hosil bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>10. Aborigenlar g\u2018o\u2018la lichinkalarini qaynoq suvga bulab \u00abvitchetti\u00bb tayyorlaydilar. Shu tariqa ularning ta\u2019mi quymoqnikiga o\u2018xshab qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>11. Asalarilarning beshta ko\u2018zi mavjud. Uchtasi boshning yuqori qismida, ikkitasi esa oldinda bo\u2018ladi. Asalari qanotlarini bir daqiqada 11.400 marta qoqadiki, bu o\u2018ziga xos g\u2018o\u2018ng\u2018illashga o\u2018xshab eshitiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>12. Hozir qo\u2018ng\u2018izlarning 400 mingga yaqin turi ma\u2019lum. Eng yirik titan qo\u2018ng\u2018izning bo\u2018yi 17 sm.ga yetishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>13. Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakatining tezligi 57 km\/soatga yetadi.<\/p>\n\n\n\n<p>14. \u00abVitchetti\u00bb lichinkalarini tiriklay iste\u2019mol qilgan yaxshi. Katta yoshli kishi o\u2018nta yirik lichinkaga to\u2018yadi.<\/p>\n\n\n\n<p>15. Hasharotlar oqsil, uglevodlar, vitamin va minerallarga boy taom hisoblanadi. Tailandda ular delikates taom sanaladi, u yerda qovurilgan qora chigirtka va chigirtkalarga talab katta.<\/p>\n\n\n\n<p>16. Amarobia o\u2018rgimchaklarining bolalari tug\u2018ilganlaridan so\u2018ng o\u2018z onalarini yeyishadi. Ba\u2019zi urg\u2018ochi o\u2018rgimchaklar juftlashish jarayonidayoq erkak o\u2018rgimchaklarni yeyishni boshlashadi. Shu tariqa marhum ota o\u2018z avlodi uchun oziq hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>17. Qora chigirtkalarning quloqlari oldingi oyoqlarida joylashgan. Bundan tashqari ularga qarab haroratni bilish mumkin: buning uchun bir daqiqada necha marta chirillashini aniqlash, uni ikkiga bo\u2018lish, so\u2018ng chiqqan songa to\u2018qqizni qo\u2018shish va natijani ikkiga bo\u2018lish kerak. Hosil bo\u2018lgan son haroratni tselsiy graduslarida ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>18. Barcha hasharotlarning taxminan uchdan bir qismi yirtqich hisoblanadi va ularning aksariyati o\u2018limtik va qoldiq ovqatni yemay, o\u2018zi ov qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>19. Beshiktebratar o\u2018z tanasining uzunligidan 40 baravar uzoqroqqa sakrashi mumkin, burgalar esa 130 barobar.<\/p>\n\n\n\n<p>20. Sayyoramizning inson o\u2018zlashtirgan har bir kvadrat milida 26 mlrd.dan ziyod hasharot yashaydi. Olimlarning fikriga ko\u2018ra, yana fanga noma\u2019lum hasharotlarning 5-10 mln.ta turi mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p>21. Mayda chaquvchi hasharotlar, oqboshlar, qanotlarini bir daqiqada 62.760 marta qoqishadi, ko\u2018z ilg\u2018amas tezlik!<\/p>\n\n\n\n<p>22. \u00abLolita\u00bb muallifi Vladimir Nabokov bir necha kapalak turlarini kashf qilgan. Ulardan biri yozuvchi sharafiga uning nomi bilan atalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>23. Uy pashshalari odatda o\u2018zlari paydo bo\u2018lgan joy yaqinida yashashadi, biroq ma\u2019lum bo\u2018lishicha ular shamol ta\u2019sirida 45 km. uzoqlikkacha \u00abko\u2018chib\u00bb borishlari mumkin ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>24. Dunyodagi eng yirik tungi kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm.ga yetishi bois ko\u2018pincha ko\u2018rganlar uni qush deb o\u2018ylashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>25. Cho\u2018l chigirtkasining galasida 50 mlrd. hasharot bo\u2018lishi mumkin. Har bir chigirtka o\u2018z vazniga teng ovqatni yeya oladi. Mazkur gala bir kunda Nyu-York aholisi yeydigan ovqatdan to\u2018rt baravar ko\u2018proq ovqatni paqqos tushiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk Britaniyada BBC telekanali hasharotlarga bag\u2018ishlangan, Life in&nbsp; the undergrowth (\u00abButalardagi hayot\u00bb) deb nomlangan yangi ilmiy ommabop serialni namoyish qilishni boshladi. Eng zamonaviy telekameralar yordamida mualliflar shu paytgacha inson nigohi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hasharotlar-hayotidan-25-ajabtovur-fakt\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":816,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[25],"tags":[],"class_list":["post-2707","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qiziqarli-faktlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2707","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2707"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2707\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2708,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2707\/revisions\/2708"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/816"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2707"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2707"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2707"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}