{"id":2725,"date":"2021-10-02T14:15:36","date_gmt":"2021-10-02T11:15:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2725"},"modified":"2024-07-22T09:15:44","modified_gmt":"2024-07-22T06:15:44","slug":"elektr-chiroqlarining-kashf-etilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elektr-chiroqlarining-kashf-etilishi\/","title":{"rendered":"Elektr chiroqlarining kashf etilishi"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>ELEKTR YoYLI ChIROQ<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Uni dastlab 1803 yili rus olimi Vasiliy Petrov kashf qildi. Oradan yetti yil o\u2018tgach, ingliz fizigi Devi ham xuddi shunday ixtiro sohibiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkala olim bir-biridan bexabar holda yaratgan bu qurilmaning nur sochishi volta, ya\u2019ni elektr yoyiga asoslangan bo\u2018lib, ishlash tartibi soddagina edi: bir xil elementli batareyalardan iborat va kuchli tok manbaiga ulangan ikkita metall simning uchlari avval o\u2018zaro tutashtirilib, so\u2018ngra bir-biridan bir necha millimetrga uzoqlashtirilsa, ularning o\u2018rtasida ajabtovur yorug\u2018lik paydo bo\u2018lardi. Bordi-yu, simlar o\u2018rniga pista ko\u2018mirdan yasalgan uchi o\u2018tkir sterjenlar qo\u2018llanilsa, nur ko\u2018zni qamashtiradigan darajada yorqinlashardi. Biroq moslamaning ikkita jiddiy kamchiligi bor edi. Avvalo, ko\u2018mir sterjenlar tez yonib tugardi. Bu elektrodbop boshqa material topishni taqozo qilardi. Ikkinchidan, bir maromda nur taratishi uchun sterjenlararo masofani doimo me\u2019yorida saqlash, ularni uzluksiz bir-biri tomon surib, yaqinlashtirib turish shart edi. Aks holda, oqibati tayin edi: oraliq masofa bilinar-bilinmas darajada uzaysa ham, chiroq nuri pirpirab, ko\u2018zni toliqtirar, oxiri miltillab o\u2018chib qolardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1844 yili frantsuz fizigi Fuko yoylari o\u2018rtasidagi masofa qo\u2018lda sozlanadigan elektr chiroqqa asos soldi. Ko\u2018mir sterjenni esa qattiq koks daraxti yog\u2018ochidan tayyorlangan tayoqchaga almashtirdi. Ko\u2018p o\u2018tmay ixtirosini Parij ahli e\u2019tiboriga havola qildi. Bu olamshumul&nbsp; kashfiyot hisoblansa-da, quvvat manbai sifatida o\u2018ta kuchli batareyalar ishlatilgani tufayli ancha qimmatga tushardi. Shul sabab olimlar elektr chiroqni ixchamlashtirish va arzonlashtirish borasidagi izlanishlarni qizg\u2018in davom ettirishdi. Qay birlari soat mexanizmlari vositasida boshqariladigan, qay birlari elektrodlarni yonishiga qarab, avtomatik tarzda olg\u2018a surib turadigan moslamalarni o\u2018ylab topishdi. Aksariyati esa turli jabhalarda keng foydalanish uchun qo\u2018shimcha uskunalar yordamisiz nur sochadigan chiroq yaratish zarur, degan xulosaga kelishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xo\u2018sh, buning uchun nima qilish kerak? Mabodo, ko\u2018mir sterjenlar bir-biriga qarama-qarshi qilib emas, yonma-yon qo\u2018yilsa, qandoq bo\u2018larkin?<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2018pchilikni o\u2018ylantirgan bu jumboqqa frantsiyalik akademik Breg ustaxonasida ishlayotgan rus elektrotexnigi Yablochkov 1876 yili amaliy javob topdi. U ikkita qalin, pishiq-puxta ko\u2018mir sterjenni parallel holatda joylashtirib, tag qismlarini gipsli plastinkaga mahkamladi. Plastinka ularni bir-biridan ajratishga va uchlarida elektr yoyi hosil bo\u2018lishiga xizmat qilardi. Sterjenlar yonib tugayotganida esa o\u2018zi ham issiqlikdan erib, bug\u2018lanib ketardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yablochkov loyihasi bo\u2018yicha yasalgan elektr chiroqlar ham ilk bor Parijda