{"id":2709,"date":"2021-10-01T14:55:56","date_gmt":"2021-10-01T11:55:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2709"},"modified":"2024-07-22T09:16:01","modified_gmt":"2024-07-22T06:16:01","slug":"tush-korasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tush-korasizmi\/","title":{"rendered":"Tush ko\u2018rasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Shunday holat borki, unda inson harakatlansa-da, o\u2018ylash va his qilishdan mahrumdir. Bu paytda u o\u2018zini anglay olmaydi. Shunga qaramay uning qon tomirlari urishda davom etadi, yuragi bir torayib, bir kengayadi. O\u2018pkasi esa hayotbaxsh havo olib ishlayveradi. Bu ta\u2019riflangan holat uyqu ekanligini ziyraklik bilan topgan bo\u2018lsangiz, ajab emas. Ha, barchamiz uyquni yaxshi ko\u2018ramiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Hatto umrimizning uchdan bir qismi uyqu bilan o\u2018tib ketishini ba\u2019zida payqamay ham qolamiz. Chunki uyqu asnosida tabiat bizning hayot tashvishlaridan charchagan asablarimizni allalaydi, miyamizga dam beradi va ruhimiz orom topadi. Asablarimizning bo\u2018shashi va miyamizning dam olishi natijasida ruhimiz ozodlikka chiqqandek bo\u2018ladi. Bu holat biz deyarli har kuni ko\u2018rayotgan tushlarimizdir.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00ab999 tush ta\u2019biri\u00bb kitobida aytilishicha, tushlar uch xil bo\u2018ladi: ilohiy, shaytoniy va insoniy tushlar. Ilohiy tushda yaxshi xabarlar yetkaziladi va bo\u2018lajak bir voqea xususida ogohlantiriladi. Shaytoniy tushlar qo\u2018rqinchli bo\u2018lib, kishi vahimaga tushadi. Insoniy tushlarni kundalik tushlar deb sharhlash mumkin. Bu tush kishining o\u2018ngidagi kechinmalari, o\u2018ylari, ruhiy va jismoniy holati ta\u2019sirida sodir bo\u2018ladi. Shuningdek, kitobda shaytoniy va insoniy tushlar ta\u2019bir qilinmaydi, chunki ular xabar bildirmaydi, deyilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Galen, Gippokrat, ar-Roziy&nbsp; va Ibn Sino fikrlari bo\u2018yicha, inson mijozi qanday bo\u2018lsa, tushi ham shunga yarasha bo\u2018lar ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Masalan, o\u2018ta issiq mijozli odam juda qotib uxlab, og\u2018ir tushlar ko\u2018radi. O\u2018rta darajada issiq va o\u2018rtacha quruq mijozli odamlar esa yengil uxlab, yoqimli tushlar ko\u2018rar ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uyqu masalasida buyuk tabibimiz Ibn Sino \u00abInson ovqatga to\u2018yib uxlaganda aloq-chaloq tushlar ko\u2018rishi bilan birga pishib terlaydi, bu tarzda uxlagan odamning ruhi dam olmaydi, agar kam ovqatlanib uxlasa, yaxshi tushlar ko\u2018rishi mumkin. Bu holatda uyqu o\u2018z joyini topadi, qon aylanishi mo\u2018tadillashib, kishiga yangitdan kuch bag\u2018ishlaydi\u00bb deydi. Mutaxassislarning fikriga ko\u2018ra, kunduzgi uyqu ham turli xil kasalliklarni yuzaga keltirar ekan. Kunduzgi uyqu teri rangini o\u2018zgartiradi, asablarni bo\u2018shashtirib, odamni dangasa qiladi, ishtahani bo\u2018g\u2018adi, hatto bezgak kasalligi ham shu tufayli qo\u2018zg\u2018alishi mumkin. Chunki kunduzgi uyqu oz bo\u2018lib, inson organizmiga yetarli darajada dam berolmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tush ko\u2018rishni masofadan turib fikr uzatish desa ham bo\u2018ladi. Chunki tush ko\u2018rib kashfiyot qilgan yoki buyuk asarlar yozgan adiblar, olimlar haqida ko\u2018p eshitganmiz. Masalan, Abdulla Qodiriy \u00abMehrobdan chayon\u00bb romanini yozishdan oldin Solih Mahdumni tushida ko\u2018rganligini o\u2018zi e\u2019tirof etadi. Yoki D.I. Mendeleev barcha kimyoviy elementlarni tushida ko\u2018rgach, o\u2018z jadvalini yaratadi. Shuningdek, mashhur skripkachi Tartani ko\u2018rgan tushi ta\u2019sirida \u00abShaytoniy shodiyonalar\u00bb sonatasini yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tush ko\u2018rgan odam o\u2018sha voqealarni tushunmasa va ularni yo\u2018ya bilmasa, har kimga ham murojaat qilmasligi lozim. Tushni bilimdon va xushmuomala ta\u2019birchiga aytish kerak, deyilgan hadislarda.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqimizda \u00abTushingni suvga ayt\u00bb degan naql bor. Bu maqol hozirda kinoyaga aylangan. Yaxshi-yomon tushni ham oqar suvga aytish kerak, binobarin, suv tushlarning yomonini oqizib ketadi, barcha g\u2018uborlarni tozalaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tibbiyot xodimlarining kuzatishicha, inson tungi 1 dan to 4 gacha miriqib uxlar ekan. Bu paytda inson tana harorati 36,2dan 35 darajaga tushib ketar ekan. Demak, uyqu bizning tana haroratimizga ham o\u2018z ta\u2019sirini ko\u2018rsatib,&nbsp; keyingi kunga yangidan kuch bag\u2018ishlar ekan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shunday holat borki, unda inson harakatlansa-da, o\u2018ylash va his qilishdan mahrumdir. Bu paytda u o\u2018zini anglay olmaydi. Shunga qaramay uning qon tomirlari urishda davom etadi, yuragi bir torayib, bir kengayadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tush-korasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2710,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[25],"tags":[],"class_list":["post-2709","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qiziqarli-faktlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2709","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2709"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2709\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2711,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2709\/revisions\/2711"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2710"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2709"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2709"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2709"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}