{"id":27251,"date":"2022-05-21T14:51:36","date_gmt":"2022-05-21T11:51:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27251"},"modified":"2022-05-21T14:51:36","modified_gmt":"2022-05-21T11:51:36","slug":"mustaqillik-va-ezgulik-monumenti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustaqillik-va-ezgulik-monumenti\/","title":{"rendered":"MUSTAQILLIK VA EZGULIK MONUMENTI"},"content":{"rendered":"\n<p>MUSTAQILLIK VA EZGULIK MONUMENTI \u2014 Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov g&#8217;oyasi bilan bunyod etilgan me&#8217;moriy-badiiy majmua. O&#8217;zbekiston istiqbolining dastlabki yillari (1992)da maydonda o&#8217;rnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb atalgan. Ramziy ravishdagi yer sharida O&#8217;zbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil O&#8217;zbekiston mamlakati mustahkam o&#8217;rin olganini ifodalaydi. 2005 yil 28 dekabrda ushbu monument oldiga farzandini bag&#8217;riga bosib turgan munis o&#8217;zbek ayoli siymosi \u2014 Baxtiyor ona haykali o&#8217;rnatildi (haykaltarosh I.Jabborov). Mustaqillik monumenti va Baxtiyor ona haykali ezgulik arkasi, oq poyondoz shaklidagi keng yo&#8217;lak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil qiladi. Mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uyg&#8217;un ifodalagan ushbu yodgorlik Mustaqillik va ezgulik monumenti deb ataldi. 2004-2005 yillarda Mustaqillik maydoni va unga tutash hududda keng ko&#8217;lamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasi binosi tubdan qayta ta&#8217;mirlandi, Senat binosi, ezgulik arkasi, tasviriy san&#8217;at g&#8217;alereyasi kabi muhtasham me&#8217;moriy inshootlar, yashil maydon va xiyobonlar barpo etildi. Ayni vaqtda yangi ma\u2019muriy bino, biznes markazi qurilishi nihoyasiga etmoqda. Bunday katta bunyodkorlik ishlari tufayli maydonning faqat qiyofasi emas, uning vazifasidagi mazmun-mohiyati ham o&#8217;zgardi. Mustaqillik maydonining ijtimoiy-siyosiy hayotimizda tutgan muhim o&#8217;rni va ahamiyatini inobatga olib hamda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol g&#8217;oyalarini, milliy g&#8217;urur va iftixor, vatanparvarlik tuyg&#8217;ularini yanada chuqurroq singdirish maqsadida O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 Fevralda &#8220;Mustaqillik va ezgulik monumenti to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qarori qabul qilindi. Qarorga ko&#8217;ra, O&#8217;zbekiston Respublikasi umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda, shuningdek, mustaqil taraqqiyotimiz, milliy qadriyatlarimiz bilan bogliq muhim sanalar, kasb bayramlarini nishonlash, tantana va anjumanlar o&#8217;tkazish munosabati bilan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo&#8217;yish rasmiy marosimini belgilagan tartibda amalga oshirish joriy etildi va boshqa tadbirlar belgilandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MUSTAQILLIK VA EZGULIK MONUMENTI \u2014 Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov g&#8217;oyasi bilan bunyod etilgan me&#8217;moriy-badiiy majmua. O&#8217;zbekiston istiqbolining dastlabki yillari (1992)da maydonda o&#8217;rnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustaqillik-va-ezgulik-monumenti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-27251","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27251","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27251"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27251\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27253,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27251\/revisions\/27253"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27251"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27251"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27251"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}