porladi. Keyinchalik boshqa mamlakatlar ko\u2018cha-xiyobonlarini ham tunlari nurga chulg\u2018adi. Lekin ular uzoq ishlamas, ko\u2018mir sterjenlar ko\u2018pi ikki soatda yonib tugardi. Ayni muammo ustida uzoq vaqt bosh qotirgan tadqiqotchilar bu chiroqni ichida havo yo\u2018q shisha idishga joylashtirish maqsadga muvofiq degan to\u2018xtamga kelishdi. Bunga erishish esa oson kechmadi. Kislorodni so\u2018rib olishga oid urinishlar hadeganda samara bermadi. Ana shunday bir vaziyatda amerikalik olim Jandus maslakdoshlari joniga aro kirdi. U idish ichiga lampaning o\u2018zini to\u2018lig\u2018icha emas, balki faqat elektrodlarini joylashtirish kifoya, degan g\u2018oyani olg\u2018a surdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darvoqe, shunday qilinsa, idish ichiga tirqishlardan sizib kirgan kislorod qizigan &nbsp;uglerod bilan tez reaktsiyaga kirishar va elektrodning yonishiga xalaqit bermaydigan muhit yaratilardi. Eng muhimi, yangi moslamali chiroq tanaffussiz 200 soatgacha xizmat qilishi tayin edi. Bu o\u2018z davri uchun g\u2018oyat muhim yangilik hisoblanardi. Shunga qaramay, u ham ommalashmadi. Negaki, volta yoyi o\u2018ta kuchli nur taratar, yorqinligini pasaytirishning iloji yo\u2018q edi. Bunday chiroqlar asosan katta zallarni, vokzal va maydonlarni nurafshon etishda qo\u2018l kelardi. Turar joylar va chog\u2018roq ishxonalarni yoritish uchun esa cho\u2018g\u2018lanma lampochka ancha qulay edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>ChO\u2018G\u2018LANMA LAMPOChKA<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Bu lampochka mutaxassislarga unchalik begona emasdi. Unga frantsuz olimi Delaryu 1820 yiliyoq ixtiro qilgandi. Yoritgich tarkibidagi platinadan yasalgan, o\u2018zidan tok o\u2018tganda o\u2018ta &nbsp;qizib, ravshan nur sochadigan ingichka sim cho\u2018g\u2018lanuvchan tola vazifasini o\u2018tardi. Lekin platina qimmatligi bois cho\u2018g\u2018lanma lampochka yarim asrdan ortiqroq vaqt mobaynida e\u2019tibordan chetda qolib kelayotgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nihoyat, 1873 yili rus elektrotexnigi Lodigin tolasi rotor ko\u2018miridan iborat lampochka yasadi va birinchi bo\u2018lib ballon idish ichidan havoni so\u2018rib olishni boshlab berdi. Alalxusus, rosmana cho\u2018g\u2018lanma lampochkani kashf etish baxtiga muyassar bo\u2018ldi. U amaliyotda birmuncha kengroq ishlatila boshlandi. Bundan ruhlangan amerikalik elektrotexniklar Soyer va Man 1878 yili karton qog\u2018ozni grafit kukunida kuydirib, shisha qalpoqchalar ichiga joylashtiriladigan mo\u2018jazgina ko\u2018mir yoylar olish usulini topishdi. Taniqli ixtirochi Tomas Edison esa yoritgich uzoq vaqt yaxshi nur sochishi va pirpiramasligi uchun, avvalo, elektrodbop boshqa material tanlashga, qolaversa, lampochka shishasi ichida havosi behad siyraklashgan muhit yaratishga ahd qildi. Shu niyatda ko\u2018plab tajribalar o\u2018tkazdi. Oldiniga mo\u2018rt qog\u2018oz ko\u2018mirini ancha mustahkamrog\u2018iga almashtirdi, keyin turli metallarga e\u2019tibor qaratdi. Jami olti mingdan ortiq modda va birikmalarni sinab ko\u2018rdi. Buning uchun 100 ming dollardan ortiq mablag\u2018 sarfladi. Axiyri, bambukni kuydirish natijasida olingan tolani ma\u2019qul deb topdi. 1879 yili zahmatlari mahsulini uch ming nafar guvoh ko\u2018z o\u2018ngida tantanavor namoyish qildi. Yangi lampochkalar yordamida o\u2018z uyi va laboratoriyasini, bir nechta ko\u2018chani yoritib, hammani lol&nbsp; qoldirdi.<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.ziyouz.uz\/wp-content\/uploads\/2017\/01\/chiroq.jpg\" width=\"950\" height=\"456\" srcset=\"https:\/\/ziyouz.uz\/wp-content\/uploads\/2017\/01\/chiroq.jpg 950w, https:\/\/ziyouz.uz\/wp-content\/uploads\/2017\/01\/chiroq-200x96.jpg 200w, https:\/\/ziyouz.uz\/wp-content\/uploads\/2017\/01\/chiroq-300x144.jpg 300w, https:\/\/ziyouz.uz\/wp-content\/uploads\/2017\/01\/chiroq-768x369.jpg 768w, https:\/\/ziyouz.uz\/wp-content\/uploads\/2017\/01\/chiroq-700x336.jpg 700w\"><\/p>\n\n\n\n<p id=\"caption-attachment-14471\"><em>Edison chiroqlari<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Bunisi endi uzoq muddatga yaraydigan, yalpi ishlab chiqarishga arziydigan haqiqiy elektr chiroq edi. Faqat kishini andak ikkilantiradigan jihati \u2014 cho\u2018g\u2018lanuvchan tolani bambukdan olish ko\u2018p xarajat talab qilardi. Tomas Edison bu masalani ham ijobiy hal etib, paxta momig\u2018idan lampochka tolasi tayyorlash usulini topdi. Unga ko\u2018ra, momiq oldin xlor va ruxdan iborat qaynoq qorishmaga aralashtirilardi. Erigandan so\u2018ng nasos yordamida bir oz quyultirilib, xamirsimon holatga keltirilar va kichkina teshikli naycha orqali spirtli idish ichiga purkalar, nozik ipga aylangach, barabanga o\u2018ralardi. Navbatdagi bosqichda u qorishmadan tozalanib quritilar va bo\u2018laklarga ajratilib, palahmon ayrisi shakliga keltirilardi. Havosiz pechda kuydirilgach, ustiga siyrakkina qilib ko\u2018mir kukuni sepilar, oxirida nurlanuvchan gaz to\u2018ldirilgan qalpoq ichiga o\u2018rnatilib, tokka ulanardi. Gaz tok ta\u2019sirida parchalanib, tola sirtini uglerodning yuqa qatlami qoplar va u foydalanish uchun shay holga kelardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turgan gap, Edison chirog\u2018ini yasash jarayoni ham o\u2018ta murakkab edi: debochasiga tola shisha qalpoqcha ichiga \u2013 oynaga payvandlangan bir juft platina elektrod orasiga joylashtiriladi. Platina issiqlikda kengayishi bo\u2018yicha shisha bilan bir xil xususiyatga ega bo\u2018lgani uchun lampochkaning ichi havo kirmaydigan va chiqmaydigan darajada zich yopilishini ta\u2019minlaydi. So\u2018ngra undagi havo simobli maxsus nasos yordamida milliardan bir qismi qolgunga qadar so\u2018rib olinadi. Oxirida lampochka kavsharlanib, tsokol&nbsp;<em>(patronga burab q<\/em><em>otiriladigan metall qism)<\/em>ga o\u2018rnatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu elektr chiroq o\u2018tmishdoshlaridan farqli o\u2018larok, surunkasiga 800-1000 soat ishlardi. &nbsp;Shu bois uni Edison usulida tayyorlash qariyb o\u2018ttiz yil davom etdi. Mavridi kelib, uning paxtali tolasi o\u2018rnini metall tola egalladi. Aniqrog\u2018i, 1890 yili Lodigin ko\u2018mirli sterjenni qiyin eriydigan nodir metall \u2013 volframdan yasalgan, cho\u2018g\u2018lanish harorati o\u2018ta yuqori simga almashtirish mumkinligini aniqladi. Shuningdek, elektr chiroqning hozirga qadar deyarli o\u2018zgarmagan, hamon korimizga yarayotgan patroni, tsokoli, manbaga ulab-uzgichi, tok hisoblagichi va saqlagichini, elektr qo\u2018ng\u2018iroqni va boshqa moslamalarni ham kashf qildi. Biroq u yaratgan lampochkani sanoat asosida ishlab chiqarish XX asr boshlaridagina ommaviy tus oldi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>XULOSA O\u2018RNIDA<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Keyin zamon o\u2018zgardi, taraqqiyot tezlashdi. Ilm-fan jadal rivojlandi. Ayniqsa, texnika va texnologiyalar olamida tub o\u2018zgarishlar ro\u2018y berdi. Shu asno kashfiyot-ixtirolar ko\u2018lami kengayib, lampochkalar ham takomillashtirildi. Ularning energiyani tejab, yanada ravshanroq nur sochadigan neonli, yaroqlilik muddati uzaytirilgan, o\u2018lchami behad kichraytirilib, yoy yoki spiral shakliga keltirilgan nurlanuvchan diodli, kvantnuqtali hamda siyraklashtirilgan gaz yoki boshqa moddaning lampa shishasini qizdirmagan holda nur sochishiga asoslangan lyuminestsentli turlari paydo bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta, ularning afzalliklari bilan bir qatorda o\u2018ziga xos kamchiliklari ham bor. Masalan, diodlisi tanaffussiz 30 ming soatgacha ishlasa-da, narxi qimmat. Lyuminestsentli lampochka esa uch baravar arzon bo\u2018lib, cho\u2018g\u2018lanma va diodli lampochkalarga nisbatan besh-etti marta ko\u2018p yorug\u2018lik taratadi. Ammo yaroqlilik muddati 10 ming soatdan oshmaydi. Ustiga-ustak, tarkibida ma\u2019lum miqdorda simob bo\u2018ladi. Bu uni ishlatish va utilizatsiya qilish chog\u2018ida talay muammolarni keltirib chiqaradi. Qolaversa, yangi chiroqlar nuri cho\u2018g\u2018lanma lampochkalarniki singari silliq-ravon bo\u2018lmagani sababli inson ko\u2018ziga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi. Ana shu bois hozir dunyo bo\u2018yicha har yili tayyorlanayotgan 2,5 milliarddan ziyod yoritgichlarning sakson foizini cho\u2018g\u2018lanma, qolgan yigirma foizining asosiy qismini lyuminestsentli lampochkalar tashkil etayapti. Nurlanuvchan diodli lampalar esa kam tayyorlanayapti. Aytaylik, yapon bozorida yiliga 100 millionta lyuminestsentstli, 2 milliontaga yaqin diodli yoritgich sotilayapti.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018g\u2018ri, cho\u2018g\u2018lanma lampochka yonishi uchun zarur elektr tokining arzimas qismi nurga, qolgani to\u2018lig\u2018icha issiqlikka aylanadi. Inchunin, u tejamkorlikda \u201cizdoshlari\u201dga tenglasha olmaydi. Biroq oxirgi izlanishlar uning foydali ish koeffitsentini ikki karra oshirish mumkinligini ko\u2018rsatmoqda. Buning uchun volfram tolalarni o\u2018ta nafis, diametri millimetr bo\u2018laklariga teng o\u2018lchamda ingichka qilib yasash va unga impulslari uzunligi bir soniyadan 15 hissa qisqa vaqt \u2013 femtosekundlardan iborat lazer nuri yordamida ishlov berish lozim. Qarabsizki, o\u2018sha qismda lazer nuri quvvatining juda katta zichligi paydo bo\u2018ladi. U volfram shaklini mikro va nano darajada o\u2018zgartirib, nur taratishini keskin oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qisqasi, bir asrdan ortiq vaqt mobaynida sinovdan muvaffaqiyatli o\u2018tgan cho\u2018g\u2018lanma lampochka o\u2018z o\u2018rnini hali-veri boshqa yoritgichlarga osonlikcha bo\u2018shatib beradiganga o\u2018xshamaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELEKTR YoYLI ChIROQ Uni dastlab 1803 yili rus olimi Vasiliy Petrov kashf qildi. Oradan yetti yil o\u2018tgach, ingliz fizigi Devi ham xuddi shunday ixtiro sohibiga aylandi. Ikkala olim bir-biridan bexabar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elektr-chiroqlarining-kashf-etilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2726,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[25],"tags":[],"class_list":["post-2725","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qiziqarli-faktlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2725","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2725"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2725\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2727,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2725\/revisions\/2727"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2726"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2725"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2725"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2725"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}